On-line shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

On-line shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish 
Magazinlarda tovarni xarid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi 
asosida amalga oshiriladi. 
1. Xaridor Internet orqali Magazinga tegishli bo‘lgan web-serverga 
ulanib, tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan xarajatlar 
miqdori haqida so‘rovnoma yuboradi. 
2. Ushbu so‘rovnomaga asosan Magazin Xaridorga tovar nomi va 
xizmat haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va 
kuni ko‘rsatilgan ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag‘ini taq- 
dim etadi. Fuqaroviy-huquqiy nuqtayi nazardan ushbu hisobvaraq shart- 
noma tuzish borasidagi taklif deb hisoblanadi. 
3. Xaridor unga taqdim etilgan mazkur hisobvaraqni ERI usulida 
imzolab, uni Magazinga qaytarib yuboradi, ya’ni akseptni bajaradi. 
Shartnoma Xaridor unga taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan 
boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. Tizimda Xaridor tomonidan imzo- 
langan hisobvaraq chek hisoblanadi. 
4. Magazin va Xaridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek 
Magazin tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo‘llanadi. 
5. Bank imzolangan chekni ko‘zdan kechiradi, ya’ni: tizimda Ma- 
gazin va Xaridorning ro‘yxatdan o‘tganligi, Magazin va Xaridorning ERI 
tekshiriladi, operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazo- 
rat qilinadi va chekning nusxasi Bankning ma’lumotlar bazasida saqlanadi. 
Tekshiruv natijasida kartochka to‘lov tizimida transaksiyalarni avtorizatsi- 
yalashga ruxsat berish yoki taqiqlash borasida qaror shakllanadi. 
6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkaz- 
masligi to‘g‘risida qarorini yo‘llaydi, Xaridorga esa to‘lov amalga oshi- 
rilmaganligi asoslanadi. 
7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Xaridor o‘rtasi- 
dagi shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to‘- 
lov summasi hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bank- 
ning amaldagi tariflari bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so‘- 
rovnomasi yopiq turdagi bank tarmoqlari orqali Xaridorning kartochkasi 
emitenti bo‘lmish bank yoki bank-emitent tomonidan vakolatlangan 
kartochka to‘lov tizimining protsessing markaziga yo‘llanadi. 
90


8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko‘rsatadi (ya’ni, tovarni sotadi). 
Bank Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag‘larni Magazin 
hisob raqamiga o‘tkazadi. 
9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘t- 
kazmaslik haqida habar beradi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la- 
to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat 
sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usu- 
lida imzolangan cheklar qoladi. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



On-line shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish