Internet tarmog‘ida kliring tizimi




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

Internet tarmog‘ida kliring tizimi. Fransuzchadan tarjima qilgan- 
da “kliring” – o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olgan holda naqd 
pulsiz hisob-kitoblar tushuniladi. Internetda kliring tizimining asosiy 
g‘oyasi shundan iboratki, mijoz elektron magazindan har bir xaridi vaq- 
tida o‘zining shaxsiy va bank ma’lumotlarini ochishi shart emas. Buning 
o‘rniga u magazinga (kliring tizimida ishlovchi) o‘zining identifikatori 
yoki ushbu tizimdagi ismini ma’lum qiladi xolos. Shundan keyin maga- 
zin sistemadan to‘lovni tasdiqlanishi yoki rad qilinishini so‘raydi. Amal- 
da tizim elektron magazinga to‘lovni kafolatlaydi. Bunda mijoz o‘zi ha- 
qidagi ma’lumotlarni faqat bir marta – yaxshi himoyalangan protokollar 
yoki Internetdan boshqa (masalan, pochta) vositalar orqali ishonchli va 
himoyalangan tizimga beradi. Tizimda pul mijozga qulay bo‘lgan usul- 
da yig‘ilib boradi. Agar kredit karta bo‘lsa, mijoz ro‘yxatdan o‘tishi bi- 
lan, ushbu tizim yordamida to‘lov amalga oshiriladi, kredit karta bo‘l- 
magan holda pul yetib borguncha (pul o‘tkazish yoki chek orqali) ku- 
tishga to‘g‘ri keladi. Tizim mijoz va sotuvchining identifikatorini tas- 
diqlovchi raqamli sertifikatlarni chiqarishga moslashgan va mijozning 
magazin bilan “suhbat” protokoli ushbu sertifikat va elektron imzolardan 
foydalanadi. 
Raqamli naqd pullar (RS turi) – Internetdagi zamonaviy hisob-kitob 
ko‘rinishlaridan biri raqamli naqd pullar hisoblanadi. Raqamli naqd pul- 
lar – kupyura va tanga rolini o‘ynovchi juda katta raqamlar yoki fayllar- 
dir. Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlardan farqli ravishda, bu fayllar pullar 
haqidagi yozuvlar emas, balki haqiqiy pullardir. Kriptografiyaning za- 
monaviy usullari, xususan, yashirin imzo algoritmlari ularga ishonchli 
ishlashlarini ta’minlab beradi. Ushbu turdagi tizimni boshqarish uchun 
65


xarajat, boshqa tizimlarga qaraganda ancha ozdir. Shuning uchun ham, 
bunday tizimdagi hisob-kitoblarda kredit kartasining ularga mayda – 1 
AQSh dollaridan kam bo‘lgan hisob-kitoblarda dadil qo‘llash imkonini 
beradi (bunday kichik to‘lovlar – mikroto‘lovlar deb yuritiladi). Muta- 
xassislar fikrlariga ko‘ra, Internet tarmog‘ida ma’lumotlar sotish hajmi- 
ning asosini, aynan, mikroto‘lovlar ta’minlab beradi. Bundan tashqari, 
raqamli naqd pullarda pul sarflagan mijoz haqida hech qanday ma’lumot 
bo‘lmasligi bilan, egasi nomining to‘la sir bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday 
raqamli pullarning yana bir turi raqamli cheklarni ham keltirish mumkin. 
Raqamli naqd pullar (Smart Card turi) – raqamli pullar sohasida ya- 
ratilgan mukammal tizimlardan biri - Smart Card texnologiyasiga asos- 
langan tizimdir. Zamonaviy smart karta o‘zining protsessoriga, xotira- 
siga, dasturiy ta’minotiga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish tizimiga 
ega bo‘lgan kichkina kompyuterdir. Har qanday smart kartada ham ra- 
qamli naqd pullar bo‘lavermaydi. Hozircha smart karta ularni ro‘yxatdan 
chiqarilganligi yoki mijoz haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga olgan oddiy- 
gina debet kartasi sifatida foydalanilmoqda (shartli ravishda “elektron 
hamyon” deb ataladi). Smart Card ga asoslangan raqamli naqd pullar za- 
ruriy maxfiylik va anonimlikni ta’minlasa-da, to‘lovni tasdiqlash to‘g‘- 
risida markaz bilan bo‘ladigan aloqani ta’minlash zaruriyatini ko‘zda 
tutmaydi. 
Bu ularning PC (ShK – shaxsiy kompyuter) asosida qurilgan bosh- 
qa tizimlardan asosiy farqidir. Fayl pullarni diskdan ko‘chirib olish yoki 
o‘chirib tashlashning iloji yo‘q. Shuning uchun ham, transaksiyalar nol- 
ga intiladi. Shu bilan birga, bunday tizimni taklif qiluvchi kompaniyalar
kartani bankomatda “to‘ldirish” yoki pulni naqd qilib olish holatlarini 
hisobga olmaganda, transaksiyalar ustidan nazorat o‘rnata olmaydilar va 
ular uchun to‘lovlarni qabul qilmaydilar. Hozirgacha, bunday kartalar 
real hayot jarayonlari; kafe, kino va boshqa joylarda xizmat haqi uchun 
to‘lovlarda ishlatilib kelingan (pilot dasturlarida). Lekin tez orada (aniq- 
rog‘i, ularni o‘qish uchun hozirda ishlab chiqilayotgan ShK uchun peri- 
feriy qurilmalar keng tarqalgan sharoitda) ular Internetdagi hisob-kitob- 
lar uchun yaroqli bo‘ladi. 
Hisob-kitoblar turiga ko‘ra, to‘lov tizimlarini quyidagi 3 asosiy gu- 
ruhga ajratishimiz mumkin: 
– kredit sxemalar; 
– debet sxemalar 
– “elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalar. 
66


Yuqorida keltirilgan, to‘lovlarni amalga oshiruvchi har bir tizim 
o‘zining afzalliklari bilan birga, ba’zi kamchiliklardan ham holi emas. 
Ularning har biriga quyida to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish