ElIT to‘lov tizimining asosiy xususiyatlari




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

ElIT to‘lov tizimining asosiy xususiyatlari 
Elektron magazin mijozlarining tovar va xizmatlar kataloglari bilan 
tanishib chiqishi mumkinligi, buyurtmalarni elektron magazin persona- 
lining ish vaqti va manzilidan qat’iy nazar buyurtmani rasmiylashtirish 
imkoni mavjud. 
Tovar va xizmatlar katalogining uzoqlashgan administratsiyalashti- 
rilishi. Katalogning administratori (magazin menejeri) va elektron maga- 
zin joylashgan server shaharning boshqa-boshqa chekkalarida joylashi- 
shi mumkin. 
Rossiyaning mavjud qonunchiligiga to‘la-to‘kis mos kelishi. 
Xilma-xil tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchilar 
biznesining xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish imkoniyati. 
Tovar va xizmatlarning cheksiz turlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi 
har qanday murakkab kataloglar tizimini ta’minlay olishi. 
Zarur mahsulotlarni tovar va xizmatlar katalogi hamda kontekst 
ma’nosi bo‘yicha izlash xizmati orqali xarid qilish. 
Tovar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq hajmda joylashtirish (shu jum- 
ladan, chizma va suratlar). Zarurat tug‘ilganda tovarning to‘liq tavsifi 
tizimlashtirilgan bo‘lishi mumkin. 
98


Har bir magazinda o‘ziga biriktirilgan tovarlarga bo‘lgan buyurtma- 
larni rasmiylashtiruvchi bir necha sotuvchi terminallarini o‘rnatish; so- 
tuvchilarga tovarlarni «biriktirish» sotuvchilar soni, yil fasliga ko‘ra 
muayyan tovarlarga bo‘lgan talabga qarab o‘zgartirilishi mumkin. 
Buyurtmalarni yo‘naltirish (marshrutizatsiya), ya’ni turli sotuvchi- 
larga biriktirilgan bir necha tovar turlarini jamlovchi buyurtma sotuv- 
chilar orasida kelishilgan ketma-ketlikda manzilga yetkazilishi mumkin; 
buyurtmani oxirgi navbatda olgan sotuvchi boshqa sotuvchilar rasmiy- 
lashtirgan hujjatlarni nazorat qilishi mumkin. 
Buyurtmalarning qabul qilib rasmiylashtirilishi va sotuvchilar faoli- 
yatini nazorat qiluvchi o‘zini-o‘zi boshqaruvchi terminal «master-so- 
tuvchi» (bosh menejer) ni ajratib chiqarish. 
Tegishli guruh yoki muayyan adresatga bevosita yo‘llash maqsadida 
taklif va shikoyatlarni qabul qilish. 
Serverga birinchi marotaba mehmon sifatida (magazinning yangi 
«mijozlari») tashrif buyurgan shaxslarga elektron kataloglar foydalanish 
va tovarlarning tavsifi bilan tanishib chiqish imkoniyati, buning uchun 
«mijozlar» ro‘yxatdan o‘tishlari lozim emas. 
Mijoz ilk bor buyurtmasini rasmiylashtirayotganda uni soddalashti- 
rilgan holda ro‘yxatga olish. Bunda mijozlar, ularning rasmiylashtiril- 
gan va rasmiylashtirilmagan buyurtmalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi 
yakka-yakka tartibda olib boriladi. Tizim har bir foydalanuvchini Micro- 
soft cookie qo‘llamagan holda ismi va paroli orqali tanib oladi. Shu sa- 
babli mijoz shaxsiy ma’lumotlarni olib, nazorat qilish imkoniyatiga ega 
hamda yangi buyurtmalarni har qanday joy va kompyuterlardan rasmiy- 
lashtirishi mumkin (ushbu tizimda ish joyning emas, balki mijozning av- 
torizatsiyasi amalga oshiriladi). 
Tovar narxlari bir vaqtning o‘zida bir necha valutada ko‘rsatiladi, 
bunda rasmiylashtirilgan umumiy buyurtmaning qiymati joriy valuta 
kurslariga binoan rublda ko‘rsatiladi (rasmiylashtirilgan buyurtma jo‘na- 
tiladigan vaqtga ko‘ra). 
Mijozlarning turli toifalari uchun narxlar tizimlarini (chegirmalar) 
belgilash imkoniyati (masalan, yakuniy iste’molchilar bo‘lmish diler va 
sheriklar uchun narx-navolar). 
Sotuvchi tomonidan buyurtmadagi tovarlar hajmini yoki umumiy 
qiymatini hisobga olgan holda belgilanayotgan chegirmalari asosida bu- 
yurtmaning yakuniy qiymatining shakllantirilishi. 
Mahsulot birligini hisobga olgan holda hamda uning qadoqlanish 
usuliga asosan buyurtma hajmini shakllantirish. 
99


Omborxonadagi qoldiqlar haqida ma’lumotlarni taqdim etish (alo- 
hida ko‘rsatilgan mijozlar uchun). 
Buyurtmaning bajarilishi, to‘liq bajarilmaganligi, bajarilishining ke- 
chiktirilishi yoki buyurtmaning alohida bandlarini bajarish imkoniyati 
yo‘qligi haqida mijozlarni tezkor xabardor qilish (buyurtmaga asosan 
shakllantirilgan tovar partiyasining jo‘natilishi). 
Qisman bajarilgan buyurtmalar haqidagi axborotni saqlash; mijoz ish- 
tirokida qisman bajarilgan buyurtmaning bajarilmagan bandlarini aniq- 
lashtirgach, vakolatli sotuvchi ushbu buyurtmani bekor qilishi mumkin. 
Elektron magazindan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar hamda 
tovar va xizmatlar bilan ta’minlovchilar biznesining o‘sib borayotgan sifat 
va son ko‘rsatkichlariga mos holda sodda ravishda sozlash imkoniyati. 
Aloqa kanallari orqali axborotni jo‘natishda va saqlashda maxfiy- 
likni ta’minlovchi vositalarning, elektron to‘lov hujjatlarida deklaratsiya 
qilinmagan axborotni qayd qiluvchi tekshiruv vositalarining, foydala- 
nishni cheklovchi vositalarning (to‘lov terminallari menejerlarining bir 
necha darajali foydalanish imkoniyati) mavjudligi. 
Ishonchliligi – ushbu tizim uzluksiz kecha-yu kunduz to‘xtovsiz 
ishlash talablari asosida qurilgan. 
Qo‘llashda qulayliligi – tizimning barcha komponentlari maxsus 
tayyorgarlikka ega bo‘lmagan oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan 
(buyurtmalarni rasmiylashtiruvchi mijoz va administratorlar uchun). 
Ochiqligi – mazkur tizim har qanday ombor-hisob-kitob dasturlari 
bilan muvofiqlashtirilishi hamda axborotni statistik tahlili modullari bi- 
lan to‘ldirilishi mumkin. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ElIT to‘lov tizimining asosiy xususiyatlari

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish