|
iqtisodiy siklning asosiy bosqichlari
|
bet | 4/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 77,59 Kb. | | #233630 |
Bog'liq Iqtisodiy sikl (2) 2 copy2.1 iqtisodiy siklning asosiy bosqichlari
Har qanday mamlakat iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va
narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli
iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo’g’inlarda uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko’plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat
qilib, talabning ko’payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o’sishi yoki
qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro’y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning
ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan
ahamiyatliligi to’g’risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof,
M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns,
Y.SHumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o’quv qo’llanmalarda mazkur muammoni
yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to’xtalib o’tilgan. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o’sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o’zi esa munozarali va kam o’rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan.
Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob'yekt o'zining rivojlanishi mobaynida paydo bo'lish, ulg'ayish, pasayish va halok bo'lish bosqichlaridan o'tadi. Har qanday tizim (ob'yekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o'tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro'y beradi, ba'zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo'ladi.
Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to'rt marotaba tashqi qarz to'lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to'lqini -o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo'lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo'lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o'zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o'rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to'xtalamiz.
Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o'zining ta'sirini ko'rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo'shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holatidan boshlandi. So'ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o'z navbatida, ko'plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
|
| |