tuvchining web-saytida tegishli hujjatni to‘ldirish yo‘li bilan, tovar
uchun to‘lov esa plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan. Shun-
dan keyin tovar pochta orqali yoki kuryerlik xizmati orqali yetkazib be-
rilgan. Elektron biznes rivojlanishining bu bosqichida Internet orqali to‘-
lov tizimlari haqida umuman so‘z ham bo‘lmagan.
G‘arb mamlakatlarida to‘lov kartochkalar yordamida to‘lanadigan
tijoriy operatsiyalar yuqori mavqega ega. Bir bankning o‘zida sotuvchi-
ning ham, xaridorning ham shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘lishlari
asosidagi to‘lovlar amalga oshirishning bu sxemasi bunchalik keng ko‘-
lamda bo‘lishi o‘ylanmagan ham edi. Bunday sxema “to‘lov tizimi” deb
yuritiladi. Internetda to‘lov kartalarining hisob-kitob vositasi sifatida us-
tun bo‘lishi uning rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘rtasida keng tarqal-
gani bilan izohlanadi.
Bugungi kunda elektron biznesning eng rivojlangan bozori – AQSh
bozori hisoblanadi. Shuning uchun elektron biznes sohasida yig‘ilgan
tajribalar tahlilini asosan AQSh, shuningdek, G‘arbiy Yevropa misolida
keltirib o‘tamiz.
Amerika ekspertlari fikriga ko‘ra, Internetda amalga oshirilayotgan
savdo jarayonlarini 8 toifaga ajratishi mumkin.
Birinchi toifa: Internetda an’anaviy MoTo kelishuvlari mexanizm-
lari, to‘lov va yetkazib berishning shakllangan yo‘nalishlari yordamida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo modellariga ko‘ra bevosita sotadigan yirik cha-
kana savdo korxonalari.
Ikkinchi toifa: O‘zining web-saytlarida bozorning turli sohalarida
tur-licha tijoriy xizmatlarini keng iste’molchilarga taklif qiluvchi katta
massh-tabdagi Internet portallar(AOL, Yahoo va boshqalar). Bunda, bir
tomonda mijoz o‘ziga zarur tovarlar ro‘yxatini olish imkoniyatiga ega
bo‘lsa, ikkin-chi tomondan portal bu faoliyatdan komissiya puli ishlab
oladi.
Uchinchi toifa: Bozorning ma’lum sohasida ishlovchi kompaniya-
lar xizmatlarini taklif qiluvchi bir turdagi portallar (bir qator web-
saytlar-dan iborat kataloglar)