• Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida
  • Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]




    Download 24.87 Kb.
    bet1/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi24.87 Kb.
    #172117
      1   2
    Bog'liq
    PQ-381 30.11.2023
    образец-объективка-узб

    
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
    [TSZ:
    1.Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    Qarori
    Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida
    So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining raqamli sektori kengayib, uning asosiy o‘sish omillari hisoblangan elektron tijorat platformalari, raqamli servislar va ularda amalga oshiriladigan to‘lovlarni sifatli va xavfsiz qayta ishlash bilan bog‘liq moliyaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda.
    Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda o‘g‘rilik yoki firibgarlik holatlarining ko‘payishi aholining raqamli moliyaviy savodxonligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasi yetarli emasligi, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy tizimlari mavjud emasligidan dalolat bermoqda.
    Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish, shuningdek, aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida:
    1. Belgilansinki:
    a) 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha talablar kiritiladi;
    b) to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:
    2024-yil 1-iyuldan boshlab — to‘lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so‘mni, to‘lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so‘mni;
    2025-yil 1-iyuldan boshlab — to‘lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so‘mni tashkil etadi;
    v) “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi;
    g) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish sohasidagi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) o‘tkaziladi.
    2. O‘g‘rilik, firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chek qo‘yish maqsadida Markaziy bankka tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar sodir etilgan taqdirda, bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni uch kungacha muddatga vaqtincha cheklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatmalar berish vakolati berilsin.
    3. Markaziy bank manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
    tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari tomonidan fuqarolarga onlayn xizmatlar ko‘rsatishda texnik himoya usullarini takomillashtirish, antifrod tizimlarini joriy etish, ketma-ket uch yoki undan ortiq o‘tkazmalar nazoratini avtomatlashtirish, bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
    zamonaviy tahdidlar, bank kartalari (karta rekvizitlari) bilan, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali noqonuniy operatsiyalarning oldini olish uchun aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
    4. Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Vazirlik va idoralar rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
    5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
    mablag‘larni oluvchi tomonidan qimor o‘yinlari tashkil etish va o‘tkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotganligi to‘g‘risidagi to‘lov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilanganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan mablag‘larni qabul qiluvchiga transchegaraviy o‘tkazish taqiqlanadi;
    Agentlik murojaatlari asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga xilof ravishda qimor o‘yinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmog‘idagi axborot resurslari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i reyestriga kiritiladi.
    6. Bosh prokuratura Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga raqamli texnologiyalar vositasida jinoyat sodir etilgan joy va usulini aniqlashning jinoiy va jinoyat-protsessual asoslarini, elektron (raqamli) dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, ekspertiza qilish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
    7. Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini tasdiqlasin.
    8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin. Bunda:
    2024/2025 o‘quv yilidan boshlab raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarini aniqlash, ushbu soha bo‘yicha kadrlarni tayyorlash davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
    Huquqni muhofaza qilish akademiyasida, Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining ta’lim muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovoldi tekshirishni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy kurslarni tashkil etishni nazarda tutsin.
    9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
    10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

    Download 24.87 Kb.
      1   2




    Download 24.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]

    Download 24.87 Kb.