Xavfsizlik choralari
SSL tizimi, Cybercash himoyasi, Thawte Consulting sertifi-
kati ishlatiladi
Anonimlik
Boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartochkasi ma’lu-
motlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga esa ular SSL
bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi.
Sotib
oluvchining
himoyalanishi
Ko‘pchilik boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartoch-
kasi ma’lumotlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga
esa ular SSL bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi. Bun-
dan tashqari, sotib oluvchi o‘z bankiga yoki VISA, yoki
MasterCardga sotuvchining noto‘g‘ri harakati bo‘yicha shi-
koyat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, sotuvchilarga sotishni
rad etish darajasi sotish miqdoridan 2,5%dan ortiqligi kuza-
tilganda jarima solinadi.
Sotuvchining
himoyalanishi
Sotuvchi bir necha darajada himoyalangan. Himoyaning bosh-
qa usullari orasida AVS(Address Verification System) ham
qo‘llaniladi, agar adres mos tushmasa,
sotuvchiga nima qilish
kerakligini hal qilish huquqi berilgan.
Tizim xususiyati
Standart. Kredit kartochkali tizim uchun kartochkalar avto-
rizatsiyalash sxemasi bo‘lishi ixtiyoriydir.
Ko‘mak
Cybercash hisob-kitob markazi, Humbold Bank banki. Hi-
sob-kitobni VISA va MasterCard kredit kartochka emitent-
lari hisoblanadigan jahondagi barcha
banklar amalga oshi-
rishlari mumkin.
Interrussia to‘lov tizimining asosiy kamchiliklari quyidagilardan
iborat:
– xaridorning zaif himoyalanganligi;
– transaksiyalarning qimmatliligi hamda ro‘yxatga olishda undiri-
ladigan badal.
ElIS to‘lov tizimi
ElIS to‘lov tizimi (El – elektron, I – Internet, S – savdo)
ElIS quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
– Internet tarmog‘ida ta’minlovchining (har
qanday tashkilot yoki
elektron magazin) xizmat va tovarlarning taqdimoti;
– katalogdagi tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni (narx-navo,
yangi tovarlarni ro‘yxatga olish) tezkor ravishda (Internet orqali) yangi-
lab turish;
– elektron magazin mijozlarning tovar va xizmatlari buyurtmalarini
bajarish;
– menejer-sotuvchilar tomonidan buyurtmalarni ro‘yxatga olish;
– savdo jarayoni haqidagi axborotni analitik tahlildan o‘tkazish.
– ElIS to‘lov tizimi quyidagilarni ta’minlaydi:
97
– ta’minlovchi firma infratuzilmasining minimal o‘zgarishlari eva-
ziga (xizmat ko‘rsatuvchi personal sonini oshirish,
shoxobchalar sonini
ko‘paytirish) tovar sotilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan biznesning
sifat ko‘rsatkichi yoki tovar turlarining ko‘payishi;
– mahsulot sotilayotgan bozorning hajmini oshirish: elektron maga-
zin xaridori sifatida kompyuter orqali Internetga ulanadigan har qanday
foydalanuvchi bo‘lishi mumkin (manzilidan qat’iy nazar);
– kam xarajatli reklama
kampaniyasini uyushtirish;
– tovar zaxiralarini aniq tartibga solish;
– tovarlarning «aylanish sikli» vaqtining qisqarishi;
– elektron magazinda yangi tovar paydo bo‘lganligi haqidagi ma’-
lumot ushbu tovar katalogga kiritilganidan bir necha soniyadan so‘ng
ma’lum bo‘ladi.
ElIT to‘lov tizimi chakana savdo bilan birga tovarlar harakatining
taqsimlangan korporativ tizimlarida ham biznes-biznes modeli ko‘rini-
shida foydalaniladi. Mazkur tizim mustaqil ravishda qo‘llanilibgina qol-
may, balki undan Internet orqali elektron to‘lovlarni rasmiylashtirish ti-
zimlari bilan birgalikda ham foydalaniladi.