• Qisqacha xulosalar
  • Mamlakatimizdagi iqtisodiy xavfsizlik
  • Davlatning iqtisodiy vazifalari
  • Bozor noqobilligi
  • Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va uni ta`minlashning ahamiyati. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari




    Download 5.57 Mb.
    bet2/2
    Sana20.06.2023
    Hajmi5.57 Mb.
    #74484
    1   2
    Bog'liq
    X Dauirbek
    XUlpqfr92xI6AiJB0uacbQz31oqAKny9M0UR3i3N, Iqtisodiy Tarix

    Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni


    Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    – resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
    – resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;
    – iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
    – hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;
    – suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;
    – ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.
    Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi.

    Qisqacha xulosalar


    Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Mana shu mezon va ko’rsatkichlar asosida iqtisodiy tizimning amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara doirasida yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini barqaror taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi.

    Mamlakatimizdagi iqtisodiy xavfsizlik


    Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o`zbek iqtisodiyotida yangi sohalardan hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta’minlaydi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari, mamlakatga chetdan kirib keluvchi import tovarlarining ham soni ortib boradi. Bunda kirib kelayotgan har bir tovarning qonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilayotganligi, aholining salomatligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini bilish mamlakat uchun muhim sanaladi.
    Bu o’z navbatida, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojni paydo qiladi. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, iqtisodiyot sohalari raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning strategiyasi siyosati va iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. U O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, milliy boyligini ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoya qilishni ko`zda tutadi. 
    Davlatning iqtisodiy vazifalari
    Davlat
    Davlat noqobilligi oqibatlarining oldini olish
    Boylik va daromadlarni qayta taqsimlash
    • Bozorlarning monopollashishiga qarshi kurash.
    • Ijtimoiy tovarlar va hizmatlar yaratish.
    • Qo`shimcha tashqi ta`sirlarni tartibga solish va nazorat qilish.

    1.Daromad va mulkni soliqqa tortish.
    2.Ijtimoiy himoya va transferlar.

    Davlatning iqtisodiy vazifalari


    1.Jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asosini saqlab turish.
    2.Raqobatni qo`llab quvvatlash.
    3.Ijtimoiy ne`matlar – tovar va xizmatlar bilan ta`minlash.
    4.Qo`shimcha tashqi ta`sirlarni tartibga solish.
    5.Daromad va boyliklarni taqsimlash.
    6.Iqtisodiyotni barqarorlashtirish

    Bozor noqobilligi

    E`tiboringiz uchun raxmat!


    Download 5.57 Mb.
    1   2




    Download 5.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va uni ta`minlashning ahamiyati. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari

    Download 5.57 Mb.