Iqtisodiy sikl umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya




Download 77,59 Kb.
bet2/6
Sana14.05.2024
Hajmi77,59 Kb.
#233630
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy sikl (2) 2 copy

1.1 Iqtisodiy sikl tushunchasi
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni,uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyandavrniifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklninginqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalishfazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning bir qator fazasiinqirozdanboshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyinturg‘unlik fazasiboshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. Jonlanish fazasidaishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasidaishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,bozorni kengaytirish uchunturtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. SHunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIXva XX asr birinchi yarimidagi sikllardan sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda faqat ikki faza retsessiya va yuksalish ajratiladi. Retsessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalishfazasi esa jonlinish va o‘sishni qamrab oladi. Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi retsessiya deb nomlanadi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas. 1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40 foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi. Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta. Keyingi 10 yil ichida goh-gohida Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika, Germaniya va Janubiy Koreyada ham shu kabi inqirozlar kuzatildi. 4 Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi Sikllilik, ishlab chiqarishning davriy tushib turishi deyarli 200 yil davomida bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga xos bo‘lgan. Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi.Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi. Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchivaiqtisodiyhodisalarningdavriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; - oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko`p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo`yicha ro`y bermaydi.
Iqtisodiy rivojlanish o`z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o`zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo`lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo`lgan iqtisodiy o`sish ko`proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o`sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo`lib, o`z ifodasini real yamm (yaim) hajmining va uning aholi jon boshiga ko`payishida topadi.
Iqtisodiy o`sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o`sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo`ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o`sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o`zgarishlari shaklida ham namoyon bo`ladi. Prezidentimiz i.karimov ta'kidlab o`tganlaridek: «iqtisodiy rivojlanish sur'atlari haqida gapirganda... Uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko`rsatkichlariga ko`proq e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o`sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o`zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so`z bilan aytganda, Seminar hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan iqtisodiy o`sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko`payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Mahsulotning o`sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o`zgarishi o`rtasidagi nisbat iqtisodiy o`sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o`sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko`payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko`paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o`rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo`yicha xuddi o`shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o`zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o`sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo`llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo`li bilan erishiladi. Intensiv yo`l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o`sishida, mahsulot sifatining oshishida o`z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo`lgan yana bir korxona qurishga hojat yo`q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo`lmaydi, balki muayyan uyg`unlikda, bir-biri bilan qo`shilgan tarzda bo`ladi. Shu sababli ustivor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o`sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o`sish murakkab va ko`p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko`rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko`rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko`rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko`rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o`sishning jismoniy ko`rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta'siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o`sish sur'atlarini hisoblashda har xil ne'matlar ishlab chiqarishni umumiy ko`rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko`rsatkichlar keng qo`llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to`liq «tozalash» mumkin bo`lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o`sish sur'atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o`sishning asosiy qiymat ko`rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
Yamm (imm) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o`sish sur'ati;
1. Yamm (imm) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to`g`ri keladigan miqdori va uning o`sish sur'ati;
2. Yamm (imm) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to`g`ri keladigan miqdori va uning o`sish sur'ati;
Iqtisodiy o`sishni aniqlashda har uchala ko`rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potentsial muammosi tursa, birinchi ko`rsatkichdan foydalanish ko`proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko`proq ikkinchi ko`rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko`rsatkichga ustivorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o`sish % (foiz) da o`sishning yillik sur'ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o`tgan yili real yamm 60 mlr. So`mni va joriy yilda 70 mlr. So`mni tashkil qilgan bo`lsa, o`sish sur'atini joriy yildagi real yamm ning bazis davrdagi hajmiga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o`sish sur'ati 16,6% ni (70g`60*100) tashkil qiladi.
Mamlakatning iqtisodiy o`sish sur'atini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar (real yamm va aholi jon boshiga real yammning o`sishi) miqdoriy ko`rsatkichlar bo`lib, ular
- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to`liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o`sishini to`liq xarakterlab berolmaydi;
- ikkinchidan, real yamm va aholi jon boshiga yammning o`sishi bo`sh vaqtning sezilarli ko`payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko`rsatilishiga olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o`sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi.
Iqtisodiy o`sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi ko`rsatkichlari ham mavjud bo`lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
A) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya'ni uning unumdorligi.
B) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.
V) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o`rtasidagi nisbat.
G) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
5.Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg`arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo`ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o`z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar, yaratilgan san'at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o`lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko`ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o`lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil Seminarotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo`lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo`ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo`ladi. U kishilarning ko`plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg`arish oqibatida vujudga keladi va o`sib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig`indisi sifatida tasavvur qilish noto`g`ri bo`lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o`rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg`arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o`sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo`lib, tarkibiy tuzilishi bo`yicha qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:
— ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo`ladi, hamda o`zining texnikaviy darajasi bo`yicha yalpi milliy mahsulotning o`sish imkoniyatini belgilab beradi:
— noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi.
— aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo`lib, asosiy kapitalning taxminan 1g`4 qismini tashkil qiladi.
— tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo`lib, potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi.
— moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro`y berishi mumkin bo`lgan va oldindan bilib bo`lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug`urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi.
— aholining uy, tomorqa va yordamchi xo`jaligida jamg`arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog`i o`zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik o`zgarishlar ro`y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko`payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o`quv, sog`liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko`proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o`sib boradi.
Moddiy buyumlashgan boylik o`sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
Mehnat unumdorligining o`sishi;
Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
Milliy daromadda jamg`arish normasining ortishi.
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma'nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko`payishi ro`y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o`sish sur'ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog`liq bo`ladi.
Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa-da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog`liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro`y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o`rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi.
Tabiat in'omlari o`zlarining dastlabki ko`rinishida tabiiy boylik bo`lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog`liq bo`lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo`ladi. Bunday boyliklarga ta'lim, sog`likni saqlash, fan, madaniyat, san'at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san'at asarlari alohida o`rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi, jamiyat a'zolarining to`plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog`liqni saqlash, ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o`z ifodasini topadi.
Moddiy buyumlashgan boylikning o`sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko`payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat, san'at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o`sib va takomillashib boradi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo`lib, o`z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.

Download 77,59 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 77,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy sikl umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya

Download 77,59 Kb.