|
Kreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar
|
bet | 6/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 144,11 Kb. | | #140521 |
Bog'liq Kredit va uning hozirgi zamon shakllari kurs ishiKreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar.
Kreditning quyidagi shakllari mavjud: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar, bank, tijorat, davlat, iste,mol, ipoteka, хalqaro kreditlar.
Kredit obyektlarining iqtisodiy moxiyatiga qarab:
Tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
Ishlab chiqarish xarajatlari (maxsulotning yangi turini o`zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog`liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;
Xisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkredetiv ochilganda, tayyor maxsulotni junatganda va boshqa xollarda).
Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo`naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va xakozo aniq biror obyektga maqsadli yo`naltirilganligi korxona bilan bank o`rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko`rsatilgan bo`ladi. Korxona olgan kreditini fakatgina kredit shartnomada ko`rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, junatilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga beriladi. Ssuda kapitali xarakatining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz oluvchi) o`rtasidagi munosabat, yani kapital xarakati, pul (p-t) ko`rinishida bo`ladi.
Kreditning bahosi va unga ta`sir qiluvchi omillar. Korxonalar foydalanilgan qarz mablag`lari uchun kreditorga foiz shaklida to`lovni o`tkazadilar. Kreditning to`lash uni to`liq summada o`z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to`lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o`z mablag`larini hech vaqt o`z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag`ni qarzga berganligi uchun muayyan to`lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to`lovi nafaqat banklar xo`jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog`liq xo`jalik hisobiga rag`batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi.
Kredit uchun haq to`lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo`ladi. Ko`rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funksiyasini bajaruvchi bank foizi me`yorini o`rnatish jarayonida namoyon bo`ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari kuyidagilardan iborat:
1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo`lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko`proq kredit riskiga limitlar o`rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o`stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish.
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o`zining manfaatini xam amalga oshirgan bo`ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo`yicha to`lanadigan foizni ularning o`zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to`langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me`yorini xisoblaganda quyidagilar e`tiborga olinadi:
- Ta`minlangan ssudalar bo`yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
- Xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo`shimcha to`lov.
Foiz stavkasi - jalb qilgan mablag`lar bo`yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag`larni jalb qilish turlari qancha ko`p bo`lsa ularni foiz stavkasi turlari ham ham shuncha ko`p bo`ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo`yicha foiz stavkasi to`laydi, bu o`z navbatida qo`yilgan mablag`(nakd, mulk va boshqalar) bo`yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo`yicha foiz stavkasi deyiladi. Foizlarni hisoblashda tartib bo`yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Ayrim hollar da har kunlik hisoblash qo`llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma`qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o`zluksiz hisoblash usuli qo`llaniladi.
Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko`payish quroli ko`rinishda, balki kengroq ma`noda bevosita mablag`larni bir egasidan boshqasiga oqib o`tish va ko`payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o`lchash uchun joriy etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang`ich summasiga yoki avalgi davlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo`llaniladi. Shunga o`xshash hisob stavkalari ham qo`llaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari suzib yuruvchi yoki o`zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo`yicha o`zgarishidan, misol uchun london banki tomonidan o`rnatilgan «libor»stavkasi)ga fiksirlangan qo`shimcha daromad-marja qo`shiladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o`zgarishi hisobiga o`zgarib turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo`yicha o`zgarishi orqali ko`rsatilishi mumkin.
Mavzuda keltirilgan formulani quyidagi belgilari qabul qilingan:
I - ssudani barcha muddati uchun foizlar.
K -yilni kunlardan iborat davomiyligi( vaqtinchalik baza)
R - ssudani avvalgi summasi.
S - ssudani qaytarishni ohirgi muddatidagi summa.
I - foiz stavka.
D - oddi hisob stavka.
P - ssudani yillardan iborat davomiligi.
D - ssudani foydalangan kunlar soni.
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aksiya va xosilaviy qimmatli qog`ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug`ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avanslar; shuningdek, iste`mol zayomlarga o`xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to`lashga va`da beradi yoki qat`iy belgilangan foizli qimmatli qog`ozlar deyiladi.5
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo`linadi:
- qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi
- o`zoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aksiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo`lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog`ozga o`xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta korxonalarni tijorat vekseliga o`xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konvertatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajatliligi hamda oddiyligiga bogliq holda aniqlanadi.
Qo`shimcha bo`lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat`iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda o`zgarmaydi. Ushbu qat`iy belgilangan qo`shimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Nominal foiz stavkasi deganda e`lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa:
R = i + x,
Bu erda, x – inflyasiyaning kutilayotgan darajasi.
Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli - tumanligi mavjud.
Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar bo`yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.
Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi, kredit resurslarining banklararo bozoridagi, taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo`yicha amalga oshiradi. Misol sifatida libor (libor – london inter bank offered rate) london banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya`ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon`yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Libor stavkasi deganda ushbu banklar bo`yicha o`rtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o`rtacha stavka tushuniladi.
Fv = 1000 dollar * 1,10 = 1100 dollar.
Agarda siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo`ladi? Ikkinchi yil davomida siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng bo`ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib siz 1210 dollarning egasi bo`lasiz.
Murakkab foizlarning tabiati to`g`risida aniq bir tasavvurga ega bo`lish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga bo`lamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo`lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi.
Oddiy foizlar. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi.
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan bo`lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan.
Murakkab foizlar / to`langan foizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat.
Fv = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar.
Uch yildan so`ng ushbu summa:
Fv = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar.
Kredit bozorining funksiyalari uning mohiyati va kapitalistik xo`jalikda bajaradigan roli, shuningdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish bo`yicha vaziflalar bilan belgilanadi.
Kredit bozorining beshta asosiy funksiyasini ajratib ko`rsatish lozim:
- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko`rsatish;
- korxonalar, aholi, davlat, shuningdek, xorijiy mijozlarning pul jamg`armalarini jamg`arish va to`plash;
- pul fondlarini bevosita ssuda kapitaliga aylantirish va undan ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish uchun kapital qo`yilmalar ko`rinishida foydalanish;
- davlat va iste`mol xarajatlarini qoplash uchun kapital manbalari sifatida davlat va aholiga xizmat ko`rsatish;
- kapital markazlashuvini jadallashtirshi, kuchli moliya-sanoat guruhlari shakllanishiga ko`maklashish.
Kredit bozorining aytib o`tilgan funksiyalari ishlab chiqarishning kapitalistik usulini qo`llab-quvvatlash, davlat-monopolistik kapitalizmi iqtisodiy tizimining faoliyatini ta`minlashga yo`naltiriladi.
Pul kapitali jamg`arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog`ozlar ko`rinishida turli pul fondlari hosil bo`lishi va foydalanilishi bilan uyg`unlikda bog`langan bo`ladi. Bozor vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`siriga sarflanadigan pul fondlari harakati, hajmi va yo`nalishini aniqlash va o`lchash mumkin.
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim, shuningdek, qat`iy belgilangan foiz stavkasi bilan o`tkazilishi mumkin. Kimoshdi savdosi o`tkazishning amerikacha usulida talabnoma banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo`yicha qondirliadi. Rossiya federatsiyasida bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi markaziy bank tomonidan taklif etilgan minimal stavkadan past bo`lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi minimal stavkaga teng bo`lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig`iga proporsional ravishda qondiriladi. Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan talabnomalar ro`yxatiga kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi bo`yicha qondiriladi. Qat`iy belgilangan foiz stavkali kimoshdi savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar miqdoriga nisbatiga mos keladi.
O`zbekiston respublikasi markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 20- apreldagi 41-sonli kredit resurslari kimoshdi savdosini o`tkazish tartibiga muvofiq o`zbekiston respublikasi valyuta birjasida (o`zrvb) moliyaviy vositalarni so`mda va xorijiy valyutada joylashtirish bo`yicha kimoshdi savdolari o`tkazish tartibi belgilangan.
Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi:
- o`zbekiston respublikasi markaziy bankining (bundan keyin - markaziy bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish.
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya bozorini sog`lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi.
XULOSA
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.
|
| |