Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko`rsatishiga ko`ra turlari. Obyektlariga ko`ra turlari




Download 144,11 Kb.
bet4/7
Sana18.01.2024
Hajmi144,11 Kb.
#140521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kredit va uning hozirgi zamon shakllari kurs ishi

Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko`rsatishiga ko`ra turlari. Obyektlariga ko`ra turlari.

Kredit xar kanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chikarit maxsuli, kiymatning xarakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.keditning moxiyati uning ichki belgilarini ochib berishga karatilgan. Kreditning moxiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muxim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko`rsatuvchi asoslarini bilish demakdir.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan xolda kreditning ba`zi muxim tomonlari aniqlanadi:
Birinchidan, uning ijtimoiy maxsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta taqimlashga bog`likligi;
Ikkinchidan, kreditning xarakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi;
Uchinchidan, takror ishlab. Chiqarishdagi xarakatning asosiy xal etuvchi belgisi (qarz) ekanligi va x. K
Berilgan kredit kaytarib berishlilik xarakteriga ega. U xuddi shu sifati bilan moliyadan farq qiladi.
Ssuda kapitali manbalarining taxlili kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi moxiyatini aniklashga asos bulib xizmat kildi.
Bir kator iktisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaktincha bo`sh pul mablaglarini yigish va ularni taksimlash shaklidir.
Kreditning moxiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, xarakat bosqichlarini, iqtisodiy kategoriya sifatidagi muxim belgilarini ijtimoiy - iqtisodiy xarakteristikasini ko`rib chikamiz.
Xar qanday iqtisodiy kategoriya o`zining funksiyalariga ega bo`lgani kabi kredit xam o`zining bir kator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o`rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi.

Kreditning funksiyasi - bu kreditning iktisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon bulishidir.


Kreditni taxlil qilishda, funksiya, uning moxiyati va roli o`rtasidagi oralik zveno sifatida ko`rib chiqiladi.
Respublikamizning ko`zga kuringan olimalaridan biri sh. Abdullaeva o`zining "pul, kredit va banklar" nomli kitobida? Kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo`lishini ko`rsatib o`tadi:

  • Kredit (qarz beruvchi);

  • Qarzdor.

Bundan tashqari, kredit kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning obyekti yuzaga keladi.
Bunda qarzga berilgan mablag o`z kiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy xususiyati xisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning xarakat bosqichlari xam uni muxim belgisi xisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat xarakatini quyidagicha ifodalash mumkin:
Bk - okz - ik - vr + qk - fks
Bk- kreditning berilishi;
Okz - kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik extiyojini qondirish uchun olinishi;
Ik - kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olinganligi bilan uzviy bog`lik bo`ladi;
Vr - qarz oluvchining xo`jaligida qarzga olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishdan chikarilishini ifodalaydi;
Qk - kreditni qaytarish;
Fks - vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo`liga qaytib kelishi (foiz bilan).

Kredit moxiyatining taxlili uzluksiz jarayon. Bunda taxlil jarayonida yangidan yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.


Kredit mexanizmini tashkiliy iqtisodiy elementlaridan biri kredit obyektlaridir. Kredit obyektlari deyilganda kredit beriladigan aniq maqsad yoki uning nimaga mo`ljallanganligi tushuniladi. Xo`jaliklarga beriladigan kreditlarni ishlab chiqarish fondlarining aylanishi bilan uzviy bog`liqligi korxona va tashkilotlarni kredit berish jaryonini 2 sferaga ajratishni taqazo etadi:

  1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kredit berish.

  2. Kapital xarajatlar va quyilmalarni kredit berish.

Kredit berish bu tarzda 2 sferaga ajratish aylanma va asosiy fondlarning aylanishlaridagi xususiyatlar bilan belgilanadi. Ma`lumki, aylanma mablag`lar o`zlarining harakatchanligi aylanish tezligining kattaligi va ularni tashkil etishga beriladigan kreditlarning muddatini qisqaligi bilan ajralib turadi.4



    1. Download 144,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 144,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko`rsatishiga ko`ra turlari. Obyektlariga ko`ra turlari

Download 144,11 Kb.