Elektron auksion (elektron kimoshdi savdosi)




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/187
Sana08.02.2024
Hajmi3,23 Mb.
#153148
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

Elektron auksion (elektron kimoshdi savdosi) – an’anaviy ki- 
moshdi savdo (auksion)ga o‘xshash bo‘lib, zamonaviy Internet-texno- 
logiyalardan foydalanishga asoslangan. Har qanday elektron kimoshdi 
savdo aksariyat elektron biznesning “iste’molchi-iste’molchi” modeliga 
taalluqlidir. (customer to customer, yoki C2C). 
Bir vaqtning o‘zida auksion “biznes-biznes” modeli ko‘rinishida ham 
bo‘lishi mumkin. Ushbu modelning misollari sifatida turli xil energetik 
elektron auksionlari va tovar birjalarini ko‘rish mumkin. Ular ko‘proq 
AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari uchun xosdir. Auksion atrofida, odat- 
da, bir xil manfaat bilan birlashgan insonlarning hamjamiyati paydo bo‘- 
ladi. G‘arb auksionida bitimning o‘rtacha qiymati 35-80 AQSh dollarini 
tashkil qiladi. Internetning rusiyzabon qismida Molotok.ru elektron auk- 
sioni amal qiladi. Unda istalgan narsani sotish yoki sotib olish mumkin. 
Biroq auksion rahbariyati bitim albatta amalga oshirilishining yuridik ka- 
folatini bera olmaydi. Birinchidan, Rossiyada elektron raqamli imzo ha- 
qida qonunning mavjud emasligi, ikkinchidan, bank kartochkalari kam 
ommalashganligi sababli kartochka raqamidan savdo qatnashchisini identi- 
fikatsiyalash imkoniyati yo‘q (aynan bank kartochkasi raqami G‘arb elek- 
tron magazinlarida qatnashish uchun majburiy shart hisoblanadi). 
45


Elektron auksion uchun xos bo‘lgan jarayonning o‘ziga xosligi uni 
multimedia interfeysga bog‘lanishini ta’minlash, Internet tarmog‘iga ki- 
rish kanali zaruriyatini ko‘zda tutadi. 
Auksion – bu shunday musobaqaki, unda sotuvchi o‘zining tovarini 
maksimal narxda sotmoqchi, xaridor esa tovarni minimal narxda sotib 
olmoqchi bo‘ladi. Auksion stavkalari o‘sishi yoki pasayishiga ko‘ra ik- 
kita katta sinfga bo‘linadi. Stavkalar minimaldan maksimalgacha yoki, 
aksincha, dastlab tasdiqlangan maksimal kattalikdan minimalgacha pa- 
sayishi mumkin. 
Auksion savdosiga eng ko‘p quyidagilar to‘g‘ri keladi: kompyuterlar, 
bozor uchun yangi bo‘lgan yuqori texnologiyali tovarlar, narxi arzonlash- 
gan tovarlar, o‘tmas tovarlar, avvalgi yetakchi tovarlar, kolleksiya tovarlari. 
Elektron auksionlar paydo bo‘lishining eng muhim sabablaridan biri 
– bu tovarlarga haqiqiy bozor narxlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘- 
lishdir. 
Auksionlarning elektron turlari an’anaviy auksionlardan bir qator omil- 
lar bilan farqlanadi: xaridorlar soni nisbatan kattaligi, tovarlar soni ko‘pligi, 
sotuvchi va xaridorlarning bevosita interfaol muloqoti, auksionlarning turli 
modellari, kecha-kunduz ishlashi, hududiy chegaralar yo‘qligi, tovarni ba- 
tafsil ta’rifi va ko‘rinishi, mijozlar bilan ishlash xizmati. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron auksion (elektron kimoshdi savdosi)

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish