• Magazin uchun qulayliklar
  • Xaridorlar uchun qulayliklar




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Xaridorlar uchun qulayliklar
    Tizimda ro‘yxatga olingan xaridor Magazinga xarid qilish va ular 
    uchun real vaqt rejimida yoki Bankdan o‘z hisob raqamidan yoki o‘zi- 
    ning Bank kredit kartochkasi orqali to‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 
    Magazin uchun qulayliklar
    – Elektron magazin tizimida ro‘yxatga olingan xaridorlar uchun 
    qilingan xaridlar uchun to‘lash kafolatlanadi hamda shartnomalar huj- 
    jatlashtirilishi tufayli to‘lashni asossiz ravishda rad etish ehtimoli yo‘- 
    qoladi. Tizim ishtirokchilari orasida yalpi axborot almashinuvi Internet 
    tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, tizim ishtirokchilariga hi- 
    sob raqam –kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha an’anaviy Bank xiz- 
    matlari taqdim etiladi. 
    ASSIST to‘lov serveri orqali kredit kartali yordamida to‘lash tartibi: 
    ASSIST to‘lov serveri Cyber Plat tizimining back-office bilan o‘zaro 
    aloqa qiladi. Server «Reksoft» (Sankt-Peterburg) hamda «Platina» banki 
    mutaxassislari tomonidan yaratilgan. 
    ASSIST to‘lov serveriga ulangan elektron magazinlar to‘lov uchun 
    O‘zbekiston va xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan VISA, EuroCard, 
    Master Card, JCB, Diners Club, American Express plastik kartochkala- 
    rini qabul qilishi mumkin, bunda mazkur kartochkalar egalarini tizimda 
    86


    ro‘yxatga olmagan holda hamda qo‘shimcha dasturiy ta’minotni ishga 
    tushirmagan holda yuqoridagi operatsiya amalga oshiriladi. Elektron 
    Magazinning ASSIST to‘lov serveriga ulanishi mazkur serverning say- 
    tida ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi. Ruxsatsiz kirishdan hi- 
    moya qilishning mohiyati. 
    Uzatilayotgan axborotlar tizim ishtirokchilari tomonidan raqamli 
    imzolar bilan imzolanadi. Bu esa hujjatlar mazmuniga qalloblik bilan 
    o‘zgartirishlar kiritilish imkoniyatini bartaraf etadi yoki muayyan dara- 
    jada cheklaydi. 512 Bit uzunlikdagi kalitni ochiq taqsimlash bilan bir- 
    galikda, kriptografik o‘zgartirishning assimetrik (notekis) algoritmi qo‘l- 
    laniladi. Bunday uzunlikdagi kalit uchun imzoni qalbakilashtirish umu- 
    man mumkin emas, chunki begona shaxslar tomonidan rasshifrovka qi- 
    lish, ya’ni shifr bilan yozilganlarni o‘qish uchun katta hisoblash resurs- 
    larini jalb qilish talab etiladi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish