• I bob. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARINI QO‘LLASH TAJRIBASI
  • 1.1-jadval Turli mamlakatlarda Internet xizmatidan foydalanadigan aholining salmog‘i va uning prognoz qilinayotgan qiymati
  • 1.1. Elektron biznes tizimlarini qo‘llashning jahon tajribasi
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Mamlakat nomi 
    Internetdan xizmatidan foydalangan yoki 
    foydalanadigan aholining salmog‘i, foizda 
    2000-yil 
    2007-yil (prognoz) 
    AQSH 
    Germaniya 
    Angliya 
    Benilyuks 
    Fransiya 
    Italiya 
    Ispaniya 
    32 
    27 
    21 
    28 
    42 
    19 
    17 
    92 
    87 
    85 
    89 
    95 
    35 
    31 
    I bob. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARINI QO‘LLASH 
    TAJRIBASI 
    So‘nggi yillarda jahonda Internet tarmog‘i yordamida amalga oshi- 
    riladigan elektron biznesni jadal rivojlantirilishi kuzatilmoqda. IDC 
    kompaniyasi tomonidan 2000-yilda olingan turli mamlakatlarda Internet 
    xizmatidan foydalangan aholining salmog‘i bo‘yicha ma’lumot, shu- 
    ningdek, 2007-yil uchun prognoz 1.1-jadvalda keltirilgan. 
    1.1-jadval 
    Turli mamlakatlarda Internet xizmatidan foydalanadigan aholining 
    salmog‘i va uning prognoz qilinayotgan qiymati 
    NUA ma’lumotiga ko‘ra, 2007-yil may oyida jahonda Internet tar- 
    mog‘i foydalanuvchilarining umumiy soni 545,3 mln. kishini tashkil 
    qilgan. Mintaqalar bo‘yicha: Afrikada 2,3 mln. kishi, Osiyo-Tinch okean 
    mintaqasida – 47,97 mln. kishi, Yevropada – 125,9 mln. kishi, O‘rta 
    Sharqda – 1,88 mln. kishi, Kanada va AQShda – 361,63 mln. kishini 
    tashkil qilgan. 
    1.1. Elektron biznes tizimlarini qo‘llashning jahon tajribasi 
    Ma’lumki, elektron biznes (E-Commerce) Internet-texnologiyalar 
    yordamida hamda bevosita Internet tarmog‘i yordamida amalga oshiri- 
    ladi. “E” – bu electronic (elektron) bo‘lib, lotin tilida tezkor degani. 
    “E” – bu economica, ingliz tilida tejamkor degani. 
    “E” – bu extendent business, ya’ni chegarasi yo‘q biznes degani. 
    Shunday qilib, elektron biznes – bu chegarasi yo‘q bo‘lgan biznes- 
    ning tezkor va tejamkor turi, degan xulosaga kelish mumkin. 
    Internet tushunchasining turli ta’riflari mavjud. 



    “Internet” – bu firmalar va tashqi dunyo o‘rtasida ma’lumot alma- 
    shinuvining eng arzon va samarali usuli hisoblangan kompyuter tar- 
    moqlar tizimidir
    1
    . Bu holda tizimning korporativ maqsadga yo‘naltiril- 
    ganligiga urg‘u berilgan. Mazkur ta’rifni foydalanuvchi nuqtayi nazari- 
    dan quyidagicha keltirish mumkin: 
    Internet – bu multimedia, gipermatn (o‘zaro giper bog‘langan betlar 
    yig‘indisi), mijoz – server, brandmauer yordamida ma’lumotni himoya 
    qilish kabi zamonaviy texnologiyalar majmuyidan foydalanishning real 
    imkoniyatidir. 

    Download 3,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish