• Nazorat savollari
  • Iqtisodiy xavfsizlik




    Download 0,63 Mb.
    bet28/76
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #158660
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-www.fayllar.org

    Qisqacha xulosalar
    1.Jahon xo’jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichida xufiyona iqtisodiyot global muammoga aylanib bormoqda. Xufiyona iqtisodiyot bozor xo’jaligining obyektiv va doimo mavjud bo’luvchi tizimi bo’lib hisoblanadi. Bunday tizim doirasida faoliyat olib boruvchi xo’jalik subyektlari raqobatning umumqabul qilingan qoidalaridan tashqarida o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda qonunga, ish yuritish etikasiga, biznes va hokimiyat o’rtasidagi o’yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy me’yorlariga zid bo’lgan xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
    2. Xufiyona iqtisodiyot turli, jumladan, antropologik, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy siyosiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini baholashga bo’lgan turli yondashuvlar mavjud.
    3.Xufiyona iqtisodiyot rivojlangan va rivojlanish bosqichida bo’lgan mamlakatlar uchun xarakterli bo’lib, o’zining miqyoslari jihatdan farq qiladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot yo’lida to’siq rolini o’ynaydigan samarali institutsional mexanizm shakllangan. Bunda davlat markaziy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Dunyo tajribasidan ma’lumki, qaysi mamlakatda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar yuqori bo’lsa, shu mamlakatda xufiyona iqtisodiyot miqyoslari kam bo’ladi.


    Nazorat savollari
    1. Nima uchun xufiyona iqtisodiyot global muammoga aylandi?
    2. Qaysi mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot miqyoslari katta bo’ladi?
    3. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarining kengayishiga nimalar sabab bo’ladi?
    4. O’zbekistonda xufiyona iqtisodiyot miqyoslari qanday?
    5. Xufiyona iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz?
    6. Xufiyona iqtisodiyotning qanday shakllari mavjud?
    7. Xufiyona iqtisodiyotning shakllanishiga qanday sabablar ta’sir ko’rsatadi?
    8. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini baholashga bo’lgan yondashuvlar to’g’risida gapirib bering.
    9. Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan yondashuvlar.


    Adabiyotlar
    1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
    2. Ortiqov A., Isaxodjaev A., SHestakov A. Xufiyona iqtisodiyot. Toshkent, 2002.
    3. Popov Yu.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33
    4. Yechmakov S.M. Tenevaya ekonomika. Analiz i modelirovanie. – M.: Finansы i statistika, 2004



    Download 0,63 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




    Download 0,63 Mb.