• 1. MS Excel dasturining umumiy tavsifi. Elektron jadvallar
  • 2. MS Excel jadval protsessorlarining funksiyalari. Jadval protsessorlarining funksiyalari
  • Microsoft
  • Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari Reja




    Download 7.7 Kb.
    bet1/3
    Sana29.07.2023
    Hajmi7.7 Kb.
    #77610
      1   2   3
    Bog'liq
    Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanis-hozir.org


    Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari Reja

    Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
    Reja:
    1. MS Excel dasturining umumiy tavsifi.
    2. MS Excel jadval protsessorlarining funksiyalari.
    3. Elektron jadvaliga ma'lumotlarni kiritish va tahrirlash.
    4. MS Excel dasturida formulalarni kiritish va tahrirlash.
    5. Standart funksiyalaridan foydalanish.
    6. Elektron jadvallarida diagrammalar tuzish.

    1. MS Excel dasturining umumiy tavsifi.


    Elektron jadvallar - jadval ko’rinishida berilgan ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo’ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o’lchovli massivlar bo’lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqat jadvallar yaratibgina qolmay, balki jadvaldagi ma'lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy, buxgalteriya va injenerlik hisob–kitoblarini bajarish, turli ko’rinishdagi diagrammalarni qurish, murakkab iqtisodiy tahlil o’tkazish, turli xo’jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin.


    2. MS Excel jadval protsessorlarining funksiyalari.
    Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:
    • elektron jadvallarni yaratish va tahrir qilish;


    • elektron jadvallarni bezash va chop etish;


    • formulalar orqali bog’langan ko’p jadvalli hujjatlarni yaratish;


    • diagrammalarni ko’rish, ularni o’zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;


    • elektron jadvallar bilan ma'lumot bazasi kabi ishlash: jadvallarni saralash va ma'lumotlarni so’rovga muvofiq tanlash;


    • jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish;


    • ma'lumotlarni statistik qayta ishlash.


    Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo’nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar tomonidan turlicha aniqlangan. Microsoft firmasi Excel ADPning funksional vositalari to’plamini yaxshilashga asosiy e'tiborni qaratgan va bunda shubhasiz uning mahsuloti boshqa elektron jadvallar orasida peshqa-damlik qiladi. Excel ADPda ko’p funksiyalar boshqa elektron jadvallarga nisbatan mukammal ishlangan. Bundan tashqari Excel ADPda massivlarni ishlatish imkoni – ko’p masalalarni yechishda samarali formulalar yechimini ta'minlaydi. Formulalar va funksiyalarda diapazonlar nomini qo’llash esa jadvallar bilan ishlashda katta qulaylik yaratadi.





    Download 7.7 Kb.
      1   2   3




    Download 7.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari Reja

    Download 7.7 Kb.