• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Maxfiylik: Xohishingizga qarab WM Keeper dasturining ilovalari 
    orqali siz o‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni (ismingiz, familiyangiz, e- 
    mail, pochta manzili va x.q.). WebMoney Transfer dasturining boshqa 
    foydalanuvchilari nazaridan berkitishingiz mumkin. Bunday holatda 
    operatsiyalarni amalga oshirishingizda ikkinchi tomon siz haqida ma’lu- 
    motlarga ega bo‘la olmaydi. 
    Agarda keyinchalik sizning tijorat hamkoringiz o‘zingiz to‘g‘ringiz- 
    dagi ma’lumotlarni ko‘rsatishni talab qilsa va siz bunga rozi bo‘lsangiz, 
    WM Keeper dasturining ilovalari bu ma’lumotlarni ko‘rinadigan qilish- 
    ga imkoniyat beradi. 
    WM-identifikatori orqali ishlatadigan WM-hamyonlarning raqam- 
    larini aniqlash mumkin emas. Xohishingiz va kompyuteringizga qarab 
    WM Keeper dasturining bir nechtasini o‘rnatib tizimga turli xil WM- 
    identifikatorlar orqali kirishingiz mumkin. 
    Ro‘yxatdan o‘tish: WebMoney Transfer tizimining foydalanuv- 
    chisi bo‘lish uchun o‘z ShK (shaxsiy kompyuteringiz) ga mijozlik das- 
    turini o‘rnatishingiz va dastur interfeysi orqali tizimda ro‘yxatdan o‘ti- 
    shingizning o‘zi kifoya. Ro‘yxatga o‘tish vaqtida tizim bitmiga imzo 
    chekishingizni va o‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishingiz kerak 
    bo‘ladi. Shundan so‘ng foydalanuvchi identifikatori – WM-identifikator 
    topshiriladi. Shuningdek, turli xildagi WM-hamyonlar ochiladi. O‘z 
    hamkorlaringizga o‘zingizning WM-hamyoningizning raqamini ma’lum 
    qilib, ulardan WM larni olishingiz mumkin bo‘ladi. 
    78


    Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun WM Keeper dasturining ikki ver- 
    siyasidan birini o‘z kompyuteringizga o‘rnatishingiz kerak bo‘ldi WM 
    Keeper - Classic yoki Light. WebMoney Transfer tizimidan foydala- 
    nuvchilar qatoriga qo‘shilish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: 
    WM Keeper Classic mijozlar dasturining installatsion arxivi ShKga 
    ko‘chirib olinadi.
    5
    Olingan faylni u joylashgan papkadagi fayl nomida 
    installatsiya qilish lozim. Installatsiya jarayonida ekranda paydo bo‘luv- 
    chi ko‘rsatmalarga rioya qilish kerak. 
    Installatsiyadan so‘ng vazifalar paneli (ekranning chap tomonidagi 
    quyi burchak) da «Пуск» («Start») menyusidagi WM Keeper belgisini 
    bosib, dasturni ishga tushirish kerak. Paydo bo‘lgan dialog darchasida 
    ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tishni 
    tanlash lozim. Shundan so‘ng bizga maxfiy kalitli fayllar va hamyonlar 
    joylangan fayllarni saqlash uchun kompyuter xotirasidagi joyni ko‘rsa- 
    tish va dasturni ishga tushirish uchun parol tayinlash taklif qilinadi. 
    Qatorlarni to‘ldirib «Создат»ni tanlash kerak. 
    Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘z-o‘zidan amalga oshadi. Tizimga ki- 
    rish uchun zarur bo‘lgan betakror WM-identifikator beriladi. Uni, uning 
    parolini yozib olish lozim va albatta kalitli fayldan ehtiyot shart nusxa 
    ko‘chirib oling. Dastur o‘rnatilgach, u R-, Z-, E- va Y-rusumli hamyon- 
    lar yaratadi. Hamyonlardan tizimda hisob-kitoblarni amalga oshirish 
    uchun foydalanishingiz mumkin. WM Keeper dasturini ishga tushirish 
    ham start menyusidan amalga oshiriladi. Ekranda WM-seyf tasviri pay- 
    do bo‘lgach, «Вход» («Kirish»)ni tanlab, ro‘yxatga o‘tish paytida ta- 
    yinlangan o‘z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiritish lozim. Das- 
    tur sertifikatlashtirish serveriga ulanishini (Online holati) kutish kerak va 
    natijada o‘z WM-hamyonlarini va tizimdagi operatsiyalarga kirish imko- 
    niyatiga ega bo‘ladi. 
    WM Keeper Classic dasturi Windows 98 SE, Windows Me, Win- 
    dows 2000, Windows XP, Windows 2003 operatsion sistemalarida ish- 
    laydi. Windows 98 da ishlash uchun qo‘shimcha Distributed Component 
    Object Model (DCOM) o‘rnatish lozim. DCOMning oxirgi versiyalarini 
    Microsoft kompaniyasining saytidan topish mumkin (DCOM98 1.3). 
    WM Keeper Classic dasturining ruscha versiyasi bilan ishlashda tegishli 
    operatsion sistemaning ruscha tahriridan mahalliylashtirilgan inglizcha 
    versiyadan foydalanish lozim. 

    WM Keeper Classic dasturining arxivini www.webmoney.uz saytidan yoki 
    www.tillo.uz saytidan ko‘chirib olish kerak. 
    79


    WM Keeper Classic dasturi ShKga o‘rnatish uchun minimal talablar: 
    · Taktli chastotasi 166 MHz bo‘lgan Pentium protsessori 
    · 32 Mb li operativ xotira 
    · SVGA 800x600 16 color (aksariyat skinlar uchun - hi-color) 
    · Qattiq diskda 4 Mb bo‘sh joy 
    · Sichqoncha 
    · Modem yoki alohida tarmoq orqali Internetga ulanish 
    5.5 va undan yuqori versiyali Microsoft Internet Explorer brauzeri 
    WM Keeper Classic dasturi haqida mufassalroq ma’lumot: 
    · WM Keeper Classicni proksi-server orqali ulash bo‘yicha tavsiyalar 
    · WM Keeper Classic interfeysining mufassal tavsifi 
    · WM Keeper Classic tarixi 
    · eToken Pro dan foydalanish 
    · ruToken dan foydalanish 
    · WM Keeper Phone Plugin tavsifi 
    WM Keeper Classic muttasil takomillashtirilmoqda. Dasturning 
    joriy versiyasi - 3.0.0.2. Installatsion faylni downloads sahifasidan yoki 
    quyidagi ishoralar bo‘yicha yuklash mumkin: 
    · WebMoney Keeper 3.0.02 (ruscha versiya) - 1,9 Mb; 
    · WebMoney Keeper 3.0.02 (inglizcha versiya) - 1,9 Mb. 
    WM Money to‘lov tizimida WebMoney Keeper Classic dasturiy 
    ta’minotidan tashqari WebMoney Keeper Light dasturiy ta’minotidan 
    ham foydalanishimiz mumkin. 
    WM Keeper Light dasturni foydalanuvchining kompyuteriga o‘r- 
    natishni talab qilmaydi va tizim ilovalarining serverida bajariladi. Ish na- 
    80


    tijalari himoyalangan https-ulanish orqali mijoz brauzeriga uzatiladi 
    (128 razryadli SSL qo‘llaniladi). 
    WM Keeper Light bilan ishlash uchun kompyuterga WebMoney 
    Transfer sertifikatini o‘rnatish va brauzerni ishga solish kifoya. WM 
    Keeper Light brauzerlarning har xil versiyalarini quvvatlaydi, shu bois 
    har qanday platformada ishlash mumkin. Microsoft Internet Explorer 
    yoki Netscape da ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy sertifikat olish mumkin va 
    www.wmcert.com saytida bajariladi. Operada ro‘yxatdan o‘tish va shax- 
    siy sertifikat olish uchun «Сервис-Настройки-Сет» menyusidagi Opera 
    ko‘rsatkichlarida brauzer identifikatsiyasini o‘rnatish lozim: Mozilla 5.0 
    sifatida ifodalanadi. 
    WM Keeper Light server ilovasini ishga tushirish uchun shaxsiy 
    sertifikat o‘rnatish va https://www.light.webmoney.ru saytiga kirish lozim. 
    WM Keeper Light interfeysining tavsifini ishga solingan dasturda 
    menyuning «Помощ» («Yordam») bandidan topish mumkin. Dastur bi- 
    lan ishlash paytida tug‘ilgan savollarga javob olish uchun «?» belgili 
    ikonkalardan ham foydalaniladi - sichqoncha ularga to‘g‘rilanganida in- 
    terfeys elementiga (ustun yoki satrga) tegishli tavsif paydo bo‘ladi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish