• Bajaradigan funksiyalar ro‘yxati
  • Instant to‘lov tizimi xususiyatlari




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Instant to‘lov tizimi xususiyatlari 
    1997-yilda «Interfeys» OAJ amerikalik sheriklari ishtirokida Ameri- 
    ka bozoriga tatbiq etish maqsadida Instant to‘lov tizimini ishlab chiqishdi. 
    To‘lov tizimi ushbu sohasi yetakchisi bo‘lmish Microsoft kompani- 
    yasining so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda yaratilgan. Bu esa us- 
    kunalarga ajratilgan nisbatan katta bo‘lmagan xarajatlar orqali – PC ba- 
    zasidagi serverlar qo‘llaniladi – yuz minglab mijozga, bir vaqtning o‘zi- 
    da esa o‘nlab (64–128 Kbit/sek kanali orqali) yoki yuzlab (512–1024 
    Kbit/sek kanali orqali) mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratib 
    beradi. Shunga juda o‘xshash uskunalardan Amerika bozorining yana bir 
    92


    yetakchi bo‘lmish iBill (Internet Billing Company) kompaniyasi qo‘l- 
    laydi – bu kompaniya 8 ming korporativ mijozga (tovar va xizmat so- 
    tuvchilariga) va o‘n minglab individual mijozlarga (plastik kartochka 
    egalariga) xizmat ko‘rsatadi. Ammo iBill hozirgi kunga qadar nisbatan 
    kam quvvatli O‘Reilly firmasining WebSite Internet-serverini qo‘llayot- 
    gan bo‘lsa, Instant to‘lov tizimi hozirgi kundagi eng katta quvvatga ega 
    bo‘lgan Microsoft Internet Information Server 4.0. dan foydalanmoqda. 
    Bajaradigan funksiyalar ro‘yxati 
    To‘lov tizimi xaridorga tovar uchun to‘lovni quyidagi ikki usul or- 
    qali amalga oshirish imkonini beradi: kredit kartochka orqali va mijoz- 
    ning real hisob raqamiga mos kelishi mumkin bo‘lgan virtual hisob ra- 
    qami yordamida bajariladi. To‘lov tizimi internet tarmog‘i orqali to‘lov 
    xizmatlarini ko‘rsatuvchi virtual bankdan foydalanish hollarida hisob 
    raqam haqiqatan virtual bo‘lishi mumkin. Mazkur tizimlar, odatda, ush- 
    bu usullardan birini qo‘llashga imkon beradi. Masalan, Cy bank va Digi- 
    Cash faqat virtual hisob raqamlardan foydalanib (DigiCash virtual hisob 
    raqamlarni emissiyasini markazlashgan holda ro‘yxatga olish tizimiga 
    aynan o‘xshash bo‘lgan «raqamli pullar» deb nomlanuvchi pullardan 
    foydalanadi), kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni ta’minlamaydi. Ma’lum 
    CyberCash, DigiCash to‘lov sistemalarini ayrim sabablarga ko‘ra, ya’ni 
    qimmatligi, o‘rnatish va foydalanish nuqtayi nazaridan texnologik mu- 
    rakkab hisoblanganligi, yuridik qiyinchiliklar va h. k. bilan bog‘liq bo‘l- 
    ganligi uchun tatbiq etish ancha muammoli vazifadir. 
    To‘lov tizimi tarkibida sotuvchilarga o‘z mollarini qiyinchiliklarsiz 
    sotish imkonini beruvchi elektron magazin – CyberMall ham mavjud. 
    O‘z Internet-serveri va dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan sotuvchilar e’ti- 
    boriga to‘lov tizimi sotuvchining web-saytini zarur to‘lov funksiyalari 
    bilan ta’minlovchi oddiy interfeysni taklif etadi. 
    To‘lov tizimi kredit kartochkalari orqali amalga oshiriluvchi to‘lov- 
    larning xavfsizligini ta’minlaydi. Bir marotaba kartochkasini ro‘yxatdan 
    o‘tkazib, bank yoki sotuvchiga taqdim etganidan so‘ng ushbu bank yoki 
    sotuvchini registrator sifatida tan olgan boshqalarga ham tovar olish 
    maqsadida to‘lovlarni o‘tkazishi mumkin. Bu esa yirik xizmat ko‘rsa- 
    tuvchi va tovar sotuvchilarga (uyali aloqa kompaniyalari, Internet-pro- 
    vayderlar va b.) banklar va boshqa sotuvchilardan qat’iy nazar Internet 
    orqali xavfsiz ravishda to‘lovlarni qabul qilish yo‘lida o‘ziga tegishli 
    bo‘lgan mijozlar bazasini yaratishga, kichik sotuvchilarga esa yirik so- 
    tuvchilar mijozlar bazasidan foydalanish imkonini yaratib beradi. Kva- 
    93


    yer-banklar o‘ziga qarashli bo‘lgan mijozlari bilan bir qatorda boshqa 
    banklar tomonidan emissiya qilingan plastik kartochkalar egalarini ham 
    ro‘yxatga olishlari mumkin. Bu esa chakana savdo hajmlarining o‘sishi- 
    ga hamda o‘zining merchant-mijozlariga (tovar va xizmatlarni sotuvchi 
    firmalar) va plastik kartochkalar egalariga istiqbolli bo‘lgan yangi xiz- 
    matlarni, ya’ni Internet orqali plastik kartochkalar yordamida xavfsiz 
    operatsiyalar yuritishiga imkon beradi. 
    Boshqa to‘lov tizimlar kabi ushbu to‘lov tizimi sotuvchilarga tas- 
    diqlanmagan kartochkalarni ham qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu hol- 
    da xavfsizlikni ta’minlash to‘lov tizim zimmasiga yuklatiladi. Sotuvchilar 
    ba’zi sabablarga ko‘ra (qalbaki, yo‘qotilgan va h.k.) kartochkalarni muo- 
    malada bo‘lishini cheklab qo‘yishi mumkin, bundan keyin esa ushbu kar- 
    tochkalar bilan operatsiyalar olib borish taqiqlanadi. Agarda ushbu raqamli 
    kartochka qiymatsiz bo‘lsa, u ro‘yxatga olinmaydi. 
    Mazkur tizim debet toifasiga mansub bo‘lib, bank mijozlariga real 
    vaqt rejimida o‘zaro hisob-kitob olib borish imkonini beradi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish