4.2-jadval.
PayCash tizimining asosiy parametrlari
73
3. To‘lovning
diskretligi.
To‘lov summasi 0,01 kopeyek, AQSh dollari uchun esa 0,001
sent aniqlikda istalgan raqam bilan ifodalangan bo‘lishi mum-
kin.
4. Himoyalanganlik. Tizimning barcha qatnashchilari bir-birlaridan va tashqi «tash-
rif»lardan himoyalanganlar, chunki ularning ixtiyorlarida o‘z-
larining haq ekanliklarini isbotlash va vijdonsiz hamkorlarni
fosh etish uchun texnik vositalar mavjud. Raqamli imzolar
uchun 1024 bitlik kalitlari bilan RSA algoritmi qo‘llaniladi.
5. Xavfsizlik.
Tarmoq bo‘yicha qayta uzatishda barcha ma’lumotlar krip-
tografik davralarda barqaror obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan usul-
lar bilan shifrlanadi. Bunda 1024 bitdan qisqa bo‘lmagan ochiq
kalitlardan va 128 bitdan qisqa bo‘lmagan simmetrik kalitlar-
dan foydalaniladi. Shuning uchun ham kerakli hisob-kitoblar
yordamida shifrlangan ma’lumotlarni yo‘lda ushlab olishning
ehtimoli juda kam.
6. Aloqadagi uzi-
lishlarga nisbatan
barqarorligi.
Agar moliyaviy operatsiyaga xizmat ko‘rsatayotgan qaydaydir
ma’lumot almashinuv protokoli muvaffaqiyatli yakuniga yet-
magan bo‘lsa ham tomonlarning hech biri pulini yo‘qotmaydi.
7.Operatsiyalar da-
vomiyligi.
Agar bankda Pentium-200 rusumli kompyuterdan foydalanila-
yotgan bo‘lsa, mijoz tomonidan initsiallashtirilgan har qanday
operatsiyani u 0,1 dan 0,5 sekundgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida
bajara oladi.
8. Mijoz kompyu-
terida elektron pul-
larning hayot vaqti.
Mijoz kompyuteriga o‘tkazilgan elektron pullar operativ to‘lov
qobiliyatini bank shifrlari o‘zgartirilgunga qadar saqlab turadi.
Shifrlar o‘zgartirilishining davriyligi bir necha yilni tashkil eti-
shi mumkin. Mijoz elektron pullarini sarflash uchun yetarli
vaqtga ega bo‘ladi. Mijozning yo‘qotilgan to‘lov qobiliyatini
tiklash varianti ham ko‘zda tutilgan.
9. Masshtablanish.
Pentium-200/64MB/5GB kompyuteridan foydalanishga asos-
langan bank serveri bir sutkada 150 000 gacha transaksiyalar-
ni (to‘lovlar va shunga o‘xshash operatsiyalarni) amalga oshi-
rishi mumkin.
10. Teng huquqli-
lik.
Barcha mijozlar amalda teng huquqlidir, xususan, ulardan har
biri pul to‘lashi ham, pul olishi ham mumkin.
11. To‘lovlarning
bir-biri bilan
bog‘liqligi.
Bank o‘z vositalari yordamida ma’lum to‘lovda qatnashuvchi
pullar qaysi schyotdan kelganini bila olmasa ham u bir to‘lov
kitobchasidan (kimga tegishliligi noma’lum) amalga oshirilgan
barcha to‘lovlarni aniqlashning prinsipial imkoniyatiga ega.
To‘lovlarning bunday bog‘liqligi xususiyati mijoz anonimligi-
ga muayyan tajovuzdir. Bu tajovuzni kamaytirish uchun mijoz
vaqti-vaqti bilan eski kitobchalardan foydalanishni to‘xtatib
yangi to‘lov kitobchalarini ochishi mumkin.
12. To‘lovlarning
anonimligi.
U ikki darajada ta’minlanadi. Birinchidan, bankda schyot ochi-
layotgan vaqtda mijoz o‘zi to‘g‘risida hech qanday axborot
74
bermasligi mumkin. Ikkinchidan, har qanday to‘lov uchun
bank qaysi schyotdan pul olinganligini aniqlash imkoniyatiga
ega emas, chunki elektron pullarni hisob raqamlaridan to‘lov
kitobchalariga o‘tkazishda mijozlar yashirin imzo texnologi-
yadan foydalanadilar.
13. Elektron poch-
taning qo‘llab-quv-
vatlanishi.
Tizim to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirishni ko‘zda
tutsa ham, unga ayrim cheklovlar bilan elektron pochtani qo‘l-
lab-quvvatlash unsurlari kiritilishi mumkin.
PayCash to‘lov tizimining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. PayCash, yuqorida ta’kidlanganidek, Internet muhitida naqd pul
to‘lovlar tizimidir;
2. Ushbu to‘lov tizimining muhim ijobiy tomoni – undan foydala-
nishning oddiyligida;
3. Uning qo‘llanilishi kredit kartochkalaridan foydalanishni bekor
qiladi;
4. To‘lovlar ancha xavfsiz, eng muhimi esa anonim tarzda amalga
oshiriladi;
5. Foydalanuvchi odatiy naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshi-
ruvchi PayCash tizimida hisob raqamga ega bo‘ladi;
6. PayCash tizimi bilan ishlash O‘zbekiston qonunchiligiga zid
emas, undagi moliyaviy operatsiyalarning hammasi qonuniy va belgilan-
gan tarzda, buxgalteriya hujjatlari asosida yuritilishi mumkin;
7. PayCash bir bankka tegishli bo‘lmasdan, mahalliy va global to‘-
lov tizimlarini yaratiishga tayyor ochiq tizimdir. Bu esa, kelajakda Pay-
Cash ga ulanish uchun mijozga bankni o‘zgatirishi talab etilmaydi;
8. Har qanday tizim ishtirokchisi; ham to‘lovchi, ham to‘lovni qabul
qiluvchi bo‘la oladi. Bu esa, PayCash tizimi “hamyon”lari egasiga o‘z pul
mablag‘larini boshqarishda keng imkoniyatlar ochib berishi bilan birga,
Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishni tashkil etishni osonlashtiradi.
PayCash tizimi kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:
1. Agar oddiy savdoda qallobni topish ehtimolligi ma’lum darajada
bor bo‘lsa, anonim tizimda pul o‘tkazishda bu zanjir uziladi va aybdor
jazosiz qoladi;
2. Shartli ravishda “hamyon” deb ataluvchi dasturiy ta’minot hozir-
cha tashqi aralashuvdan to‘liq himoyalanmagan. Masalan, diskdagi hech
qanday ma’lumot shifrlanmagan, kirishga kalit so‘zi uchun ma’lum che-
garalar qo‘yilmagan, operatsion tizim tomonidan svop-fayldagi tanqidiy
ma’lumotlarni diskka yozishni himoyalash bo‘yicha xavfsizlik choralari
ko‘rilmagan va boshq. Agar begonalarning (“troyanlar” va viruslar) komp-
75
yuterga kira olmasliklarini hisobga olmasak, to‘lov tizimlari mijozlarining
manfaatlari yetarlicha himoyalanganini ko‘ramiz.
3. Ma’lumotlarni shifrlashda juda qimmat tizimdan foydalanganligi.
|