• 1.12-jadval Tadqiqot o‘tkazilgan elektron biznesning ijobiy tajribasini aks ettiruvchi mezonlarning ahamiyatiga baho bergan xaridorlarning
  • Elektron biznes tizimni qo‘llash to‘g‘risida




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Elektron biznes tizimni qo‘llash to‘g‘risida 
    qabul qilingan qarorning ijobiyligini 
    ta’riflovchi mezonlar 
    Raqamlarda ifodalangan 
    baholar, % 
    Oddiy 
    xaridorlar 
    Ekspert 
    xaridorlar 
    Qulayliklar 
    84 
    96 
    Vaqtni tejash 
    60 
    75 
    Chegirmalar 
    58 
    64 
    Tovar aylanishidan olinadigan soliqning 
    yo‘qligi 
    35 
    50 
    1.12-jadval 
    Tadqiqot o‘tkazilgan elektron biznesning ijobiy tajribasini aks 
    ettiruvchi mezonlarning ahamiyatiga baho bergan xaridorlarning 
    ikki guruhining salmog‘i 
    Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng afzal mezonlarga xa- 
    rid qilish qulayligi (ularni uydan chiqmasdan amalga oshirish mumkin) 
    hamda vaqtning ancha tejalishi kiradi. 
    Shu bilan birga, elektron biznes tizimidan foydalanishning kamchi- 
    liklari ham mavjud. Ular quyidagilardir: 
    1. Telekommunikatsiya va axborot infratuzilmasi yaxshi rivojlan- 
    maganligi kerakli ma’lumot uzatilishini ancha sekinlashtiradi. 
    2. Qonunchilik bazasi nomukammalligi sababli, u elektron bitimlar 
    bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishining kerakli kafolatlarini ta’- 
    minlamaydi. 
    3. Haqiqatda amal qilayotgan elektron magazinlari soni kamligi. 
    4. Ishonchli amal qiladigan milliy bank tizimi mavjud emasligi. 
    5. Elektron biznesni O‘zbekistonning istalgan mintaqasiga tovarni 
    o‘z vaqtida yetkazib berish tizimi kabi muhim elementi yaxshi rivojlan- 
    maganligi. Sababi – tayyor mahsulot omborlarining rivojlangan tarmog‘i 
    mavjud emasligi. 
    6. Amal qilayotgan elektron magazinlarda tovarlar va xizmatlarga 
    narxlarning haddan tashqari yuqoriligi. 
    7. Yirik biznes, shuningdek, chakana xaridorlar tomonidan elektron 
    biznesga ko‘rsatilayotgan ishonchsizlik. 
    8. O‘zbekistonda elektron biznes tizimini yaratish va rivojlantirishga 
    davlat tomonidan qiziqish va qo‘llab-quvvatlashning yetarli darajada emasligi. 
    9. Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar 
    assortimentining cheklanganligi. 
    13 


    10. Elektron magazin amal qilishi uchun me’yordagi sharoitlarni 
    tashkil qilish va ta’minlashning qiymati yuqoriligi; elektron magazin 
    tashkil qilish qiymati 5 ming AQSH dollaridan 150 ming AQSH dolla- 
    rigachani tashkil qiladi. 
    11. Kerakli ma’lumotga kirish nuqtalari soni cheklanganligi sabab- 
    li tarmoqda kerak bo‘lgan tovar yoki xizmatni izlashning nisbatan ser- 
    mashaqqatliligi. 
    12. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati uchun Internetga kirish 
    qimmat hisoblanadi. 
    13. Internet tarmog‘ining o‘ziga ma’lum bo‘lgan ishonchsizlik bor- 
    ligi. Internet tarmog‘ida sug‘urta tizimi va kibernatoriatni tashkil qilish 
    bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar hal qilinmaganligi. 
    Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, ba’zi bir salbiy tomonlar va 
    ma’lum qiyinchiliklar mavjudligiga qaramasdan, salohiyatli xaridorlar 
    tovarlar hamda xizmatlarni sotib olish vaqtida elektron biznes tizimlari- 
    dan foydalanishdan voz kechishni istamaydilar. 
    O‘zbekistonda aholi tomonidan tovarlar va xizmatlarni sotib olish 
    uchun elektron biznes tizimlaridan foydalanish miqyosini sezilarli chek- 
    laydigan sabablar AQShga va G‘arbga nisbatan ko‘proq uchraydi. Aso- 
    siy sabablar quyidagilardir: 
    1. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida davom etayotgan mun- 
    tazam tanglik natijasida aholining to‘lovga elektron layoqati cheklanadi. 
    2. Yuqori malakali elektron magazin loyihalashtiruvchilarining kamli- 
    gi, shuningdek, ishonchli, samarali va arzon dasturiy vositalar yetishmasligi. 
    3. Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining soni nisbatan kamligi sa- 
    babli elektron bozorda xaridorlar soni cheklanganligi. 
    4. Salohiyatli xaridorlar tomonidan to‘lovning yangi shakllariga 
    ko‘rsatilgan ishonchsizlik. 
    Elektron savdoning muhim iqtisodiy afzalligi shundan iboratki, u 
    muomala sarf-xarajatlarini 20-30 foizga kamaytirishga ruxsat beradi. 
    Jahon savdo tashkiloti a’zolari bo‘lgan mamlakatlar tarkibining ya- 
    nada kengayishi hamda uning doirasida aloqaning asosiy vositalariga oid 
    Kelishuv qabul qilinishi global (jahon) elektron biznes bozorini tashkil 
    qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. 
    Barcha mahalliy elektron magazinlar bir qator muammolarga uchra- 
    moqdalar. Ulardan eng muhimlari: 
    – davlat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan elektron biznes tizim- 
    laridan keng foydalanishning qonuniyligi hamda iqtisodiy maqsadga 
    14


    muvofiqligi g‘oyalarini targ‘ibot qilish me’yor darajasida amalga oshi- 
    rilmasligi; 
    – elektron kredit kartochkalari egalari sonining nihoyatda cheklan- 
    ganligi; 
    – elektron to‘lov tizimi yaxshi rivojlanmaganligi; shu sababdan res- 
    publikada xarid uchun haq to‘lashda hozircha “inson-inson” aloqasi za- 
    rur va ustuvor bo‘lib qolmoqda. 
    Internet tarmog‘idan samarali foydalanishni yanada rivojlantirish 
    maqsadida quyidagi asosiy muammolarni hal qilish talab etiladi: 
    – uzatilayotgan ma’lumot hajmining sezilarli o‘sish imkoniyatini 
    ta’minlash; 
    – axborot tizimlarini samarali amal qilish samaradorligini oshirish 
    maqsadida tovushli va raqamli ma’lumot uzatilishini integratsiyalash; 
    – Internet tarmog‘ida ishlash uchun foydalanuvchilarning aksariyat 
    qismiga maqbul tariflarni ishlab chiqish; 
    – Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishning bar- 
    cha bosqichlarida xavfsizlikning kerakli darajasini ta’minlash; 
    – narxlari ommaviy xaridor uchun qulay bo‘lgan yuqori quvvatli, 
    ishonchli va xavfsiz serverlarni ishlab chiqish. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron biznes tizimni qo‘llash to‘g‘risida

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish