• 10. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra
  • Nazorat savollari
  • IV bob. ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI 4.1. Elektron biznesda to‘lov vositalari
  • Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    9. Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra. Shaxsiy “firma” elektron 
    magazinini tashkil qilishga oddiy, an’anaviy magazin tashkil qilishdan 
    ko‘ra ancha oz vaqt ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsu- 
    lotiga narxni o‘zi belgilashi va nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ish- 
    tirok etmaydigan bu munosabat jarayonida, firma o‘z tovarlarini sotish- 
    dan yanada ko‘proq daromad ko‘radi. 
    10. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra. An’anaviy magazinlarda, qoi- 
    daga ko‘ra, tovar turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor 
    o‘ziga kerakli molni topish uchun shu turdagi bir necha magazinlarga 
    borishiga to‘g‘ri keladi. Agar zaruriy tovar bir elektron magazinda bo‘l- 
    masa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chi- 
    qaruvchining rasmiy web-saytiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish ham 
    mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narx- 
    dagi tovarni tanlash mumkin. 
    Nazorat savollari 
    1. Internet tarmog‘ida elektron biznesning o‘rniga tavsif bering. 
    2. Elektron biznesning oddiy savdo turidan qanday muhim farqlari 
    mavjud? 
    3. Elektron biznesning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
    4. Elektron biznesning asosiy turlarini tasniflang va ularni ta’riflang. 
    5. Biznesni qo‘llashning asosiy sohalariga ta’rif bering. 
    62


    IV bob. ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI 
    4.1. Elektron biznesda to‘lov vositalari 
    Internet tarmog‘i vositasida amalga oshiriladigan elektron biznes ti- 
    zimi rivojlanish sur’atining sekinligi, elektron pullar va plastik kartoch- 
    kalardan xavfsiz foydalanishning yetarlicha keng tarqalmaganligidadir. 
    Asosan, tovarni sotib olishda, xaridor sotuvchiga bir qancha kamchilik- 
    larga ega bo‘lgan, plastik kartochkaning nomerini beradi (bu haqda 
    quyida batafsil aytib o‘tiladi). Shu bilan birga, sotuvchi bankda kartoch- 
    kalarni qabul qilish uchun maxsus hisob raqam – credit card merchant 
    account ochish jarayoni oson kechmaydi. Elektron biznes savdosida risk 
    darajasining yuqoriligi sababli har qanday bank ham bunday xizmat 
    ko‘rsatish uchun rozi bo‘lavermaydi. Plastik kartochkalar o‘rniga elek- 
    tron pullardan foydalanuvchi to‘lov tizimidan foydalanish, turli mayda 
    savdogarlarning kamxarj va hech qanday rasmiyatchiliklarsiz bozorga 
    chiqish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, Internetda o‘zini to‘la oqla- 
    mayotgan bu tizim bir qancha xaridorlarni ham diqqatini tortadi. 
    Internet tarmog‘ida maxsus qo‘llanilish uchun ishlab chiqilgan mil- 
    liy va xorijiy to‘lov tizimlarida kredit kartalari yoki elektron pullar yor- 
    damida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarda foydalanilmoqda. 
    Internetdagi oddiy savdo turi – bu turli ma’lumotlar (matnlar, gra- 
    fika va boshqalar), dasturiy ta’minot va xizmatlar (masalan, xususan In- 
    ternetga kirish) bilan shug‘ullanishdir. An’anaviy tarzda bunday maqsad- 
    lar uchun kredit kartochkalaridan foydalaniladi. Ammo Internetda 99,9 
    foiz qilinayotgan bu turdagi kichik xaridlar uchun ushbu turdagi to‘lov 
    tizimini qulay va xavfsiz deb bo‘lmaydi. Ayni vaqtda, (qoidaga ko‘ra 
    o‘zi umuman bilmagan va ishonishga yetarli asosi bo‘lmagan) sotuvchi- 
    ga kartochkasi va o‘zi haqida, barcha raqam va amal qilish muddati, is- 
    mi va manzilgohi ko‘rsatilgan holda ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. 
    Bunda xaridor o‘z kartochkasidan 1$ emas, balki undan bir necha baro- 
    bar ortiq summani yo‘qotishiga tavakkal qiladi, chunki kartochka hisob 
    raqamida, odatda, bir necha ming dollar bo‘ladi. Bunda xaridor to‘g‘ri- 
    sidagi ma’lumotlar istalgan odamga tarqalishi mumkin. Haqiqiy sotuv- 
    chi uchun ham bu holat noqulay bo‘lishi tabiiy hol, albatta. 
    Unda kartochka va uning egasi haqidagi ma’lumotlarni tarmoq or- 
    qali o‘g‘irlanmasligi borasida va vaqt o‘tgandan so‘ng shu kartochkadan 
    o‘g‘irlangan pulni qaytarish borasida hech qanday kafolat yo‘q. Qo‘- 
    shimcha tarzda bankka jarima to‘lashga to‘g‘ri kelishi mumkin (bunda, 
    har bir pulni qaytarish operatsiyasi - chargeback uchun jarima miqdori 
    63


    25$ ni tashkil qiladi). Shuning uchun ham, tarmoq orqali bo‘ladigan qal- 
    tis operatsiyalarda Amerika banklarining adolatliligini tan olmaslikning 
    iloji yo‘q. Mos ravishda bunday (xaridorlar aksariyat hollarda xariddan 
    voz kechishadi) sotuvchilardan olinadigan komission to‘lovlar miqdori 
    oddiylardan 1,5 – 2 barobar ko‘p miqdorda qilib belgilangan. 
    Shu tariqa, aytish mumkinki, Internet to‘lov tizimining hali hech 
    kim o‘ylamagan va yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklardan holi bir ti- 
    zim mavjud. Bunday sxemalar elektron imzolarni nominallarni saqlov- 
    chi – ma’lumotlar dahasini qalbakilashtirish (nusxa ko‘chirish) dan 
    shifrlash va himoyalash bilan birga virtual banklarda himoyalangan ki- 
    rish yo‘liga ega bo‘lgan hisoblarni yuritish elektron pullar yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Raqamli pullarni Internet muhitidagi to‘lov tizimining asosi sifati- 
    da, ularga amal qilishini tashkillashtirish, xavfsizlik darajasi va hisob-ki- 
    tob usuliga ko‘ra tasniflash mumkin. 
    Foydalanish turiga ko‘ra raqamli pullar quyidagicha guruhlanadi: 

    zaruriy ma’lumotlar bilan ochiq tarzda almashinuv; 

    ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar tizimi; 

    guvohnomalardan foydalanishni ko‘zda tutadigan tizimlar; 

    Internet tarmog‘ida kliring tizimlari; 

    raqamli naqd pullar (ShK ko‘rinishidagi); 

    raqamli naqd pullar (Smart card ko‘rinishidagi). 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish