Elektron univermag – bu oddiy univermagga o‘xshash bo‘lib, un-
ga har xil firmalar o‘z tovarlarini yetkazib beradilar. Uning samarador-
ligini baholashda tovar brendi (imiji) bosh mezon hisoblanadi.
Elektron kiosk (yoki interfaol kiosklar) – bu Internetga
ulangan
hamda foydalanuvchilarga ma’lumotga, boshqa tovarlar va xizmatlarga
interfaol kirishni taqdim etadigan apparat-dasturiy majmualardir. Na-
munali kiosk qattiq diskli kompyuter,
klaviatura, CD-ROM, monitor
hamda video va audikartalardan iborat. Foydalanuvchi ma’lumotni turli
usullar bilan kiritishlari mumkin: klaviatura, mikrofon, videokamera
yordamida, magnit kartochkadan ma’lumotni o‘qish moslamalari yor-
damida kiritilishi mumkin.
Ushbu vositalarning kombinatsiyasi ham bo‘lishi mumkin. Elektron
kiosk Internet tarmog‘ida to‘laqonli ishlash uchun yordam beradi: izlash
tizimlaridan foydalanish, kataloglar va ma’lumotlar
bazalaridan, URL
ning istalganini chaqirish, elektron pochtani yuborish va qabul qilish,
ekran shakllarini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Frost Sullivan kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlarga
ko‘ra, 1996-yilda elektron kiosklarning aylanmasi 369,7 mln. AQSh dol-
larini tashkil qilib, 2007-yilda 4,94 mlrd. AQSh dollariga etgan.