• Beshinchi toifa
  • Oltinchi toifa
  • Yettinchi toifa
  • sakkizinchi toifa
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    To‘rtinchi toifa: “Birja maydonlari” sifatida ishlovchi elektron kim 
    oshdi savdolari. Ular sotuvchi va xaridorlarga ikkitomonlama kelishuvlar- 
    ni imzolashda qulay mexanizmlarni taklif qiladi. Bizneschilarning bu toi- 
    fasi hozirgi kunda boshqalariga qaraganda tezroq rivojlanib bormoqda. 
    Beshinchi toifa: Raqam ko‘rinishdagi mahsulotlar (musiqa, video 
    fayllar, tekstlar, onlayn o‘yinlar va boshqalar) bilan shug‘ullanuvchi biz- 
    58


    neschilar. Shu toifaga Internetda reklama bilan shug‘ullanuvchi biz- 
    neschilarni ham kiritishimiz mumkin. 
    Oltinchi toifa: bir sinfga oid mahsulotlar iste’molchilarini birlash- 
    tiruvchi “jamiyatlar” tashkil qiluvchi saytlar (Internet tarmog‘ida shax- 
    siy nomi va manziliga ega bo‘lgan html hujjatlarini o‘zaro bog‘lovchi 
    to‘plamlar). Bunday saytlar iste’molchilarga ulgurji chegirmalar berish 
    orqali ularning mablag‘larini tejash imkoniyatini yaratadi. Ushbu model 
    murakkab uy-ro‘zg‘or buyumlari va shaxsiy kompyuterlar sotib oluvchi 
    xaridorlar o‘rtasida ommalashib bormoqda. 
    Yettinchi toifa: korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ko‘zda 
    tutuvchi elektron biznes (B2B) ni kiritish mumkin. Amerika ekspertlari 
    hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu bo‘limda yuqori o‘sishni kutish mumkin. 
    2002-yilga kelib ushbu sektordagi tovar aylanmasi 320 mlrd AQSh dol- 
    larini tashkil etgan. 
    Va nihoyat, sakkizinchi toifa – turli xizmatlar uchun hisob-kitob- 
    larni belgilash (kommunal to‘lovlar, tibbiy xizmatlar, sug‘urta va h.q.). 
    3.3 Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish 
    sohalari 
    An’anaviy tushunchada “magazin” deganda sotish va sotib olish 
    jarayoni ro‘y beradigan joy tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u 
    yerda xaridor tovarlar ro‘yxati bilan tanishadi, uning tavsifini o‘rganadi, 
    tanlaydi, buyurtma beradi va oldindan band qilib, to‘lab qo‘yadi. Aksa- 
    riyat holatlarda esa, tovarning qo‘ldan qo‘lga o‘tish holati kuzatiladi. 
    Elektron magazindan foydalanganda esa tovar xarid qilinishi bilan uning 
    qo‘ldan qo‘lga o‘tish ehtimolligi sezilarli kamayadi. Bunga sabab esa, 
    xaridorga tovarni yetkazib berish uchun mu’lum vaqt ketishidir. 
    Elektron biznesning vazifasi sherik kompaniyalar bilan bir qatorda
    yakka tartibdgi xaridorlarga ham ikki tomonlama samarali savdo aloqa- 
    larini yaratib berishdan iborat. Forester Research kompaniyasi tomoni- 
    dan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, elektron biznes aylanma- 
    sining qariyb 85 foizi sherik kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar 
    hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi savdolarning hajmi sanoat va moliya 
    kabi sohalarga nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Xususan, savdo haj- 
    mining taxminan 50 foizi sanoat ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelsa, 
    moliya sektoriga bor-yo‘g‘i 27 foizi to‘g‘ri keladi, xolos. “Datamonitor” 
    kompaniyasi tomonidan qilingan oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, kompani- 
    yalar o‘rtasida savdo qilish uchun elektron biznes tizimini yo‘lga qo‘- 
    yish 5 ming AQSh dollaridan 2 mln dollargacha mablag‘ talab qiladi. 
    59


    Elektron biznesni amalga oshishining beshta asosiy sohasini ko‘ri- 
    shimiz mumkin: 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish