To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi 
Cyber Plat tizimi mijozlari bevosita Internet orqali to‘lov topshiriq- 
nomalarini to‘ldirishlari mumkin, bu esa bank o‘tkazmalarini O‘zbekis- 
tonning istalgan bankidagi istalgan hisob raqamiga bank o‘tkazmalarini 
amalga oshirish imkonini beradi. 
Cyber Plat serveridan (http://www.cyberplat.ru/) foydalanuvchi mi- 
jozlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Mijozlarni ro‘yxatga olish, 
shuningdek, mijoz joyida (bepul taqdim etiladigan) maxsus dasturiy ta’- 
minot ishlatishi to‘lovlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlaydi. 
Cyber Plat “Platina” bankida ochilgan hisob raqami bilan birga, 
plastik kartochka orqali to‘lovlar amalga oshirish imkonini beradi. Bunda 
mijoz Xalqaro to‘lov tizimlari a’zosi bo‘lgan har qanday bank tomonidan 
berilgan kartochkadan foydalanishi mumkin. O‘z mohiyatiga ko‘ra, Cyber 
Plat ko‘rinishidagi to‘lov tizimini aks ettirib, unda ishtirokchilar o‘rtasida 
ishonchli va xavfsiz pul o‘tkazishlar samarali amalga oshirishi mumkin. 
Uning bu xususiyati to‘lovlar miqdori juda katta bo‘lgan korporativ o‘zaro 
to‘lovlar uchun juda qo‘l keladi (biznes-biznes modeli). 
Hozirgi kunda Cyber Plat tizimida tovar va xizmatlar: 
1) “Platina” bankida xaridor uchun ochilgan hisob raqamidan
2) Har bir bank-emitentning bank kredit kartochkasidan to‘lovlar 
ko‘zda tutiladi. 
Cyber Plat tizimidagi to‘lov xaridorning “Platina” bankidagi hisob 
raqamidagi qoldiq yoki bank emitentining karta hisob raqamidagi sum- 
madan oshib ketmasa, operatsiya amalga oshiriladi. Xaridor “Platina” 
bankidagi hisob raqamini quyidagicha to‘ldiradi: 
87


1. Qo‘shimcha ofis kassasi orqali, badal ko‘rinishidagi naqd pul bilan; 
2. Har qanday biznes banki orqali naqd pulsiz o‘tkazmalar bilan. 
Biznes banki orqali o‘tkazilgan mablag‘ to‘g‘risidagi xabarnomani xa- 
ridor tomonidan shartli ravishda “Dasturiy ta’minot” deyiluvchi vosita or- 
qali chop qilish mumkin. Xabarnomada bank va xaridorning barcha zaruriy 
rekvizitlari aks etadi. Xaridor faqat o‘tkazma summasini kiritadi xolos. 
Bank plastik kartochkalaridan foydalaniladigan to‘lovlarda mab- 
lag‘lar bank-emitentdagi karta hisob raqamidan olinadi. Bu hisob raqam- 
ni to‘ldirish tegishli to‘lov karta tizimi qoidalariga ko‘ra amalga oshiri- 
ladi. Kartochka operatsiyalarida mumkin bo‘lgan qallobliklardan himo- 
yalanish maqsadida, tizimga qo‘shimcha cheklovlar kiritilgan. 
Xaridor Bankda, o‘z hisob raqamidagi yoki joriy to‘lov limitidagi 
mablag‘larni nazorat qilishi mumkin va bunda u “Platina” bankidan hisob 
raqam holati bo‘yicha yoki bank kredit kartochkasidan foydalanish davo- 
mida amalga oshirilgan transaksiyalar haqida ko‘chirma olishi mumkin. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish tartibi

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish