|
Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan
|
bet | 1/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 144,11 Kb. | | #140521 |
Bog'liq Kredit va uning hozirgi zamon shakllari kurs ishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI VA AUDIT YO`NALISHI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Kredit va uning hozirgi zamon shakllari.
Bajardi: SBIA 79/22 GURUH
TALABASI A`ZAMXONOVA S.
Qabul qildi: ass.Qilicheva K.M.
Toshkent – 2023
Kredit va uning hozirgi zamon shakllari.
MUNDARIJA
KIRISH 3
ASOSIY QISM 5
1-BOB. KREDIT TURLARI VA SHAKLLARI 5
1.1. Kreditning tarmoq yo`nalishiga ko`ra turlari 5
1.2. Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko`rsatishiga ko`ra turlari. Kreditning kreditlash obyektlariga ko`ra turlari 9
1.3. Kreditning ta`minlanganligiga ko`ra turlari. Kreditning muddatiga ko`ra turlari. Kreditning to`lovliligiga ko`ra turlari 14
1.4. Kreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar 17
XULOSA 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 33
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
|
| |