bo‘lib qoladi. Bu an’anaviy marketing modelining asosiy kamchiligi –
reklama beruvchi kompaniya bilan iste’molchi o‘rtasida interaktiv mu-
nosabatlarning yo‘qligidadir.
GKT da, shuningdek,
www (
world wide web) da ham “ko‘pchilik
ko‘pchilik uchun” – yangi kommunikatsion model amalga oshirilmoqda.
U foydalanuvchilar bilan reklama beruvchi kompaniyalar o‘rtasida inte-
raktiv muloqotni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Foydalanuvchi GKT
da ishtirok etishga tayyor bo‘ladi. Unga olinayotgan ma’lumotlar tarkibi
va hajmini nazorat qilishda faol rol o‘ynash imkoniyati taqdim qilinadi.
GKT ning OAV dan asosiy farqi shundaki, GKT da reklama beruvchi
kompaniyalar boshqa foydalanuvchilar uchun savdo yo‘nalishidagi ma’lu-
motlarni joylashtirishda qanday imkoniyatga ega bo‘lsalar, alohida shaxslar
ham shunday imkoniyatga ega.
Ushbu aloqa modelida ma’lumotlar almashinuvidagi aksariyat alo-
qalar jo‘natuvchi va qabul qiluchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmay,
bilvosita GKT orqali amalga oshiriladi. Marketingning yangi aloqa mo-
deli doirasida foydalanuvchi olinayotgan ma’lumotlar hajmi va ko‘rini-
shiga ta’sir qila olish imkoniyatiga ega. www foydalanuvchiga tanishuv
funksiyasi (masalan, serfing – tarmoqda sayohat qilish) bilan birga tar-
moqda onlayn xaridlar qilish bilan bog‘liq maqsadga yo‘naltirilgan fao-
liyatlarni amalga oshirishni taklif qiladi. Shunday qilib, an’anaviy OAV
va WWW o‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, an’anaviy marke-
tingda reklama modellaridan foydalanib bo‘lmaydi yoki ularni www
doirasida samarali qo‘llashni ta’minlash maqsadida sezilarli o‘zgarti-
rishlarni talab etadi.