• Iqtisodiy siklning asosiy bosqichlari
  • Iqtisodiy sikl umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya




    Download 77,59 Kb.
    bet3/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi77,59 Kb.
    #233630
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Iqtisodiy sikl (2) 2 copy

    1.2 Iqtisodiy sikl turlari
    Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
    Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
    Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
    Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
    Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
    Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.

    Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.


    Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ularni quyidagi 5-chizma orqali ifodalash mumkin.
    Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.1 Quyidagi 6-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.

    2.1 Iqtisodiy siklning asosiy bosqichlari


    Jadval. Sikllarning asosiy turlari

    Sikl turlari



    Siklning davomiyligi



    Asosiy xususiyatlari



    Kitchin sikli



    2–4 yil

    YaMM,Zahiralar miqdori inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

    Juglar sikli

    7–12 yil



    YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishiInvestitsion sikl



    Kuznets sikli



    16-25 yil



     yalpi talab  uy-joy qurilishi  immigratsiya Daromad daromad



    Kondratev sikli



    40-60 yil



    Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar



    Forrester sikli



    200 yil

    Energiya va materiallar

    Toffler sikli



    1000-2000 yil



    Sivilizatsiyalarning rivojlanishi






    Download 77,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 77,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy sikl umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya

    Download 77,59 Kb.