2.1-rasm.
Internet tarmog‘i va uning tarkibiga kiruvchi lokal
tarmoqlarni yaratilish tamoyillarining o‘zaro iyerarxik bog‘liqligi
Internet iqtisodiyot yaratish tamoyillari
Elektron biznes tizimini yaratish
tamoyillari
Elektron savdo tizimni yaratish
tamoyillari
- to‘g‘ri
aloqa
- teskari aloqa
Elektron biznes har xil darajada amalga oshirilishi mumkin: milliy
va xalqaro miqyosda. Mazkur darajalarda ishbilarmonlik operatsiyalarini
amalga oshirishda farqining asosini texnik-texnologik ko‘rsatkichlar
emas (chunki elektron biznes global xarakterga ega), qonunchilik me’-
yorlari tashkil qiladi. Xalqaro miqyosda (ichki milliydan farqli o‘laroq)
elektron biznes tizimini amalga oshirish jiddiy murakkablashadi. Bu qu-
yidagi omillarga bog‘liq: soliq solishni, bojxona yig‘imlarining
har xil
tizimlarini qo‘llash, har xil mamlakatlar o‘rtasida o‘ziga xos va bir-biri-
ga o‘xshamagan bitimlarni imzolash, bank operatsiyalarini amalga oshi-
rishda qo‘llanadigan qoidalardagi farqlar.
Milliy darajada elektron biznes tizimlarini amal
qilishi asosan tar-
moqda firma taqdimoti, reklama, shuningdek, sotuvdan oldin va sotuv-
dan keyingi qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.
Internet tarmog‘ida to‘liq
biznes operatsiyasi, odatda, elektron usul-
da o‘tkaziladi. Unga tovarni buyurtma qilish, tashish, qabul qilish, hi-
soblarni yozish va to‘lovni amalga oshirish kiradi.
Bunda bojxona va so-
liq majburiyatlarini bajarish maqsadida muallif markazlari
bilan kerakli
o‘zaro aloqalar ta’minlanadi.
Transaksiya – bu ishbilarmonlik operatsiyasidir.
Transaksiya qiymatiga mahsulot (hizmat)ni izlash bo‘yicha xarajat-
lar, yetkazib berish rejasini tuzish, manfaatdor tomonlar bilan kerakli
muzokaralar olib borish, bitim shartlarini asoslash, bitimni imzolash,
shuningdek, bitimni bajarish hamda nizom masalalarni hal qilish kiradi.
24