• CyberPlat – to‘lov tizimi.
  • Russian Shopping Clubning kamchiliklari




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Russian Shopping Clubning kamchiliklari
    1. Ishlatilayotgan axborotlarni shifrlash tizimining yetarli darajadgi 
    zaif himoyalanganligi. 
    2. Tizimning anonim emasligi sababli Bank yoki sotuvchi tomoni- 
    dan shaxsiy yoki bankka tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (shu jumladan, qi- 
    lingan xaridlar, sotib oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshq.) ni 
    olish imkoniyatining mavjudligi. 
    CyberPlat – to‘lov tizimi. 
    CyberPlat – debet tizimdir. Elektron raqamli imzo bilan imzolangan 
    raqamli chek orqali to‘lov amalga oshiriladi. U “Platina” banki va “Inist” 
    firmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. 
    CyberPlat to‘lov tizimining asosiy parametrlari 4.5-jadvalda kelti- 
    rilgan. CyberPlat tizimi Internet muhiti va real vaqt rejimida hisob-kitob 
    85


    qilish uchun mo‘ljallangan integratsiyalashgan tizimdir. U Internet orqa- 
    li amalga oshiriladigan hisob-kitobning ikki modelini qamrab oladi: 
    1. Biznes – xaridor (Business to Customer) modeli – ASSIST avto- 
    rizatsiyalashgan serveri – chakana elektron xarid, jumladan, mikroto‘- 
    lovni ta’minlash. 
    2. Biznes – biznes modeli (Business to Business) – himoyalangan 
    moliyaviy hujjatlashtirish texnologiyasi – ulgurji savdo va korporativ 
    strukturalar orasidagi hisob-kitoblar. 
    Yuqorida keltirilgan hisoblashishlar modellari mohiyatan to‘lovlar 
    hajmlari va buning natijasi o‘laroq, mumkin bo‘lgan sanksiya qo‘yilma- 
    gan kirish ehtimolidan himoyalanish darajasiga qo‘yiladigan talablarga 
    ko‘ra farqlanadi. CyberPlat tizimining texnologik qurilishi uni har ikki 
    modelda ham muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beradi. Bunda ASSIST 
    avtorizatsiyalashgan serverining mavjud bo‘lishi mijozlarga biznes-xa- 
    ridor sxemasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini muhim daraja- 
    da kengaytiradi. 
    CyberPlat to‘lov tizimga qisqacha tavsif berib o‘tamiz. Tizim ishti- 
    rokchilari CyberPlat to‘lov tizimida hisob-kitoblar uch asosiy ishtirok- 
    chilar orasida olib boriladi: xaridor, elektron magazin va bank. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish