• Ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar tizimi
  • Guvohnomalar ishlatishni ko‘zda tutuvchi tizimlar
  • Ochiq tarzda ma’lumotlar almashinuv




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Ochiq tarzda ma’lumotlar almashinuv. Mohiyatiga ko‘ra, bu ti- 
    zim emas, balki kredit karta yordamida (xuddi, telefonda buyurtma ber- 
    gandagidek) Internet tarmog‘ida to‘lashning eng oddiy usulidir. U xavf- 
    sizlikning hech qanday chora-tadbirlarisiz, tarmoq orqali zaruriy ma’lu- 
    motlar (karta nomeri, egasining ismi, sharifi va manzilgohi) ni berish or- 
    qali amalga oshiriladi. Buning kamchiligi yaqqol: ma’lumotlar maxsus 
    filtrlar yordamida osongina qo‘lga kiritilishi va karta egasining zarariga 
    ishlatilishi mumkin. Sotuvchi xaridorlarning to‘lovdan voz kechish ehti- 
    molligidan, doimo ishonchsizlikda bo‘ladi. Hozirgi kunda bu usul o‘zi- 
    ning amaliy qimmatini yo‘qotib bormoqda. 
    Ma’lumotlar almashinuv bosqichida shifrlangan ma’lumotlar 
    tizimi. Bu o‘tgan usulga qaraganda ancha himoyalangan usul hisobla- 
    nadi. To‘lov Internet tarmog‘ida ma’lumotlar tarqatishning xavfsiz yoki 
    aloqa seansining himoyalangan (shifrlangan) protokol (bayonnoma) lari 
    yordamida amalga oshiriladi. Transaksiya jarayonida ma’lumotlarni ush- 
    lab olishning deyarli ilojisi yo‘qligiga qaramasdan, bunday ma’lumotlar 
    64


    sotuvchi serveridan olinish xavfi ostida bo‘ladi. Shu bilan birga, sotuv- 
    chi tomonidan ham, xaridor tomonidan ham identifikatorni qalbakilash- 
    tirish yoki almashtirib qo‘yish ehtimol ham yo‘q emas. Xaridorda “kre- 
    dit karta” dan ma’lumotlarni olish va keyin “g‘arazli xaker” emas, balki 
    o‘z kartasidan nimaga va qachon to‘lovni amalga oshirganligini ro‘kach 
    qilgan holda to‘lovdan voz kechishi mumkin. 
    Guvohnomalar ishlatishni ko‘zda tutuvchi tizimlar 
    Bu ham Internet tarmog‘ida kredit kartadan foydalanishning yana bir 
    yo‘li bo‘lib, boshqalariga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. U mijoz va 
    sotuvchilarning raqamli sertifikatlari va raqamli imzolarini tasdiqlovchi 
    ma’lumot almashinuvining maxsus himoyalangan protokollarni qo‘llash 
    bilan uzviy bog‘liq. Bu usulni qo‘llashda kelishuvning shartlarini bajarish 
    va identifikatorlarni almashtirib qo‘yish holatlari kuzatilmaydi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish