• ASSIST to‘lov tizimidan foydalanuvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatni tushuntirib beramiz
  • Berilayotgan ma’lumotlarning xavfsizligi




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Berilayotgan ma’lumotlarning xavfsizligi 
    Ma’lumotlarni mijozdan server tizimiga berish bosqichida shifrlash 
    uchun SSL 3.0 protokolidan foydalaniladi. Raqamli sertifikatlar berish 
    markazi – Verisign kompaniyasi tomonidan unga sertifikat berilgan. 
    Bunda to‘lovlarning maxfiy ma’lumotlarni mijozdan bankka, keyincha- 
    lik qayta ishlashi uchun berayotgan vaqtda shifrlashdan foydalanishi 
    bilan uning xavfsizligi ta’minlanadi. Kelgusida ma’lumotlar berish, ki- 
    rish mumkin bo‘lmagan yopiq tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
    ASSIST tizimi yordamida o‘tkaziladigan hisob-kitoblar O‘zbekiston qo- 
    nunchiligiga to‘liq mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik 
    kodeksining tegishli moddalari orqali tartibga solinadi. Bank kredit kar- 
    tochkalari yordamidagi to‘lovlar MoTo (Mail order Telephone order) 
    sxemasi asosida o‘tkaziladi (tegishli to‘lov tizimlari (VISA, Europay, 
    Diners Club) qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda) va O‘zR Markaziy 
    bankining “Kredit tashkilotlarining bank kartochkalarini emissiya qilish 
    82


    va ulardan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalarda hisob-kitoblarni 
    amalga oshirish to‘g‘risida” gi nizomini qanoatlantiradi. 
    Kredit kartalari bilan hisob-kitoblar: biron VISA, Eurocard/MasterCard, 
    Diners Club, JCB bank kredit kartochkalari egasi (keyinchalik “Xaridor”) 
    elektron magazinlarda xaridlarini to‘lashi mumkin. 
    ASSIST to‘lov tizimiga asoslangan kredit kartochkalar bilan hisob- 
    kitoblar sxemasi 4.1. rasmda keltirilgan. 
    ASSIST to‘lov tizimidan foydalanuvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi 
    munosabatni tushuntirib beramiz: 
    1. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi, tovarlar 
    to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli kredit kartochkasini tanlaydi
    2. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto- 
    rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi, 
    buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi; 
    3. Xaridor Internet orqali magazinning web serveriga ulanadi, tovarlar 
    to‘plamini shakllantiradi va to‘lov uchun tegishli kredit kartochkasini tanlaydi; 
    4. Magazin buyurtmani tayyorlaydi va xaridorni ASSIST tizimi avto- 
    rizatsiyalashgan serveriga qayta jo‘natadi; bir vaqtning o‘zida magazin kodi, 
    buyurtma raqami va uning summasi avtorizatsiyalashgan serverga beriladi; 
    5. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri himoyalangan protokol (SSL 
    3.0) bo‘yicha xaridor bilan aloqani tiklaydi va undan kredit kartochkasi pa- 
    rametrlarini qabul qilib oladi (ya’ni kartochka raqami, uning amal qilish 
    muddati, kartochkada ko‘rsatilgandek, kartochka egasining ismi-sharifi). 
    Kartochka haqidagi ma’lumot himoyalangan ko‘rinishda avtorizatsiyalash- 
    gan serverga beriladi. U xaridor bilan operatsiyalarda magazinga berilmaydi. 
    6. ASSIST avtorizatsiyalashgan serveri olingan ma’lumotlarni av- 
    val qayta ishlaydi va uni tizimning hisob-kitob bankiga (keyinchalik 
    “Bank” deb yuritiladi) beradi. 
    7. Bank tizimda bunday ma’lumot mavjudligini tekshiradi va ope- 
    ratsiyaning belgilangan tizim cheklanishlari doirasida ekanini aniqlaydi. 
    Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra transaksiya avtorizatsiyasini o‘tkazishni ta- 
    qiqlaydi yoki unga ruxsat beradi. 
    Avtorizatsiya taqiqlangan sharoitda Bank ASSIST avtorizatsiya- 
    lashgan serveriga to‘lov o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida xabar beradi. 
    Avtorizatsiyalashgan server xaridorga sababini ko‘rsatgan holda rad ja- 
    vobini beradi. Bundan tashqari, avtorizatsiyalashgan server magazinga 
    buyurtma raqamini ko‘rsatib, uning inkor etilganini xabar qiladi. 
    83


    Avtorizatsiya 
    Avtorizatsiyaga ruxsat berilganda esa, uni qabul qilish uchun so‘- 
    rovnoma yopiq bank tarmog‘i orqali xaridor kredit kartochkasi bank- 
    emitentiga yoki bank-emitent vakil bo‘lgan to‘lov tizim kartalari jara- 
    yonlari markaziga uzatiladi. Karta to‘lov tizimlari markazidan olingan 
    avtorizatsiyadan ijobiy natija olingan holatda: 
    a) Bank ASSIST avtorizatsiyalashgan serveriga avtorizatsiyaning 
    ijobiy natijasi haqida xabar beradi; 
    b) Avtorizatsiyalashgan server xaridorga ijobiy natija haqida xabar beradi. 
    v) Avtorizatsiyalashgan server avtorizatsiyaning ijobiy natijasini 
    buyurtma raqami bilan Magazinga uzatadi
    g) Bank va Magazin o‘rtasidagi mavjud shartnoma munosabatlariga 
    muvofiq bank magazin hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazadi; 
    d) magazin xizmat ko‘rsatadi (tovarni berib yuboradi). 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berilayotgan ma’lumotlarning xavfsizligi

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish