2.3. Elektron biznes tizimini qurish tamoyillari
“
Internet-iqtisodiyot” atamasiga maxsus adabiyotda tarmoq iqtiso-
diyoti, raqamli iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot
kabi sinonim tushunchalar
taalluqlidir. Biroq asosan “Internet-iqtisodiyot” atamasini afzal ko‘ra-
dilar. Shuning uchun biz ham bundan keyin eng ko‘p takrorlanadigan
atama – Internet-iqtisodiyotdan foydalanamiz. Bugungi kunda ushbu tu-
shunchaning har xil ta’riflari mavjud va eng ma’qul deb quyidagi ta’rif
topilgan.
Internet-iqtisodiyot – bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasida o‘zaro
aloqalarning tarmoqli, tizim asosida tashkil qilingan tuzilmadan iborat.
U o‘ziga yangi axborot texnologiyalari va mahsulotlarni tashkil qilish
hamda
ulardan foydalanish sanoatini, telekommunikatsiya xizmatlarini,
elektron biznesni, elektron biznesni, elektron bozorlarni va boshqa tar-
kibiy qismlarni oladi.
Internet-iqtisodiyotni mavjudligi kompyuterlarni
katta soni joriy qili-
nishi bilan emas, mazkur kompyuterlarning kommunikatsiyalari bilan
bog‘liq. Bir butunga birlashgan ko‘p sonli kompyuterlar maxsus tarmoqni
tashkil qiladi. Bu tarmoq an’anaviy iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan tamo-
yillardan ancha farq qiladigan tamoyillar asosida amal qiladi.
Bugungi
kunda tarmoq iqtisodiyotida kompaniyalarni samarali faoliyat ko‘rsatishi-
ni tashkil qilish bilan bog‘liq bir qator nazariy va uslubiy muammolar kam
ishlangan yoki jiddiy aniqlashtirishni talab etadi. Jumladan,
gap Internet-
iqtisodiyot amal qilishning asosiy tamoyillari haqida ketmoqda.
Biroq ularni jiddiy aniqlashtirish va ularga qo‘shimchalar qilish kerak.
Mazkur tamoyillarni tarkibi va mazmunini aniqlab, ularni to‘ldiramiz.