Kreditning ta`minlanganligiga ko`ra turlari. Kreditning muddatiga ko`ra turlari. Kreditning to`lovliligiga ko`ra turlari




Download 144,11 Kb.
bet5/7
Sana18.01.2024
Hajmi144,11 Kb.
#140521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kredit va uning hozirgi zamon shakllari kurs ishi

Kreditning ta`minlanganligiga ko`ra turlari. Kreditning muddatiga ko`ra turlari. Kreditning to`lovliligiga ko`ra turlari.

Kreditning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag`larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo`sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag`larga bo`lgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga bog`liq. Kredit muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olinganda vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablag`larni to`liq va belgilangan muddatda qaytarilishini ta`minlash mumkin. Kreditning muddatliligiga rioya qilish banklar uchun ham, kredit oluvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining aylanishini jadallashtirsalar va ulardan oqilona foydalanishga erishsalar, xo`jaliklar o`z daromadlarini ko`paytirish, o`z va qarz mablag`laridan foydalanish samarasini oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish aksariyat hollarda bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Kredit muddati qarz olingan mablag`larni qaysi davrgacha foydalanishini hisobga olgan holda belgilanadi
Kreditning qaytarishliligida , bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so`m pul mablag`lari yana bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mablag`larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytarish tamoyilining shunday muhim xususiyati borki, kreditni boshqa tovar - pul munosabatlarining iqtisodiy kotegoriyalaridan farqi bo`lgan iqtisodiy kategoriya sifatida ajratib turadi. Qaytarilish kreditning ajralmas atributi hisoblanadi. Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya`ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi.
Kreditning ta`minlanganligida ssudaning ta`minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zahiralari, ko`chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o`z navbatida kreditni o`z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. Olingan kredit mablag`lari korxonada ishlab chiqarish zaxirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklarni ta`minlash uchun beriladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga berilgan ssudalar yoki tomonlar majburiyatlari bilan real ta`minlanadi. O`zbekiston respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta`minlanganligi sifatida tovar - moddiy boylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham amaliyotda keng qo`llanilmoqda. Bu holat bank risklarini kamaytirgan holda kreditlarning bankka o`z vaqtida qaytishini ta`minlaydi. Ssudaning o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash uchun kredit shartnomasiga ko`ra qarz oluvchi garovga ma`lum qiymatga ega bo`lgan mol - mulkni qo`yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o`z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko`riladi. Kredit miqdori garovga qo`yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditning to`lovliligida olingan kredit uchun haq to`lash yoki foizidir. Bunda shartnomaga ko`ra kredit oluvchi korxona o`z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag`laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka belgilangan haqni to`lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning "narxidir". Kredit uchun haq to`lash korxonalarni xo`jalik hisobiga shu jumladan resurslarni ko`payishiga hamda jalb qilingan mablag`lardan foydalanishga ta`sir etadi. Bank muassasalari kredit foizi hisobidan o`z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haq to`lash tamoyili qarzga olingan mablag`lardan unumli foydalanish va kreditni qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxonaga iqtisodiy ta`sir ko`rsatish vositasidir.
Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati o`tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish muddati shartlariga qat`iy ravishda rioya qilishga yordam beradi.
O`zbekiston respublikasi tijorat banklari kredit to`lovi miqdorini belgilashda ahamiyat beradigan quyidagi asosiy tamoyillar mavjud. Bular:

  • O`zbekiston respublikasi markaziy banki tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudalar bo`yicha o`rnatilgan qayta moliyalash foiz stavkasi;

  • Banklararo kredit bo`yicha o`rtacha foiz stavkasi, ya`ni aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar bo`yicha;

  • Turli depozit hisobvaraqlar bo`yicha mijozlarga bank tomonidan to`lanadigan o`rtacha foiz stavkasi;

  • Bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag`lar hissasi yuqori bo`lganda kredit narxi ham yuqori bo`ladi);

  • Kreditga bo`lgan talab;

  • Talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya`ni uning ta`minlanganligiga bog`liq ravishda risk darajasi;

  • Mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati(inflyasiya sur`ati yuqori bo`lsa kredit shunchalik qimmat bo`ladi, chunki pul qadrsizlanishi tufayli bankning o`z resurslarini yo`qotish riski ortadi) va boshqalardir;




    1. Download 144,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 144,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kreditning ta`minlanganligiga ko`ra turlari. Kreditning muddatiga ko`ra turlari. Kreditning to`lovliligiga ko`ra turlari

Download 144,11 Kb.