• 1.5. Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
  • O‘zbekistonda elektron biznesni rivojlantirish istiqbollari




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    1.4. O‘zbekistonda elektron biznesni rivojlantirish istiqbollari 
    O‘zbekistonda elektron biznes hali Internet orqali amalga oshirila- 
    digan oldi-sotdi harakatlari hamda ishbilarmon bitimlar imzolashning 
    keng tarqalgan shakliga aylanganicha yo‘q. Bugungi kunda O‘zbekiston 
    elektron biznes tizimi infratuzilmasi elementlarini ishlab chiqish va ular- 
    dan foydalanish borasida rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada 
    orqada qolmoqda. Milliy iqtisodiyotning yetarli darajada rivojlanma- 
    ganligi sababli O‘zbekiston jahonda yangi iqtisodiy tartibni shakllanti- 
    rishda juda kam ishtirok etmoqda. Uning asosini esa eng yangi axborot 
    texnologiyalari, global telekommunikatsiya tarmog‘i tashkil qiladi. 
    So‘nggi yillarda elektron aloqa sohasida texnologik revolutsiya ro‘y 
    berdi. Elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimlari tez rivojlandi, jumla- 
    dan EDIFAKT standartlaridan, elektron pochtasi va Internetdan foyda- 
    lanish asosida elektron to‘lov tizimlari ishga tushdi. O‘zbekistonda 
    2007-yildan boshlab
    www.webmoney.uz
    to‘lov tizimi ishlay boshladi. 
    Bu tizimdan foydalanuvchi davlatlar AQSh, Kanada, Yevropa, Rossiya, 
    Ukraina va O‘zbekistondir. 
    15


    1.5. Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy 
    yo‘nalishlari 
    Elektron biznes tizimlarini tashkil qilinishi nazariy va uslubiy jihat- 
    dan yaxshi ishlab chiqilmaganligi sababli quyidagi eng muhim muam- 
    molarni hal qilish talab etiladi: 
    – elektron biznesni boshqarish tizimida qo‘llanadigan asosiy kate- 
    goriyalar va tushunchalarni aniqlashtirish; 
    – elektron biznes tizimini qurishning asosiy ilmiy tamoyillarini ish- 
    lab chiqish; 
    – Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab chiqish hamda 
    undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash; 
    – Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron biznes tizimi 
    modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish; 
    – Internet tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning 
    tashkiliy-iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi; 
    – elektron biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini 
    asoslab berish; 
    – elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan, uni prinsipial 
    xususiyatlarining klassifikatsiyasi; 
    – elektron biznes tizimi asosiy elementlari tarkibini asoslash; 
    – elektron magazinni tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni 
    ifodalash; 
    – elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar 
    bahosi hamda ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
    chiqish; 
    – elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tash- 
    kiliy-iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash; 
    – elektron magazinni tashkil qilish uchun maqsadga muvofiq das- 
    turiy vositani tanlovini asoslash bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish. 
    Ushbu metodika an’anaviy bir maqsadli yondashuv asosida emas, maz- 
    kur vazifani yechishga ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida 
    amalga oshiriladi hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’- 
    minlaydi; 
    – elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan 
    umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish; 
    – ishlab chiqaruvchi – firmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy 
    afzalliklarning majmuyini aniqlash. 
    Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda O‘zbekistonda bir 
    qator muammolar mavjud. Bular: 
    16


    – respublika to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uy- 
    g‘unlikda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi; 
    – elektron biznes tizimlarining zamonaviy infratuzilmasini yara- 
    tishda davlat tomonidan kerakli va keng miqyosdagi qo‘llab-quvvat- 
    lashning cheklanganligi; 
    – elektron biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot almashish xavf- 
    sizligini yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi. 
    – intellektual mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’min- 
    lash muammosi hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tar- 
    qatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tegishlidir; 
    – ochiq tarmoqlarda elektron biznesni amalga oshirishni kerakli 
    maxfiyligi hamda xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar 
    ishlab chiqilmaganligi
    – elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali muta- 
    xassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida biznes 
    sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib borishning an’- 
    anaviy shakllariga mo‘ljallangan); 
    – elektron biznes qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchi- 
    lik qismi talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan 
    narxlar tizimiga tayanmasligi; 
    – elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga 
    soladigan huquqiy bazaning nomukammalligi; 
    – Internet-kompaniyalari (jumladan elektron magazinlar) ni tashkil 
    qilish va amal qilishining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholashga 
    xizmat qiladigan maxsus metodikalar yo‘qligi; 
    – elektron biznes tizimlarini rivojlantirish sur’atlari yuqori bo‘lma- 
    gani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyati chek- 
    langanligi. 
    Yuqorida qayd etilgan muammolardan ba’zilarini global va davlat 
    miqyosida hal qilish mumkin. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda elektron biznesni rivojlantirish istiqbollari

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish