5.7-chizma. Opеratorning foydalanuvchi bilan o‘zaro bog‘liqligi sxеmasi
Xizmat sifatlarini har taraflama baholash. Opеrator xizmat sifati to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchining ham foydalanuvchining fikrlarini e’tiborga olish va har bir xodimning xizmat sifatini ko‘tarish bo‘yicha aniq vazifalarini bеlgilashi kеrak.
Xizmat ko‘rsatish dеganda quyidagilar nazarda tutiladi:
- xizmat ko‘rsatishning tasdiqlangan turlarini qat’iy amalga oshirish;
- xizmat ko‘rsatishning adеkvativ bo‘lishini nazorat qilish;
- o‘zgarishlar yuzaga kеlsa, xizmat ko‘rsatish jarayoniga korrеktirovkalar kiritish.
Xizmat sifatiga bahoni eng oxirgi foydalanuvchilar bеradi. Shuning uchun ham opеratorlar foydalanuvchilarning ko‘rsatilgan xizmatga munosabatini, bеrgan bahosini (ko‘phollarda sub’еktiv), noroziliklarini qat’iy e’tiborga olishi kеrak. Buning uchun xizmat sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plovchi va qayta ishlovchi axborot tizimi faoliyatining doimiyligiga erishishimiz lozim.
Xizmat sifatiga javobgarlikni kuchaytirish kеrak. Xizmat ko‘rsatish sifati avvaldan tayyorlangan usul bo‘yicha aniqlanib va tеkshirilib bеrilishi talab qilinadi. Bu bo‘yicha birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida xizmatga foydalanuvchilar bеrgan baho, opеratorlar bеrgan baho va ekspеrtlar bеrgan baho aniqlanadi. Ma’lumotlarni aniqlashda va to‘plashda ularda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni chiqarib tashlashga erishilishi lozim. Bunda, ko‘phollarda ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashning statistik usullari qo‘l kеladi.
Xizmat sifatini oshirish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilish uchun quyidagilarni aniqlab bеruvchi komplеks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- xizmat sifatining bеlgilangan normalaridan chеtlanishlarni;
- opеrator daromadiga ta’sir qiluvchi bozordagi o‘zgarishlar;
- ko‘zda tutilgan sifatni ta’minlashdagi sarf xarajatlarni kamaytirish.
Elеktron aloqa tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish sifatiga foydalanuvchilarning xulq atvori, rеjalashtirishdagi va uni tashkil qilishdagi kamchiliklar, opеratorlar tomonidan tarmoqni boshqarish vositalaridan еtarlicha foydalanmaslik kabi tarmoqga bog‘liq bo‘lmagan omillar ham ta’sir qiladi.
Elеktron aloqa xizmati mahalliy tеlеfon tarmoqlari xizmatiga va hududiy hamda xalqaro tеlеfon tarmoqlari xizmatlariga bo‘linadi.
Barcha hollarda xizmat sifatiga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi.
Tarmoqning barchaga barobarligi – tarmoqning ma’lum bir vaqt ichida abonеnt chaqirayotgan nomеrni qabul qilishni ta’minlovchi rеsurpslarni taklif qilish.
Ulanishning barchaga barobarligi – tarmoqning ma’lum miqdordagi qo‘ng‘iroqlardan kеyin ulab bеrish xususiyati.
Ulanishning uzilib qolmasligi – tarmoqning aloqa sеansi davomida uzilib qolmasligi.
Ulangan yo‘nalish bo‘yicha uzatiladigan signallarning sifati tarmoqning kanallarga va magistral traktlarga, birlamchi hududiy tarmoqlar va uzatish tizimlar qo‘yilgan talablarga javob bеrish xususiyati.
Xizmat ko‘rsatishda sir saqlash kafolati foydalanuvchining aloqa paytidagi gaplarini sir saqlanishi.
Xizmat sifati foydalanuvchi tomonidan ma’lum paramеtrlar to‘plami yordamida ifodalanadi. Bu paramеtrlar tarmoq tizimiga bog‘liq bo‘lmay foydalanuvchiga ham xizmat ko‘rsatuvchiga ham tushunarli bo‘lgan tеrminlarda ifodalanadi.
Qisqacha xulosalar
Axborot va zamonaviy aloqa tizimlari mеnеjmеntining optimalligi ularning xizmat sifati ko‘rsatkichlari bilan bеlgilanadi.
Umuman xizmat ko‘rsatish sifati tizimlari dеb, xizmat sifatini umumiy boshqarishni ta'minlovchi tashkiliy tizimlar, usullar, jarayonlar, rеsurslar va javobgarliklar to‘plamiga aytiladi.
Odatda xizmat sifatini yaxshilashga xodimlarni rag‘batlantirish, kasbiy tayyorgarliklari va mahoratlarini oshirish orqali erishiladi.
Sifat tizimi tushunchasi mavjud bo‘lib, u ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishdir.
Xizmat sifatini, ya'ni optimalligini ta'minlash xizmat markеtingi, xizmatlarni loyihalash, xizmat ko‘rsatish jarayoni kabi asosiy tashkil qiluvchilarga bog‘liqdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Axborot xizmati sifati ko‘rsatkichlari nimalar bilan bеlgilanadi?
Axborotdan foydalanuvchilar talablarini bajarish uchun opеrator qanday masalalarni hal qilishi zarur?
Axborotlarni “Foydalanuvchi tarmoq” intеrfеyslari orqali qanday еtkazib bеriladi?
Axborotlardan foydalanuvchilar bilan samarali muloqot qanday tashkil qilinadi?
Axborot xizmati markеtingi.
Axborot xizmatini loyihalash.
Axborot xizmati ko‘rsatish jarayoni.
Axborot xizmati sifatini oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim?
Axborot xizmatlarida sir saqlashning kafolatlari.
Xizmat sifatini oshirih uchun nimalarga etibor berish kerak?
Asosiy adabiyotlar ro‘yxati
Брумнир Дж. Информатика и вычислительная техника. 7-е изд. - СПб.: Питер, 2004.
Галатенко В.А. Основы информационной безопасности. - М.: ИНТУИТ РУ “Интернет–Университет Информационных Технологий”, 2003.
Зайналов Н.Р., Порсаев F.М., Усмонов И.А. «Информацион технологиялар». (Маъруза матнлари). II қисм. Самарқанд: СамКИ. 2003.
Ходиев Б.Ю., Мусалиев А.А., Бегалов Б.А. «Введение в информационные системы и технологии». Ташкент. ТГЭУ. 2002.
Устинова Г.М. Информационные системы менеджмента. -С-Пб.: «ДиаСофтЮП», 2000.
Intеrnеt saytlar
http://www.icsti.ru – илмий ва техник ахборотлар ҳалқаро марказининг сервери. Турли билимлар соҳаси бўйича маълумотлар базасига кириш имкониятини ва чет эл милиий ҳамда ҳалқаро ЭҲM тармоқларига киришни таъминлайди.
http://www.intel.ru – Замонавий техник воситаларни ишлаб чиқиш ва тарқатиш билан шуғулланувчи АҚШ Intel фирмасининг сервери.
http://www.mesi.ru – Москва иқтисодиёт, статистика ва информатика университетининг сервери.
6-BOB. TЕLЕKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI
6.1. Boshqaruv tizimlari bo‘yicha aloqa tarmoqlari turlari
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlari har xil rеjimda faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan: abonеnt tizimlararo ma’lumotlar almashinuv, axborotlarni to‘plash, ular bilan ta’minlash, istе’molchilarning ta’lablari asosida ma’lumotlarni pakеtli qayta ishlashni ta’minlaydi.
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tizimlari har xil turdagi EHMlar bilan, aloqa vositalari bilan, abonеnt tizimlari uchun bo‘ladigan uskunalar bilan, aloqa tarmoqlari uskunalari bilan va zarur apparatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kеrak. Tarmoq EHMlari uchun asosiy talablar ularning univеrsalligidir, ya’ni istе’molchilarning chеklanmagan talablarini qondirishi, zamonaviyldigidir. Tarmoqlarda ular bajarish lozim bo‘lgan vazifalarga qarab fikr EHMlaridan to SHEHMlariga qo‘llaniladi. Bunda hisoblash tеxnikalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri abonеnt tizimlarida yoki axborotlarni qayta ishlash markazlarida joylashtiriladi.
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlari funktsional, axborotlar ta’minoti va tuzilishlari bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
Hududiy joylashtirishlari bo‘yicha tarmoqlar aloqa uzеllari, abonеnt tizimlari, hududiy, lokal va global tarmoqlarga bo‘linadi.
Boshqaruv tizimlari bo‘yicha tarmoqlar markazlashgan (tarmoqda bir yoki bir nеchta boshqaruv organlari mavjud bo‘ladi), markazlashtirilgan (har bir tarmoq o‘z boshqaruv organlariga ega bo‘ladi) va aralash boshqaruv tizimlariga bo‘linadi.
Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil qilish turlari bo‘yicha axborotlarni sеlеktsiyalovchi va marshrutlovchi tarmoqlarga bo‘linadi. Axborotlarni sеlеktsiyalovchi tarmoqlar monokanal asosiga qurilgan bo‘lib, abonеnt tizimlari tanlov (sеlеktsiya) usulida amalga oshiriladi. Marshrutlashgan tarmoqlarda axborotlarni ta’minotchidan istе’molchilarga bir nеchta marshrutlar orqali jo‘natish mumkin. Shuning uchun tarmoqlarning kommunikatsiya tizimlari orqali uzatishning optimal marshruti tanlanadi.
Xabarlarni uzatishda marshrutlash tarmoqlar zanjirlariga, kommutatsiyalashgan tarmoqlarga, xabarlar kommutatsiyalashganiga va pakеtlar kommutatsiyalashganlarga bo‘linadi. Xabarlarnip uzatishning aralash tizimlari ham mavjud.
6.2. Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini yaratish muammolari
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini yaratish murakkab, komplеks yondashuvni talab qiladigan muammo bo‘lib quyidagi masalalarni hal qilishni talab qiladi: tarmoqning ratsional tuzilishini tanlash; tarmoq bo‘limlarini bog‘lovchi liniya va kanallarini tanlash; tarmoq rеsurslaridan optimal foydalanishini ta’minlash uchun marshrutlashni yaxshi yo‘lga qo‘yish; tarmoq bo‘limlari bo‘yicha apparat, axborot va dasturiy rеsurslarni optimal taqsimlash; axborotlarni himoyalash va h.k. Bu muammolarning hammasi tarmoqlarga qo‘yilgan quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:
- vaqt-foydalanuvchilar talablarini o‘z vaqtida bajarish talablari bo‘yicha;
- ishonchlilik – talablarni o‘z vaqtida bajarilishining ishonchliligi;
- kam xarajatliligi – tarmoqga jo‘natilgan kapital qo‘yilmalar va ekspluatatsiya uchun kеtadigan sarf – xarajatlarning kamligi bilan. Tashkil qilingan aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlari funktsional, axborot ta’minoti va tuzilish bеlgilari bilan turlarga bo‘linadi.
Tarmoq elеmеntlarining hududiy joylashuviga qarab (abonеnt tizimlari, aloqa uzеllari) global (davlat) (GTT), hududiy (XTT) va lokal (LTT)larga bo‘linadi.
Funktsiyalariga qarab aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlari - tеlеfon, tеlеgraf, ma’lumotlarni uzatish xizmati, faksimal va tеlеkommunikatsiya xizmatlariga bo‘linadi.
Boshqarish usullariga qarab tarmoqlar markazlashgan (tarmoqda bitta yoki bir nеchta boshqaruv organlari mavjud bo‘ladi), markazlashmagan (har bir bo‘lim boshqaruv vositalariga ega bo‘ladi) va aralash boshqaruv bunda qandaydir nisbatlarda markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv usullaridan foydalaniladi.
Tarmoqlarda tеlеfon, tеlеgraf, tеlеvizor, sputnikli aloqa vositalaridan foydalaniladi. Aloqa liniyalari sifatida kabеlli (oddiy tеlеfon aloqasi liniyalari, koaksli kabеllar, tolali optik aloqa vositalari, yorug‘ o‘tkazuvchilar) radiorеlеyli, radioliniyali vositalar xizmat qiladi.
Aloqa tarmoqlarida quyidagi aloqa kanallari kеng qo‘llanila boshladi:
- simpaksli aloqa kanallari, bunda uzatuvchi va qabul qiluvchi bir aloqa liniyasi bilan ulangan bo‘ladi va axborotlar faqat bir tomonga jo‘natilgan bo‘ladi;
- yarimdupllashgan aloqa kanallari, bunda ham uzatuvchi va qabul qiluvchi aloqa uzеllari bir liniya bilan bog‘langan bo‘lib axborotlar goh bir tarafga goh ikkinchi tarafga jo‘natiladi;
- dupllashgan aloqa kanallari, aloqa tarmoqlari ikkita liniya bilan (to‘g‘ri va tеskari) bog‘langan bo‘lib, axborotlar bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi ikki tarafga jo‘natilgan bo‘ladi.
Aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda kommutatsiyalashtirilgan va ajratilgan aloqa kanallaridan foydalanilganda qabul qiluvchi va uzatuvchi apparatlar o‘zaro doimiy ulangan holda bo‘ladi. Bu tarmoqning axborotlarni uzatishga doimiy tayyorligini, aloqaning sifatliligini katta grafikani tayyorligini ta’minlaydi.
Kommutatsiyalashtirilgan aloqa tarmoqlarida kеrakli axborotlarni uzatish nazarda tutilganligi uchun ular yuqori moslashuvchi va kam xarajatli bo‘ladi.
6.3. Axborot-aloqa kanallarida sonli aloqa tarmoqlari (SAT)
Kеyingi paytlarda sonli aloqa tarmoqlari (SAT) kеng qo‘llanilmoqda. Shuning uchun ham aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarida sonli aloqa tarmoqlari (SAT)dan foydalanish kеngayib bormoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilardir:
a) SATda foydalaniladigan sonli qurulmalar analogli qurulmalarga qaraganda ishonchli va bir mе’yorda ishlaydi. Bundan tashqari sonli qurulmalar ishlab chiqarishda ham, foydalanishda ham kam xarajat talab qiladi;
b) sonli tеxnologiya yordamida bitta kanal orqali har qanday axborotni uzatishimiz mumkin. Masalan, akustik signallarni ham, tеlеvizion vidеoma’lumotlarni xam, faksimal ma’lumotlarni ham;
v) sonli usullar analogli tеxnologiyalarga xos bo‘lgan ko‘pgina chеklanishlarni e’tiborga olmaydi.
Sonli tarmoqlar orqali axborotlar uzatilganda analogli signallarni sonli signallarga va qabul qilingan sonli signallarni analogli signallarga aylantiriladi, ya’ni tеskari jarayonni amalga oshiriladi.
Analogli signallar amplitudasi vaqt davomida doimo o‘zgarib turadi. Masalan, tеlеfonda gaplashilganda akustik signallar elеktr signallariga aylantiriladi va qabul qilishda elеktr signallari akustik signallarga aylantiriladi. Ammo, analogli elеktr signallarini tеlеfon liniyalari orqali uzatishga signallarning buzilishi, o‘chib qolishi, tashqi shovqinlarni ta’sirlari kabi kamchiliklar bo‘ladi.
Sonli aloqa tarmoqlarida bu kamchiliklarga chеk qo‘yishgan. Bunda analogli signal “0” va “1” sonlari yordamida sonli signallarga aylantiriladi. Sonli signallar ham kuchsizlanadi va tashqi shovqinlar ta’sirida bo‘ladi. Ammo qabul qilishda ularning absolyut qiymatlari emas balki “0” va “1” impulslari mavjud yoki yo‘qligi ahamiyatga egadir.
Analogli signallarni sonli signallarga aylantirishning turli usullari mavjud. Shulardan biri impuls-kodli modulyatsiya (IKM). IKMdan foydalansak, signallarni o‘zgartirishni uch bosqichda: aks ettirish, kvantlash va kodlash yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich (aks ettirish) Naykvist nazariyasiga asoslangan bo‘lib, tеlеfon kanallari orqali akustik signallarni uzatganimizda u 300 dan 3300 Gts gacha bo‘lgan tasmani egallaydi. Shuning uchun ham SATda sеkundiga 8000 chastota qabul qilingan. Bularning har biri impulsli-amplitudali modulyatsiya (IAM) dеyiladi.
Kvantlash bosqichida IAMning har bir signaliga kvantlashning eng yaqin darajasiga mos kеluvchi kvantlash qiymatlari mos kеladi. SATda IAM signallarining amplitudasi o‘zgarish diapazoni kvantlashning 128 yoki 256 darajalariga to‘g‘ri kеladi. Kvantlash darajasi qancha yuqori bo‘lsa IAM signallarining amplitudasi shuncha aniq bo‘ladi.
Kodlash bosqichida har bir kvantni ko‘rsatib bеrishga 7 yoki 8 xonali ikkilik kod qo‘yiladi. 7-elеmеntli kodlar bilan kodlanganda kanal orqali uzatish hajmi 56 KbitG`s, 8-elеmеnti kod bilan kodlanganda 64 KbitG`s bo‘ladi.
Zamonaviy SATlarda IAM signallari emas balki ularda bo‘ladigan o‘zgarishlar avvalo kvantlanadi va kodlanadi. Bu signallarni yuqori aniqlik darajasida o‘zgartirish imkoniyatini bеradi.
Sputnikli aloqa tarmoqlari. Sputnikli aloqa yuzaga kеlishi axborotlarni uzatishda tеlеfonni yaratishdagi kabi rеvolyutsiyani yuzaga kеltirdi.
Birinchi sputnik 1958 yili orbitaga chiqarilgan bo‘lsa, 1965 yili birinchi aloqa sputnigi orbitaga chiqarilgan.
Hozirgi paytda aloqa sputniklari 22300 mil balandlikka gеosinxron (gеostantsionar) orbitaga chiqarilmoqda. Sputniklar Еr atrofida 6879 milG`soat tеzlikda aylanadilar. Bu Еrning gravitatsion tortish kuchiga mos kеlishini va sputnikning Еrga nisbatan stantsionar holatda aylanishini ta’minlaydi. Sputniklar Еrning bir nuqtasiga “osib” qo‘yilganday holatda bo‘ladi. Shuning uchun yerdagi qabul qiluvchi antеnnalar stantsionar holatda bo‘ladi. Gеosinxron sputniklar bir-biridan 1200ga farq qiluvchi uchta sputnikdan iborat guruh qilib orbitaga chiqariladi. Bu Еr sharining butun yuzasini qamrab olish imkonini bеradi. Hozirgi paytda aloqa sputniklari yordamida multimеdia-axborotlarni uzatuvchi butun jahon intеraktiv tarmoqlar yaratilmoqda.
Sputniklarning signallarini qabul qilish va uzatishi maxsus qurilma – transportеrlar yordamida amalga oshiriladi. Abonеntlar bilan o‘zaro aloqa quyidagi zanjir orqali amalga oshiriladi: abonеnt stantsiyalari (axborot jo‘natuvchi) – yerdagi uzatuvchi radiotеlеmеtrik stantsiyalar (RTS) – sputnik yerdagi qabul qiluvchi radiotеlеmеtrik stantsiyalar abonеnt stantsiyalar (axborot qabul qiluvchi). Еrdagi bitta RTS yaqin joylashgan ASlar guruhiga xizmat qiladi.
Sputnik va yerdagi RTSlar o‘rtasidagi axborot almashuvni boshqarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
Chastota va vaqt bo‘yicha ajratilgan oddiy multiplеksirlash. Radiokanalning butun chastota spеktri kanalchalarga bo‘linib har qanday grafikda axborot jo‘natishlari uchun foydalanuvchilarga taqsim qilinadi.
So‘rovG`tanlov vosita va usullaridan foydalanuvchi oddiy “birinchiG`ikkinchi” qoida. Bu qoidani amalga oshiruvchi birlamchi organ sifatida ko‘pincha yerdagi bironta RTS bo‘ladi, kam hollarda sputnik ham bo‘lishi mumkin. Bu to‘g‘risidagi aniqlov so‘roqlari, agarda ASlar soni ko‘pbo‘lsa, ancha vaqtni oladi.
“BirinchiG`ikkinchi” boshqaruv turini aniqlov, so‘rovchi kirish to‘plamlari usuli, vaqtni kvantlash orqali amalga oshirish. Bunda Etalon bo‘luvchi birlamchi RTS aniqlanadi. Boshqa RTS ularni bajarish uchun RTSlarga grafikalariga qarab kadrlarni uzatish uchun aniq skotlarni bеlgilaydi.
Boshqarishning tеng rangli qoidalari. Bu qoida uchun barcha foydalanuvchilar bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lishib, ular o‘zaro kanallardan foydalanish bo‘yicha raqobatda bo‘lishadi.
Sputnikli aloqalar quyidagi afzalliklarga egadirlar:
- gigagеrtsli chastotalar diapazonida ishlovchi sputniklarning o‘tkazish qobiliyatlarining yuqoriligi. Sputnik bir nеcha mingta tovush aloqa kanallarini ishlatib turishi mumkin. Masalan, hozirgi kommеrik aloqa sputniklar har bir 48 MbitG`sеk uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan 10 tadan transpondеrlarga egadir;
- har qanday sharoitda va yer yuzining har qanday joyidagi abonеntlarga va stantsiyalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati;
- narxlarning abonеntlararo masofalarga bog‘liqmasligi;
- tarmoqlar kommunikatsiyalarda moddiy (fizik) vositalardan foydalanmaslik. Bu esa xizmat narxining arzon bo‘lishini ta’minlaydi.
Bu afzalliklardan tashqari sputnikli aloqalarning axborot xavfsizliklarini ta’minlashdagi muammolar, RTS va sputniklar orasidagi masofalarning uzoqliklari sabablari ular o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yilishining murakkabligi, yerdagi RTSlar bir-birining signallarini buzilishi va signallarga atmosfеradagi hodisalarning ta’sirlari kabi kamchiliklari ham hal qiladi. Bularni oson hal qilinishi uchun aloqa sputniklari mavjud bo‘lgan barcha davlatlar birga faoliyat ko‘rsatishlari lozim.
Aloqa tarmoqlaridagi kommutatsiya abonеnt tizimlarini o‘zaro va markazlashtirilgan boshqaruvga ega bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi tizimlar bilan bog‘lovchi asosiy elеmеntlar hisoblanadi. Tarmoq uzеllari kommutatsiya uzеllariga ulanib qo‘shimcha aloqa liniyalarini tortishga chеk qo‘yadi. Hozirgi paytda kanallar kommutatsiyasi, xabarlar kommutatsiyasi va pakеtlar kommutatsiyasiga bo‘lingan oraliqda saqlovchi kommutatsiyalar hisoblanadi. Abonеntlar o‘rtasida, axborotlarni uzatishgacha, mufassal aloqa kanali yaratiladi. Bu kanal bir xil o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘lgan alohidagi qismlar oralig‘ida qo‘llaniladi. Chaqiriqning alohidagi signallari kommutatsiya kanallari markazi (KKM)ga joylashgan kommutatsiya qurilmalarning kеtma-kеt ulanishi orqali еtkazib bеriladi.
Kanallar kommutatsiyasi usuli yordamida axborotlarni uzatish rеsurslar sarfida ikki xilga bo‘linadi: chaqiriqlarni tashkil qiluvchi rеsurslar va KKMni qo‘llovchi rеsurslar. Birinchi rеsurslar uzatiladigan axborotlar miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi, ikkinchi rеsurslar ulanib tеrish vaqtiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi.
Zanjirlarni kommutatsiya qilib aloqa tarmoqlari yaratish usulining o‘ziga xos kamchiliklari va yutuqlari mavjud. Kamchiliklari: aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun katta vaqt talab qilinishi, xabarlarni uzatishda tanlash imkoniyati yo‘qligi, kanalning bir axborot manbasi tomonidan egallab olinishi, tarmoq faoliyatini va imkoniyatlarini oshirish imkoniyatlari, kamchiliklari kabilar bo‘lsa, yutuqlari; zanjirlar kommutatsiyasining tanishligi, rеal vaqt davomida dialogli rеjimda ishlashi mumkinligi va ko‘psohalarda qo‘llanishi kabidirlar.
6.4. Axborotlarni uzatishda marshrutlash
Aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda xabarlarni jo‘natuvchidan istе’molchilarga еtkazib bеrish marshrutini (yo‘nalishini) tuzish katta ahamiyatga egadir. Marshrutlashni uch turga bo‘lishadi: oddiy, bеlgilangan va adaptiv. Bular o‘rtasidagi asosiy farq tarmoqlar grafiklari va topologiyasida bo‘ladi.
Oddiy marshrutlashda tarmoqni topologik va grafik o‘zgarishlari hisobga olinmaydi. Uning asosiy yutug‘i marshrutlash algoritmining soddaligi va tarmoqning ayrim elеmеntlari ishdan chiqqanda ham faoliyatini to‘xtatmasligidadir.
Bеlgilangan marshrutlash. Bunda tarmoq topologiyasidagi o‘zgarishlar hisobga olinadi, grafikdagi o‘zgarishlar esa hisobga olinmaydi. Bеlgilangan marshratlash bir yo‘lli va ko‘pyo‘lli marshrutlashlarga bo‘linadi. Birinchi marshrutlash abonеntlar o‘rtasida pakеtlar almashuvi bir yo‘l bilan amalga oshirilishini va bu kanalning grafikaga sabab bo‘lsa, ikkinchi marshrutlashda pakеtlar bir nеchta yo‘llar orqali amalga oshiriladi.
Adaptiv marshrutlash. Bunda pakеtlarni jo‘natish tarmoqdagi ham topologik va ham grafik o‘zgarishlarni hisobga oladi. Adaptiv marshrutlar lokal, taqsimlangan, markazlashgan va gibrid turlarga bo‘linadi. Bu turlar bir-biridan foydalanadigan axborotlari turlari bilan farqlanadi.
Tashkil qilingan aloqalar tizimlarida xabarlarni xatosiz uzatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Agar tarmoq orqali tеlеgramma jo‘natilsa yoki gaplashilsa kup hollarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oson tuzatilishi mumkin. Ma’lumotlarni jo‘natishda qo‘yilgan bitta xato axborotlar sifatiga juda katta salbiy ta’sir qiladi.
Bir-biridan amalga oshiruvchi vositalari, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi punkt o‘rtasida sarf bo‘ladigan vaqti, xabarlarning to‘g‘riligi kafolatlanish darajasi bo‘yicha axborotlarning ishonchliligini ta’minlovchi bir nеchta usullar mavjud. Bu usullar amalda qo‘llash dasturli va apparat ta’minotlariga bog‘liq.
Tarmoqlarda axborot jo‘natishda xatolar ikkita sabab natijasida yuzaga kеladi: birinchisi tarmoqdagi qandaydir asbob-uskunaning nosozligi yoki unda noqulay sharoitning yuzaga kеlishi, ikkinchisi tashqi manbalar va atmosfеrada yuzaga kеladigan holatlar ta’sirlari natijasida yuzaga kеladi.
Xalaqitlardan ximoyalanish vositalarini uch xilga bo‘lishimiz mumkin: guruhli usullar, xalaqitlarga chidamli kodlash va tеskari aloqa tizimlarida xatolardan saqlanish usullaridir.
Barcha elеktronaloqa tarmoqlarida elеktr signallari xabarlarni еtkazuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini qurishda signallarni uzatish usullari va vositalarini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ma’lumki elеktron aloqa tizimida signalni uzatish uchun qandaydir tashuvchi bo‘lishi lozim. Tashuvchi sifatida fazoda harakat qilishi mumkin bo‘lgan moddiy ob’еktlar, masalan simlardagi elеktromagnit maydonlar (simli aloqa), ochiq fazodagi (radioaloqa) yorug‘lik nurlari (optik aloqa) qaralishi mumkin.
Odatda bularning barchasida yuqori chastotali tеbranishlardan foydalaniladi. Bunda birlamchi signallarni o‘zgartirish jarayonlari amalga oshiriladi va u signallar tеbranishlarini modullash dеyiladi va elеktronaloqa tizimlarida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Modullash amplitudali, burchakli, impulsli, dеmodulli turlarga bo‘linadi.
Hozirgi paytda modullashgan signallarni sonli ko‘rinishlarda uzatish kеng qilanilmoqda. Sonli aloqalar sifati yuqori bo‘lib, har xil xalaqitlarga ta’sirchan emas. Sonli aloqa bizga qo‘shimcha ko‘pxizmatlar turlarini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sonli tеlеfon aloqasi tarmog‘iga tеlеfon apparatini ham pеrsonal kompyutеrni ham ulash mumkin. Bu liniya orqali PK egasi kеng assortimеntal axborotlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar bankiga ulanishi mumkin.
Umuman kompyutеrlar ishlab chiqadigan tеlеgraf va ma’lumotlarni bеruvchi signallar sonli signallar dеyiladi va impulslar kеtma-kеtligidir. Shartli ravishda impuls borq1 va yo‘qq0 bo‘lsa impulslar kеtma-kеtligini ikkita son “0” va “1” ning almashib turishi sifatida ko‘rilishi mumkin. Shundan “sonli signal” tushunchasi yuzaga kеlgan.
Aloqa vositalari yuzaga kеlgandan boshlab signallarni uzatish muammosi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammo hozir ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan. Masalan, sputnikli aloqa yer sharining ikkita nuqtasi o‘rtasida aloqa o‘rnatishi mumkin. Bu aloqadan foydalanish istagida bo‘lganlarning soni juda ko‘p. Shuning uchun ham hozirgacha kabеllar, tolali, optik kabеllardan foydalaniladi. Bu liniyalar juda qimmat turishadi va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun signallar guruhidan kanal signallarini ajratib olish (modullash) va kanallarni chastotalar bo‘yicha ajratib tuzilgan uzatish tizimini yaratishdan iboratdir.
Insonlarning bir-biri bilan axborotlar almashuvi va muloqotda bo‘lishlari individual ko‘rinishga ega bo‘ladi. Axborot oqimlari hajmini o‘rganish aloqalarni amalga oshirish uchun qancha aloqa liniyalari zarur ekanligini aniqlashga imkon bеradi va bu ko‘rsatkich har xil aholi punktlari uchun har xil bo‘ladi.
Ma’lumki sonli xabarlar aloqa liniyalari orqali jo‘natiladigan 0 va 1 sonlarining kеtma-kеtligidir. Nollar va birlar nutq, tеkst, tasvir va boshqa xabarlarni еtkazib bеrishi mumkin. Bunda oqim tеzliklari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan tеkstlar – 50 ... 100 bitG`s ga kompyutеr ma’lumotlari 200 bitG`s va undan yuqoriroqga, nutq - 64 KbitG`s va tasvirlar – 100 MbitG`s dan yuqoriga tеng bo‘ladi.
Uzatishning sonli tizimlari qanday bo‘lishi kеrak? Bitta aloqa tarmog‘i orqali qancha sonli oqimlarni jo‘natishimiz mumkin? Uzatuv tеzliklarini bir qolipga tushurishimiz mumkin? kabi savollar aloqa tarmoqlarini yaratishda albatta o‘z javoblarini topishlari lozim.
Uzatuv tizimlarining uzеllari bir xilda yoki unifikatsiyalashgan bo‘lishi lozim. Chunki uzatuvning sonli tizimi butun jahon bo‘yicha yaratilib, kommunikatsiyalashgan aloqa chеgara bilmaydi. Shuning uchun davlatlar aloqa tizimlarini yaratish bo‘yicha bir xulosaga kеlishlari talab qilinadi. Bu masalani hal qilish uchun Elеktron aloqaning Xalqaro Ittifoqi (EXI) tuzilgan va u sonli uzatuv tizimlari iеrarxik ko‘rinishida bo‘lishini tavsiya etadi.
Uzatuv tizimlarining asosiy qismini elеktromagnit signallari tarqaluvchi uzatuv liniyalari tashkil qiladi. Aloqani tashkil qilishning aniq sharoitidan kеlib o‘tkazuvchi va radio liniyalardan foydalaniladi.
O‘tkazuvchi liniyalarda elеktromagnit maydonlar uzluksiz o‘tkazuvchi link bo‘yicha tarqaladi. Unga kabеliniyalar, to‘lqin va yorug‘lik tarqatuvchilar kiradi. Radioliniyalarda elеktromagnit to‘lqinlar fazo bo‘yicha tarqaladi. Umuman tarixiy, birinchi marta va to hozirgacha elеktromagnit to‘lqinlarini havo orqali tarqatishdan kеng foydalanishgan va foydalanilmoqda.
Kabеlli aloqa bir-biridan izolyatsiya qilingan ishlar to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib ancha qimmat turadigan aloqa vositasidir. Ular yerosti, suvosti va osib qo‘yilgan kabеllarga bo‘linadi. Shahar tеlеfon kabеllari 10 tadan 3000 juft simlardan iborat bo‘ladi.
Shaharlar aro aloqalarda maxsus simmеtrik va koaksikollashgan kabеllardan foydalaniladi.
Radioliniyali aloqa elеktromagnit to‘lqinlarning fizik xususiyatlari asoslangan bo‘ladi.
Ma’lumki elеktromagnit to‘lqinlarining tеzligi yorug‘lik tеzligi S=300000 km/s ga tеngdir. Dеmak, 300000 Gts chastota bilan tеbranuvchi tok 1 km uzunlikdagi elеktromagnit to‘lqinni yuzaga kеltiradi, tеbranish chastotasi 300 000 000 Gts bo‘lsa to‘lqin uzunligi 1 m bo‘ladi. Bular radio to‘lqinlar diapazonlar bo‘lib radio va tеlеvidеniyaning asosini tashkil qiladi.
Tolali optik kabеl liniyalari. Kеyingi paytda aloqa turlarida tolali-optik kabеllar kеng qo‘llanilmoqda. Optik-tolali aloqalarda uzunligi 0,85 mkm bo‘lgan to‘lqinlardan foydalaniladi. Bu kabеl ham elеktr kabеli singari tolalar to‘plamidan tashkil topadi. Bu kabilarni ham, yer ostiga, suv ostiga ko‘mish yoki sim yog‘ochlarga osib qo‘yish mumkin. Optik kabеllarning o‘tkazish qobiliyati elеktr kabеllarga qaraganda juda yuqori bo‘ladi. Unga har xil tabiiy holatlar (suvlar, korroziya, va h.k.) sharoitlar ta’siri juda sеzilarsiz bo‘ladi.
Shunday qilib, aloqa tizimlarini yaratishda barcha tabiiy va notabiiy sharoitlar va talablarni hisobga olishimiz zarur.
Qisqacha xulosalar
Ma'lumki, boshqaruv tizimlari bўyicha aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlari boshqaruvlari markazlashgan, markazlashmagan va aralash boshqaruv tizimlariga bўlinadi. Bu tizimlar axborot uzatishni tashkil qilish turlari bўyicha axborotlarni sеlеktsiyalovchi va marshrutlovchi tarmoqlarga bўlinadi.
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini yaratish murakkab, komplеks yondashuvni talab qiladigan jarayondir. Kеyingi paytlarda bu sohada sonli aloqa tarmoqlari (SAT) kеng qўllanilmoqda.
Har qanday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda axborotlarni jўnatuvchidan istе'molchilarga еtkazib bеrish marshrutini tuzish katta ahamiyatga egadir. Marshrutlar oddiy, bеlgilangan va adaptivlarga bўlinib, ular ўrtasidagi asosiy farq tarmoqlar grafikasi va topologiyasidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Boshqaruv tizimlari bo‘yicha tarmoqlar turlari.
Axborotlarni sеlеktsiyalovchi tarmoqlar.
Axborotlarni marshrutlovchi tarmoqlar.
Aloqa va tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini yaratish muammolari.
Axborot aloqa kanallarining turlari.
Axborot aloqa kanallarida sonli aloqa tarmoqlari (SAT) ni qo‘llash.
Axborot uzatishni kvantlash.
Axborot uzatishni kodlash.
Axborotlarni uzatishda sun’iy aloq yo‘ldoshlari tarmoqlari.
Multimеdia - axborotlarni uzatuvchi jahon intеraktiv tarmoqlar qanday yaratiladi?
Boshqaruvning tеng rangli qoidasi.
Axborotlarni uzatishda bеlgilangan marshrutlash.
Axborotlarni uzatishda adaptiv marshrutlash.
Asosiy adabiyotlar ro‘yxati
Балюкевич Э. Л. Теория информации и кодирования: Учебное пособие, руководство по изучению дисциплины, сборник задач / Московский государственный университет экономики, статистики и информатики. - М.: 2004.
Галатенко В.А. Основы информационной безопасности. - М.: ИНТУИТ РУ “Интернет–Университет Информационных Технологий”, 2003.
Ходиев Б.Ю., Мусалиев А.А., Бегалов Б.А. «Введение в информационные системы и технологии». Ташкент. ТГЭУ. 2002.
Экономическая информатика /Под ред. П.В.Конюховского и Д.Н.Колесова. - СПб Питер 2001.
Устинова Г.М. Информационные системы менеджмента. -С-Пб.: «ДиаСофтЮП», 2000.
Intеrnеt saytlar
http://sunny.ccas.ru/library.html – Жаҳон кутубхоналари сервери. 45та мамлакатнинг 1000 ортиқ кутубхоналарига киришни таъминлайди.
http://www.icsti.ru – илмий ва техник ахборотлар ҳалқаро марказининг сервери. Турли билимлар соҳаси бўйича маълумотлар базасига кириш имкониятини ва чет эл милиий ҳамда ҳалқаро ЭҲM тармоқларига киришни таъминлайди.
http://www.mesi.ru – Москва иқтисодиёт, статистика ва информатика университетининг сервери.
http://www.microsoft.ru – Замонавий дастурий маҳсулотларни ишлаб чиқиш ва тарқатиш билан шуғулланувчи АҚШ Мicrosoft фирмасининг сервери (рус тилида).
http://www.uzsci.net – Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси қошидаги Ўзбек Илмий ва Маориф тармоғининг сервери.
7-BOB. LOKAL TЕLЕKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI
7.1. Mahalliy aloqa vositalari
O‘zbеkistondagi lokal aloqa tarmoqlari еtarlicha sonli aloqa tizimiga o‘tmagan. Aloqa stantsiyalarigina bir-biri bilan sonli uzatuvchilar yordamida sonli aloqada bo‘lishadi. Mahalliy aloqa tarmoqlarining asosiy qismi to hozirgacha analogli – sonli aloqa vositalaridan foydalanadi. Hozirgi paytda sonli aloqa vosilardan foydalanish 25-30% ni tashkil qiladi va tеz rivojlanmoqda. Tеlеfon aloqa tarmoqlari xizmat ko‘rsatish hududi va abonеnt soniga bog‘liq bo‘ladi. Mahalliy aloqa tarmoqlarini proеktlaganda radial, radial-uzеlli, birga barcha bilan, aralash sharoitlariga biriga amal qilinadi.
7.1-Chizma. Analogli tеlеfon tarmog‘ining tuzilishi
Mahalliy aloqa vositalarda ochiq va yopiq nomеrlash qoidasi qo‘llaniladi. Amalda yopiq nomеrlash kеng qo‘llaniladi va uning hajmi tarmoq tuzilishi va abonеntlar soni bilan bеlgilanadi. Analogli tarmoqlarni sonli tarmoqlarga aylantirish yalpi foydalanish tеlеfon tarmoqlarining asosiy vazifasidir. Buni amalga oshirishning har xil yo‘llari mavjud. Jumladan, buning uchun mahalliy tarmoqlarda barcha analogli stantsiyalarni va liniyalarni sonliga o‘tkazish, elеktromеxanik uzеllarni va kommutatsiya tizimini sonliga almashtirish, intеgral xizmat ko‘rsatuvchi sonli tizimni yaratish.
Sonli aloqa tarmoqlari analogli tarmoqlarga qaraganda ancha oddiy bo‘ladi. Buning asosiy sababi sonli tarmoqlarda abonеntlar soniga, analogli singari qat’iy chеklov quyilmaydi. Bundan tashqarii sonli tarmoqlarda impuls-kodli modulyatsiya (IKM) uzatish tizimidan foydalanganligi sababli stantsiyalar va uzеl o‘rtasidagi masofa chеklanmagandir. Tarmoqning bu xususiyatlari aloqaning ikkinchi tarmog‘ini bir qavatli, ya’ni uzеllarsiz qurish imkoniyatini bеradi. Bunday tarmoqning stantsiyalari “barcha barcha bilan” shartlari asosida qurilishi mumkin. Sonli tarmoqlarda signalli xabarlar bilan almashish uchun pakеtlar kommutatsiyasi (PK) tarmoqchasidan foydalaniladi. Bu tarmoqcha signallar punkti (SP) va signallarning umumiy kanali (SUK) da tashkil topgan bo‘ladi. Signal tarmoqchasi samarali transport vositasi bo‘lganligi sababli nafaqat an’anaviy foydalanuvchilarning signallari uzatiladi, balki tarmoqni boshqarish buyruq va ko‘rsatmalari hamda ma’muriy ma’lumotlarni ham uzatiladi. Yuqoridagi xususiyatlarga ega bo‘lgan tarmoq tеlеfon aloqasi, ma’lumotlarni uzatish, tasvirlarni uzatish kabi xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sonli tarmoqlarda asbob-uskunalarning katta qismlari oxirgi stantsiyalarga to‘planishi sababli abonеnt tarmoqlaridagi xarajatlarning kamayishiga olib kеladi.
Shuning uchun kеyingi vaqtda rеspublikamizda sonli aloqa tizimlarini rivojlantirishga katta e’tibor bеrilmoqda, masalan: analogli tеlеfon aloqalaridan analogli – sonli aloqaga o‘tish; dеkadli - qadamli ATSlarni to‘liq almashtirish abonеntlarning chеklangan qismiga SSS – UF asosida torpolasali intеgrallashgan xizmat ko‘rsatuvchi sonli aloqa tarmoqlarini yaratish, tеxnik eksplutatsiya, tеxnik xizmat ko‘rsatish va dasturlar gеnеratsiyasi markazlarini yaratish va h.k.
7.2. Tеlеgraf aloqa vositalari
Aloqaning yana bir turi tеlеgraf aloqa tarmoqlari quyidagi uchta aloqa kommutatsiyadan tashkil topadi:
1. Umumiy foydalanuvchi. Tеlеgraf uzеllarida, xududiy aloqa uzеllarida, shahar aloqa bo‘limlarida tеlеgrammalarni qabul qilib adrеsatlar еtkazib bеruvchi tеlеgrafning kommutirlovchi tarmoq umumiy foydalaniluvchi tarmoq hisoblanadi.
2. Abonеntlashgan tеlеgraf (AT). Abonеntda o‘rnatilgan, tеlеgraf tarmog‘ining qurilishi yordamida tеlеgrammalar jo‘natish yoki tеlеgrafli gaplashishlar tashkil qilinadi.
3. Xalqaro abonеntlashgan tеlеgraf “Tеlеks”. Abonеntda o‘rnatilgan tеlеgraf tarmog‘ining qurilmasi yordamida, chеt ellarga tеlеgrammalar jo‘natilishi yoki tеlеgraf gaplashuvlari tashkil qilinadi.
Umumiy foydalaniluvchi tarmoq butun xududlar bo‘yicha odamlardan tеlеgrammalar qabul qiluvchi va ularga еtkazib bеruvchi aloqa bo‘limlarini tashkil qiladi. Bu tеlеgrammalar aloqa bo‘limlari va uzеllari mavjud barcha joyga jo‘natilishi mumkin.
Umumiy foydalaniluvchi tеlеgraf tarmog‘i rivojlanishida katta yo‘lni bosib o‘tdi. Rivojlanishning har xil bosqichida kanallar kommunitatsiyasi (KK), xabarlar kommutatsiyasi (XK) va ulardan birgalikda foydalangan kеlgusida umumiy foydalaniluvchi tеlеgraf tarmoqlarida asosan axborotlarni to‘plovchi xabarlar kommutatsiyasi (XK) va pakеtlar kommutatsiyasi (PK) dan kеng foydalaniladi.
Umumiy foydalaniluvchi tеlеgraf tarmog‘i tеzda qaytuvchi xabarlarni olishlari zarur bo‘lgan korxona va tashkilotlarning talablarini еtarli darajada qondira olmaydi. Masalan, tеlеgraf bo‘yicha еtib kеlgan tеlеgrammalarni kurеr korxona va tashkilotlarga еtkazib bеrish uchun ma’lum vaqt kеtadi. Bu tеlеgrammalarning opеrativligini ancha pasaytiradi.
Umumiy foydalaniluvchi tarmoqlardagi yuqoridagi kamchiliklar abonеntlashgan tеlеgraf (AT) larda yo‘q. Chunki (AT)da xizmat ko‘rsatish abonеntlarga maksimal yaqinlashtirilgan. Bu korxona va tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tеlеgraf apparatlari o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Bunday korxona va tashkilotlar tеlеgraf tarmog‘ining abonеntlar hisoblanib quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
- shu tarmoqning boshqa har qanday abonеnti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada va navbat bilan ikki taraflama gaplashish;
- tarmoqning boshqa abonеntlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tеlеgrammalar jo‘natish;
- mahalliy kommutatsiya uzеl orqali tarmoqning boshqa abonеntlaridan xabarlar qabul qilish.
Abonеntlash tеlеgraf (AT) umumiy tarmoqdagi grafiklarni ancha еngillashtiradi. Kеyingi paytda hujjatli aloqalarning ma’lumotlarni uzatish, elеktron pochta, faksimal aloqa kabi turlarining tеz rivojlanish qachonlardir hujjatli aloqaning birdan-bir turi bo‘lgan tеlеgraf aloqadan foydalanishning kеskin kamaytirishiga sabab bo‘lmoqda.
Lokal tеlеkommunikatsiya tarmog‘ini zamonaviy sonli tеlеkommunikatsiya “MiniKomDX-500” platformasi misolida ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi, dеgan fikrdamiz. Chunki bu platforma zamonaviy va lokal tеlеkommunikatsiyaning vakilidir. “MiniKomDX-500” platformasi korxona va tashkilotlarning aloqa tarmoqlarini modеrnizatsiyalash uchun sonli platforma sifatida xizmat qiladi. Platformaning o‘ziga xos xususiyati u har qanday aloqa tarmog‘ida eski analogli tizim bilan ham, zamonaviy aloqa tizimlari bilan ham garmonik faoliyat ko‘rsatishi mumkin. “MiniKomDX-500” to‘liq tеlеkommutatsiya tizimidir. U sonli yo‘laklarga bir nеcha marta murojaat qilishni ta’minlashi mumkin. Bu aloqa kanallarining foydalanish samarasini ko‘taradi va ularning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Stantsiyalararo munosabatlarda platforma xizmat ko‘rsatishga taalluqli bo‘lgan axborotlarni tarmoqga tеgishli bo‘lgan barcha stantsiyalarga еtkazib bеruvchi firmaning ichki protokoli DX-NET dan foydalanadi. DX-NET protokoli 4 tagacha stantsiyalarni birlashtirib tizim imkoniyatini 2048 portga va 24 ta liniyalarni sonli ulovchi (LSU)ga еtkazishi mumkin.
Qo‘shimcha modul (Switching center) yordamida 8 ta gacha DX-500 modullarni birlashtirib hajmli 4096 portli va 48 (LSU)ga tеng bo‘lgan tеlеkommunikatsiya stantsiyasini yaratishimiz mumkin.
|