soblanadi. Bu xaridorga taklif qilinayotgan
shunday imkoniyatki, unda
kelgusi xarid mezoni mustaqil loyihalashtiriladi. Xususan,
NIKEiD
www.nike.com
on-line magazini doirasida, xaridorlar o‘ziga yoqqan po-
yafzal modelini mustaqil loyihalashtirishlari, taglik qismining qanday
materialdan bo‘lishi, rangni tanlash yoki 8 ta belgigacha bo‘lgan biror
yozuvni tovarda joylashtirishi mumkin. Bunda, xaridor tomonidan loyi-
halashtirilgan tovar variantini o‘sha vaqtning o‘zida kompyuter ekrani-
da ko‘rish mumkin. Elektron biznes amal qilish
tizimining Business-to-
Consumer (B2C) modeli 2.5-rasmda keltirilgan.
2.5-rasm
Elektron biznesni tashkil etishning biznes-istemolchi modeli
Удалено: ¶
1.
2.5-rasmga ko‘ra birinchi firma (kompaniya)da
to‘qnashgan shlyuzli
Boshqaruv tizimi saqlanib qoladi, ikkinchi firmada esa boshqarish-
ning ichki tizimi Internetga ulanmagan. Bu holda birinchi firma bilan
o‘zaro avtomatik ravishda ma’lumot almashinuvi bo‘lmaydi. Bunga qa-
ramasdan ikkinchi firma birinchi firma bilan elektron biznes tizimini qu-
rishning nazariy asoslariga ko‘ra o‘zaro ta’sirga kirishish mumkin va
bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo‘la oladi.
Boshqaruvchilar birinchi firma bilan ba’zi interfeyslar (masalan
brauzer) yordamida aloqa qilishlari mumkin. Ular
birinchi firmadan za-
ruriy ma’lumotlarni oladilar (elektron pochta yoki brauzer yordamida)
va bu ma’lumotlarni o‘zlarining biznes jarayonlarini amalga oshirish
uchun boshqaruv tizimiga kiritib qo‘yadilar. Ikkinchi firma boshqaruv-
chilari esa 1-firmaning iste’molchilari bo‘ladi.
Elektron biznesni tashkil qilishning 2-biznes iste’molchi modeli-
ning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Sotuvchi (1-firma) savdoni Internet interfeysiga asoslangan av-
tomatlashtirilgan savdo tizimi bilan emas, balki o‘zining boshqaruvchi-
lari orqali yuritishi;
2. Savdo firmasi biznes jarayoni bilan
Internet-magazin tashqi in-
terfeysi o‘rtasidagi to‘liq bog‘lanishning yo‘qligi.
49
Internet orqali har qanday tovarni sotish yoki ma’lum xizmatlarni
ko‘rsatish mumkin. Biznes-biznes bozori ularning Internet orqali sota-
yotgan tovar, xizmatlar nomi va tarkibiga bog‘liq emas. Shunga qara-
masdan, biznes-iste’molchi bozori uchun yetarlicha iqtisodiy foyda kel-
tirmaydigan tovar va xizmatlar turlari mavjud.
Elektron biznes modelining uchinchi ko‘rinishi biznes-administra-
tsiya – firmalar va davlat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan barcha keli-
shuvlarni o‘z ichiga oladi. Masalan AQShda hukumat rejalashtirayotgan
taxminiy xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumot Internet tarmog‘ida e’lon qili-
nadi. Shunga ko‘ra, har qanday kompaniya o‘z takliflarini elektron ko‘-
rinishda jo‘natishi mumkin. E’longa qo‘shimcha ravishda,
boshqaruv or-
ganlari bo‘ladigan savdo-sotiq jarayoni uchun qo‘shimcha qiymat soli-
g‘ini sotuvchiga qaytarish kabi imkoniyatlarni ham taklif qilishlari
mumkin. Elektron biznes tashkil qilishning ushbu modeli hozirda bosh-
lang‘ich ri-vojlanish davrida turibdi.
Elektron biznes tizimini qo‘llashni tashkil qilishning keyingi modeli
iste’molchi-administratsiya bo‘lib, u hozirgi kunda ishlab chiqilmoqda
va bunga ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo‘la oladi.
Qo‘shimcha, iste’molchi-iste’molchi modeli (Consumer-to-Consu-
mer, C2C) bir web-saytga tashrif buyurishlari umumiylashgan holda, is-
te’molchilarning bir-biri bilan bo‘ladigan muomalalarini o‘zida aks et-
tiruvchi bo‘limdir. Elektron biznesning bu sohasiga har qanday elektron
magazinlarni kiritish mumkin.
Biror web-sayt doirasida qiziqishlari bir xil bo‘lgan foydalanuvchi-
lar jamiyati vujudga keladi. Misol tariqasida
bunday barqaror jamiyatlar
sarasiga elektron kimoshdi savdolarini kiritishimiz mumkin. Ular sifat
va son tarkibi bo‘yicha oldindan aniq bo‘lgan juda yaxshi reklama may-
doniga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar, odat-
da, o‘z qiziqishlariga ko‘ra aniq guruhlarga ajraladilar; kimdir avtomobil
kimoshdi savdosiga, kimdir esa kitoblarning kimoshdi savdolariga ko‘p-
roq qiziqadilar.
Elektron biznes soha mutaxassislari fikrlariga ko‘ra
aniq va doimiy
salohiyatli xaridorlarni o‘z atrofida jamlagan saytlardagi reklamalar sa-
maradorligi boshqalarga nisbatan ancha yuqori.
Elektron savdo faoliyati jarayonida davlat (Government) ning ishti-
roki natijasida yangi Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G)),
Davlat-fuqaro (Government-to-Citizens (G2C)) va davlat-davlat (Go-
vernment-to-Government (G2G)) kabi yangi modellar vujudga keldi.
50
Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G)) modelini amalga
oshirish orqali davlat apparati faoliyatini saqlab turish va moliyalashtirish
uchun soliq to‘lovchilarning xarajatlarini ozaytirish va mablag‘larini tejash
ta’minlanadi. AQSh federal hukumatining 1999-yil 1-dekabrdagi farmo-
nida quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tiladi: “...Departament boshliqlari fe-
deral xizmatlarni zaruriy tovar va mahsulotlar bilan ancha arzon va tez
ta’minlashning qayerda imkoni bo‘lsa, shu yerda elektron biznesdan foy-
dalanishni targ‘ib
qilishlari kerak, chunki bunda soliq to‘lovchilar xarajat-
lari ancha kamayadi”. AQSh hukumati har yili zaruriy tovarlarni sotib
olish uchun 225 mlrd AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflaydi.
Boshqaruv organlari faoliyati bo‘yicha kerakli ma’lumotlar olish-
ning erkinligi va ochiqdan-ochiq ekanligi elektron biznesning Govern-
ment-to-Citizens (G2C) modelining qo‘llanilishi bilan uzviy bog‘liq.
O‘zbekistonda axborotlashtirish sohasidagi ishlar 2000-2002-yillar-
dan boshlab sezilarli darajada rivojlana boshladi. Respublika 2003-2004-
yillarda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjatlar aylani-
shi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari qabul qi-
lingan. Internetda O‘zbekiston Respublikasining
rasmiy axborot resursi,
ya’ni Portal uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) tashkil etilgan (
www.gov
.uz)
2.6-rasm. U bugungi kunda bir nechta davlat organlarining asosiy sahi-
falariga kirish imkonini beradi. Portalning bosh sahifasidan respublika
rahbariyatining, vazirlik va boshqa idoralarning web-sahifalariga to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri o‘tish mumkin. Shuningdek, Portalda respublika to‘g‘risidagi
ma’lumotlar keltirilgan, yangiliklar muntazam ravishda yoritib boriladi.