10-Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari reja




Download 1,72 Mb.
bet1/6
Sana08.10.2020
Hajmi1,72 Mb.
#12034
  1   2   3   4   5   6

10-Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari

REJA

  1. Internet asoslari.

  2. Kompьyuter tarmoqlarda internet manzillar, Web-elementlar, pochta texnologiyalari




  1. Internet markazlashtirilgan boshqaruvga ega emas. SHu sababli, hech bir shaxs, tashkilot yoki davlat uni yuritadi yoki egalik qiladi, deb aytib bo’lmaydi. ko’plab xususiy tashkilotlar, universitetlar, davlat agentliklari undan foydalanganliklariga pul tulaydilar, uning o’zlariga tegishli bir qismini yuritishadi. Internetga ulangan yoki uning tarkibiy qismi bo’lgan xususiy tashkilotlar juda xilma-xildir. Ular orasida juda kichiq, masalan, uydagi rakamli maishiy buyumlarni boshqarish uchun tuzilganlaridan tortib, tijorat maqsadida tuzilgan America on Line, Yahoo, Google kabi gigantlar ham bor. Ular orasida Internet Service Provider - Internet xizmatlari provayder (ta’minlovchi)larini alohida ta’kidlab utish kerak. Ular, masalan, East Telecom, Evo, Techno Service Provider lar boshqalarga, masalan aholiga, internetga ulanish va boshqa xizmatlarni taklif qiladilar.

  2. Internetni moliyalashtirish. Davlat tomonidan turli agentliklar orqali turli mintaqa va davlatlarni boglovchi ba’zi internet magistrallari qurilishi, hamda undan foydalanishni moliya bilan ta’minlaydi. Ba’zi yirik tashkilotlar, masalan O’zbektelekom, o’z magistrallariga ega.

  3. Internetni mintaqaviy tarmoqlar birlashmasi deb karash mumkin. Mintaqaviy tarmoqlar biron bir xudud ichida Internet faoliyatini ta’minlaydi va kullab kuvvatlaydi. Mintaqaviy tarmoqlar o’z navbatida kichiqrok tarmoqlardan tashkil topgan bo’ladi va uning tarkibiga turli internet xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilotlar ham kiradi.

  4. Internet Service Provider - Internet xizmatlari provayderlari aholi va tashkilotlarga internetga oylik ulanishlarni sotadi. Ular odatda o’zlariga tegishli Internet segmentiga ega bo’ladilar. Ulardan ba’zilari, masalan East Telecom, o’z magistrallariga egalar. Telefon kompaniyalari ham internetda katta masofalarga ulanish imkoniyatini beradilar.

  5. Superkompyuter markazlarida katta mikdordagi internet resurslari jamlangan bo’ladi va ular bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilarga xizmat qilish imkoniyatiga egadirlar. Bu markazlar Internet magistrallariga ulangan bo’ladilar.

  6. Registratorlar deb ataluvchi tashkilotlar Internet domen (soha) nomlarini kayd qilish uchun mas’ullar. Domenlarga misollar sifatida www.zn.uz,www.infocom.uz,www.google.com, mail.ru larni keltirish mumkin.

  7. InterNIC (Net Information Center - tarmoq axboroti markazi) domenlarni kayd qilishga va bu hukukni boshqa registratorlarga berishga mas’uldir. Bu markaz internet manzillari (125.34.24.21) va domen nomlari (www.torg.uz) orasidagi boglikliklarni ta’minlaydi.

  8. Internet Society - Internet jamiyati xususiy notijorat tashkilot bo’lib, internet uchun turli texnologik va arxitekturaga oid tavsiyalar (masalan, HTML yoki TCP/IP) ni beradi.

Internet tarixi





Birinchi sun’iy yuldosh Birinchi kompyuter tarmogi



  • 1838 - birinchi telegraf yaratildi.

  • 1943 - birinchi kompyuter yaratildi

  • 1957 - birinchi sun’iy yuldosh uchirildi.

  • 1958 - ARPA - (Advanced Research Projects Agency) ilgor izlanishlar agentligi tuzildi.

  • 1962 - Intergalactic Network - Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan ma’lumotlarni ola bilish.

  • 1969 - ARPA net - 4 ta kompyuterni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.

  • 1971 - tarmoqda 14 ta kompyuter. FTP - File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) kabul qilindi.

  • 1972 - Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.

  • 70 yillar - ko’plab kompyuter tarmoqlari paydo bo’ldi.

  • 1974 - Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan boglash uchun TCP - Transmission Control Protocol taklif qilindi. Bu protokolni taklif qilgan Virt Cerf va Bob Kahn lar keyinchalik internet otalari deb nom oldilar.

  • 1978 - IPv4 protokoli kabul qilindi.

  • 1982 - ARPA net ikkiga bo’lindi. Milnet (Military net - harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq).

  • 1983 - TCP/IP - Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma’lumotlarni almashish protokoli Internet uchun asos qilib olindi.

  • 1984 - Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.

  • 1986 - Tezligi 56 kb/s bo’lgan birinchi internet magistrali ishga tushdi.

  • 1988 - finlyandiyalik talaba Yarko Oykarinen internet orqali chat sugbatlari goyasini taklif qildi.

  • 1990 - Birinchi xususiy Internet provayderi ish boshladi.

  • 1991- Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam turi)ga asos solindi. Internet xozirgi kurinishga ega bo’ldi.

  • 1994 - Yahoo kompaniyasiga asos solindi.

  • 1995 - eBay ish boshladi

  • 1995 - birinchi veb brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.

  • 1996 - Google loyixasi ish boshladi.

  • 1999 - yirik shaxarlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi.

  • 2000 - Internet2, IPv6 ish boshladi.

  • 2001 - Fayl almashish xizmati ommaviylashib ketdi.

  • 2004 - on line uyinlar ommaviylashib ketdi. World of Warcraft ga obuna bo’lganlar soni 12 mlndan oshdi.

  • 2005 - Web 2.0 texnologiyalari ommaviy tarzda kullana boshlandi. Butun olam turining kiyofasi uzgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashxur bo’lib ketdi.

  • 2007 - Mobilь internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.

  • 2008 - Facebook portali uzining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad keltirdi.

  • 2010 -IPv4 resurslari tugadi va Internet2, IPv6 uning urnini egallab, Internetning rasmiy protokoli deb e’lon qilindi.

Download 1,72 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari reja

Download 1,72 Mb.