|
“Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning kamchilik-Bog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)“Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning kamchilik-
lari esa quyidagilardir:
– kupyuralarni oldindan sotib olish zaruriyati;
– kredit taklif qilish imkoniyatining yo‘qligi.
Elektron naqd pullar SETga o‘rindosh tizimlar bilan yetarlicha yax-
shi raqobatga kirisha oladilar.
Elektron biznes va to‘lov tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslash-
gan aksariyat kompaniyalar qiyin ahvolda qoldilar: Stavkani nimaga
qo‘yish kerak, SET tizimidagi to‘lovlargami yoki naqd pul bilan amalga
oshiriladigan to‘lovlargami? Agar yaqin o‘tmishda ikkinchi variantga
to‘liq ishongan bo‘lsalar, hozirda bunday ishonch deyarli yo‘q. Ba’zi
tadqiqotlarga ko‘ra, konservativ kredit kartochkalarini baribir elektron
naqd pullar siqib chiqaradi.
4.2. To‘lov tizimlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari
To‘lov tizimi – bu to‘lov vositasi sifatida (standartda ko‘rsatilgan bank
plastik kartalari yoki elektron naqd pullar) pulni saqlovchilardan (disklar,
smart-kartalar) foydalanishni ta’minlovchi zaruriy dasturiy vositalar yi-
g‘indisidir. To‘lov tizimlari elektron biznes tizimi infrastrukturasining aso-
siy elementlaridan biridir. Elektron biznes tizimida savdoni takomillashti-
rishni amalda qo‘llash ancha ishonchli, istiqbolli va iqtisodiy samarador
to‘lov tizimlarini qo‘llash zaruriyati bilan juda ahamiyatlidir.
Har qanday to‘lov tizimi optimalligining asosiy mezonlari quyida-
gilar hisoblanadi:
1. Transaksiyani amalga oshirish bahosi.
2. Tizim qatnashchilarining javobgarlik (majburiyatlari) darajasi
(masshtabi).
3. Xavfsizlik darajasi (ishonchlilik, tizimga kirishga qarshi tura
olish, maxfiylik).
4. Salohiyatli mijozlarni jalb qilish darajasi.
5. Interfeysning qulayligi.
Hozirga qadar yuzdan ortiq to‘lov tizimlari ishlab chiqilgan. Ular-
ning soni doim ortib boradi. Bu tizimlarga aniq tahliliy baho berishning
69
|
| |