• Narxni teskari shakllantirish tamoyili.
  • O‘sib boruvchi samara tamoyili




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    O‘sib boruvchi samara tamoyili. Internet-iqtisodiyotga yangi qat- 
    nashchilarning kirib kelishi Tarmoq sonining o‘sishiga olib keladi. Tar- 
    25 


    moqning hajmi o‘sgani tufayli unga jalb qilingan tadbirkor va biznes- 
    chilar soni o‘sib boradi. 
    Natijada tovarlar (xizmatlar) sotuv hajmi o‘sib, biznes-jarayonlar qat- 
    nashchilari oladigan foydaning hajmi oshadi. Qayd etish joizki, Internet- 
    iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan bir qator prinsipial farqlarga ega. Bi- 
    rinchidan, an’anaviy iqtisodiyotda bozorga yetkaziladigan tovar bir chiziqli 
    qonunga bo‘ysunadi, Internet-iqtisodiyotda mahsulot tannarxi pasayishi- 
    dan kompaniyalarning cheklangan miqdori (yoki bittasi) manfaatdor bo‘lsa 
    (qo‘shimcha foyda olish hisobiga), Internet-iqtisodiyotda barcha qatnash- 
    chilar iqtisodiy manfaat ko‘rib, olingan foydani tegishlicha o‘rtalarida bo‘- 
    lishadilar. Shubhasiz, hamma ham bir xil foyda olmaydi. Biroq uning katta 
    qismi tarmoqni rivojlantirishga sarmoya qilinadi. 
    Narxni teskari shakllantirish tamoyili. Uning mohiyati shundan 
    iboratki, Internet-iqtisodiyotda uchraydigan barcha eng yaxshi tovarlar- 
    ning narxlari yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega. Internet-iqtisodi- 
    yotda tovar (xizmat) ning qimmatligi taklifning ortiqchaligi bilan ham, 
    uning jahon miqyosida keng tarqalganligi bilan ham shartlangan. Bosh- 
    qacha aytganda, “faks effekt” paydo bo‘ladi. Ya’ni tarmoqda tovar qan- 
    cha ko‘p bo‘lsa, u shuncha qimmat bo‘ladi. Biroq ushbu tamoyil an’- 
    anaviy iqtisodiyotning tegishli qonuniyatlarini rad etadi. Birinchi aksio- 
    ma: qimmatlik tovarning noyobligi (olmoslar, oltin va h.k.) bilan belgi- 
    lanadi, chunki uning miqdori cheklangan. Ikkinchi aksioma: tovarlarni 
    ortiqcha ishlab chiqarish (masalan, talabdan ko‘p bo‘lgan) ularning 
    qiymati pasayishiga olib keladi. Biroq Internet-iqtisodiyotda qimmatlik 
    ham taklifning ortiqchaligi, ham tovarlar va xizmatlar keng tarqatilishi 
    bilan shartlanadi. 
    Internet-iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlari har yili joriy qilina- 
    yotgan WEB-serverlar soni bilan izohlanishi mumkin (2.2.-jadval). 
    WEB-server – bu WEB-tugunda ma’lumotlarni boshqaradigan, 
    mazkur ma’lumotga kirishni nazorat qiladigan va WEB-brauzer so‘rov- 
    lariga javob beradigan dasturiy ta’minotdir. 
    WEB-brauzer – bu HTML – hujjatlarga hamda jahon o‘rgimchak 
    to‘ridagi tegishli fayllarga kirish uchun server bilan bog‘lanishga, shu- 
    ningdek, hujjatga yoki bir betdan boshqasiga zanjir bo‘ylab o‘tishga rux- 
    sat beradigan dasturiy ta’minotdir. 
    HTML – (Hyper Text Makkup Language) – WEB-hujjatlarni tash- 
    kil qilish uchun qo‘llanadigan kodlarni andozaviy to‘plami. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish