Instant to‘lov tizimi quyidagilardan tashkil topgan




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

Instant to‘lov tizimi quyidagilardan tashkil topgan: 
1) mijozlarning virtual hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni 
amalga oshiruvchi va o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha mijozlarni xa- 
bardor qiluvchi protsessing osttizim; 
2) plastik kartochkalari egalarini ro‘yxatga oluvchi va protsessing 
markaziga plastik kartochkalari bilan bajariladigan operatsiyalar bo‘yi- 
cha xavfsiz transaksiyalarni generatsiya (ishlab chiquvchi) qiluvchi pro- 
tsessingoldi osttizim; 
3) sotuvchilariga avtomatik holda real vaqt rejimida o‘z tovar va 
xizmatlarini sotish imkoniyatini yaratib beruvchi elektron magazin 
(CyberMall); 
4) to‘lov tizimi va avtomatlashgan bank tizimi orasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikni amalga oshiruvchi dasturiy interfeys; 
5) to‘lov tizimi bir vaqtning o‘zida bir necha bank tomonidan foy- 
dalanayotgan holda banklararo o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiruv- 
chi kliring osttizim; 
Instant to‘lov tizimining afzalligi quyidagilardan iborat: 
– real vaqt rejimida plastik kartochkalar haqidagi ma’lumotlarni mi- 
jozdan sotuvchiga yuborishni ham o‘z ichiga olgan holda tovar va xiz- 
matlar uchun to‘lovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga 
oshirish imkoniyati; 
– bankdagi xaridorlarning hisob raqamlari yordamida real vaqt 
rejimida har qanday xizmat va tovarlarni sotib olish imkoniyati; 
94


– tovar va xizmat sotuvchisining talabiga binoan real vaqt rejimida 
to‘lovning kelib tushganligi yoki kartochkadagi transaksiyaning mav- 
judligini tekshirish va to‘lov tushganidan so‘ng zudlik bilan xaridorga 
tovarni yetkazib berish imkoniyati; 
– bankda yangi hisob raqamni ochmasdan tovar va xizmatlarni sot- 
ganligi evaziga pul mablag‘larini o‘zining mavjud hisob raqamiga kelib 
tushishi; 
– tovar va xizmatlar uchun haqni bank mijozlari hisobraqamlari 
hamda plastik kartochkalar egalaridan sotuvchining hisob raqamiga o‘t- 
kazilishi; 
– tovarnining Internet orqali tezda sotilishi maqsadida elektron ma- 
gazindan foydalanish; 
– elektron magazinning boshqa dasturiy ta’minoti bilan integratsi- 
yalanuvchi oddiy interfeysni qo‘llash; 
– sotuvchilar manziliga to‘lovlarning tushishini ta’minlash maqsadida 
mustaqil ravishda xalqaro plastik kartochka egalarini ro‘yxatga olish; 
– bank o‘z mijozlari va boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan 
xalqaro plastik kartochkalari egalarini ro‘yxatga olish. Bu plastik kar- 
tochkalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmini oshirish imko- 
nini beradi va xaridor va sotuvchilarga xizmatlarning yangi ko‘rinishida, 
ya’ni internet orqali xavfsiz ravishda operatsiya olib borish imkoniyatini 
beradi; 
– mijozning o‘ziga tegishli bo‘lgan hisob raqamining maxfiyligini 
ta’minlash; 
– Internet orqali xavfsiz hisob-kitoblarni yurgizish, shu jumladan 
bevosita mijozlardan ushbu kartochkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘t- 
kazish. 
To‘lov tizimi hisob raqam Identifikatori (Account Id) hamda Parol 
(shartlashilgan maxfiy so‘z – Password) taqdim etilgan holdagina Xari- 
dorning shaxsiy hisob raqami (Customer Account), Xaridor Kartasi 
(Customer Card Info) va Sotuvchining Hisob raqamini (Merchant Ac- 
count) qo‘llashga asoslangan. 
Internet orqali o‘z tovarlarini sotmoqchi bo‘lgan har qanday kompa- 
niya (Internet-provayderlar, uyali aloqa provayderlari, axborot agentlik- 
lari, davriy nashrlar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari) o‘z xizmat 
va tovarlarini xaridorlarga sotishda ushbu to‘lov tizimi imkoniyatlaridan 
foydalanishi mumkin. Har qanday xizmatlar, telekommunikatsiya xiz- 
matlari yoki axborot mahsulotlarini taqdim etuvchi Sotuvchi ushbu xiz- 
matlar va mollarni CyberMalldan xarid qilib olish uchun ularning ta’rifi 
95



Download 3,23 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Instant to‘lov tizimi quyidagilardan tashkil topgan

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish