• Ikkinchi soha
  • To‘rtinchi soha
  • Beshinchi soha
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Birinchi soha – salohiyatli mijozga Internet tarmog‘ida mavjud 
    bo‘lgan vositalar orqali tovar taklif qilish. An’anaviy usulda savdo qilish 
    jarayonida xaridor tovarning bahosini savdolashishi, sotuvchi bilan mas- 
    lahatlashishi, tovarni sotib olishga qaror qilishi yoki undan voz kechishi 
    mumkin. Internet tarmog‘ida salohiyatli mijozlarga multimedianing bar- 
    cha imkoniyatlari yaratib beriladi. Aniqroq qilib aytganda, tovarni uch 
    o‘lchamli fazoda ko‘ra olishi, maxsus tayyorlangan ovozli, animatsiyali 
    videoroliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 
    Ikkinchi soha – tovar sotib olishni bevosita amalga oshirilishi. Shu 
    bilan birga, tez va ozmi-ko‘pmi xavfsizdir. Tovarni sotib olish uchun bu- 
    yurtma, elektron pochta orqali xabar yuborilishi bilan tasdiqlanishi zarur. 
    Uchinchi soha – sotishdan keyin qo‘llab-quvvatlash. Bu mijozga 
    tovarni sotib olishni rasmiylashtirayotganida taklif qilinib, keyinchalik 
    tovardan foydalanish davomida ham amalda bo‘ladi. Bunda mijozga so- 
    tuvchi kompaniya bilan elektron pochta yoki web-saytda aloqa qilish 
    im-koniyati yaratib berilib, agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, 
    mijoz norozilik bildirishi ham mumkin bo‘ladi. 
    To‘rtinchi soha – Mijozlarning ma’lum magazinlar yoki ba’zi mar- 
    kalar uchun yetakchiligiga alohida e’tibor qaratish. Elektron magazin- 
    larning savdo hajmi, odatda, uning doimiy mijozlari miqdori bilan aniq- 
    lanadi. Bunda, ushbu elektron magazin bitta doimiy mijozni saqlab tu- 
    rish uchun 30$ dan 200$ va undan ko‘p xarajat qiladi. 
    Beshinchi soha – elektron magazinga e’tiborni qaratish va saqlab 
    turish maqsadida qilinadigan reklamadir. Internet tarmog‘ida reklamaga 
    juda yuqori talablar qo‘yiladi. Uning maqsadi, keng ommaga mo‘ljal- 
    langanligi, o‘zgaruvchan, interfaol va o‘ziga jalb qilishdan iborat. Rek- 
    lamaning yuqorida aytib o‘tilgan talablarga javob berishini ta’minlash 
    maqsadida Java-animatsiya, DHTML, VRML va boshqa shu kabi vosi- 
    talar ishlab chiqilgan. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish