|
Kurs ishining maqsad va vazifalari
|
bet | 2/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 198,47 Kb. | | #234536 |
Bog'liq “Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi”Kurs ishining maqsad va vazifalari. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar Kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining nazariy va metodologik manbalari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorlari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat kiladi.
Kurs ishini tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Qonunlaridan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlaridan, O`zbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot va Statistika Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi me’yoriy xujjatlari, kursatmalari, buyruklari va xisobotlaridan manba sifatida foydalanildi.
II. Asosiy qism
1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar;
- asosiy fondlar amortizasiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:
- xomashyo va materiallar xarajatlari;
- texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
- xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
- mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
- xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
- tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
- tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.
Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan:
- amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;
- xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
- ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va boshqa to’lovlar;
- qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati;
- Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;
- korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofatlar, qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar. Quydagi 1. 1.-jadvalda korxonalarning hisobiga olmaydigan xarajatlari haqida ma’lumot.
1.1.-jadval.
Korxonalarning hisobga olinmaydigan xarajatlari to’g’risida ma’lumot
2011 yil (ming so’m)
Nomlanishi O’tgan yilning olti oyida Shu yilning 6 oyida
Maosh va ajratmalar 82601 9196,2
Saqlash xarajatlari 496,0 600,0
Transport xarajatlari 4297,0 5000,0
Komunal xarajatlar 2350,0 2500,0
Qo’shimcha xom ashyo sotib olish 4879,0 5165,0
O`skuna va dastgohlarni ta’mirlash xarajati 8000,0 10000,0
Yo’l fondi solig’i 1638,0 1875,0
Maktabni rivojlantirish solig’i 1086,0 1250,0
Sotilgan mahsulotdan to’lanadigan soliq 7118,0 875,0
Jami xarajatlar 31747,1 35461,2
Manba: “Sino OAJ”ning yillik hisobotidan
Korxona 6 oy mobaynida 9196,2 ming so’m maosh uchun, qo’shimcha xom – ashyo uchun esa 5105,0 ming so’m xarajat qilish ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari mahsulot va sport ishlarini rivojlantirishda 1250 ming so’m, yo’l fond iva boshqa to’lovlar uchun xarajatlar sarflagan.
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarakatlari bilan bog’liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish jami xarakatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va ishlab chiqarilgan mahsulot korxonaga qanchaga olganini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarni ham amalga oshirishdi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish)larini ishlab chiqish va va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi izom» ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quydagi guruxlarga bo’linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy imkoniyatidan olinadigan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
- korxona umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar:
- favqulotda zararlar;
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilagan xarajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat)Larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmunga ko’ra quydagi elementlar bilan guruxga ajratiladi:
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladiga chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- ishlab chiqishga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- asosiy fondlar va ishlab chiqish ahamiyatiga ega bo’lmagan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi;
- ishlab chiqish ahamiyatiga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar;
Mahsulot, (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi – moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etish mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quydagilar tegishli bo’ladi:
- mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qisim hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar;
- normal texnalogiya jarayonini ta’minlash va mahsulotni o’rash, mahsulot (ish, xizmat)Lar yoki ishlab chiqarish ehtiyojlariga asrflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob – uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qisimlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, labaratoriya asbob – uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, mahsus kiyim—bosh va boshqa arzon ashyolarning eskirishi;
- sotib olinadigan, kelgusida O`shbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bulinmalari tomonidan bajariladigan faoiyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar;
- tabiy xom ashyo (yer rekultivasiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni regultivasiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi blan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tiziida belgilangan limintlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (ruldan foydalanishga huquqlarning amortizasiya qilinadigan qiymati yoki atrof – muhitni tiklash xarajatlari;
- texnalogik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yoqilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari;
- korxonaning texnalogik, transporti va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya;
- ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiy yo’qotish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
- korxonaning transport iva xodimlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazish Bilan bog’li xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga Kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizasiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati hamda idish va o’rash joylari materiallari qiymati, ularning amalda satilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narx bo’yicha chiqarilib tashlanadi.
«Moddiy xarajatlar» elementlari bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama0dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlarida tovar birjalari qiymatlaridan, shu jumladan brokerli xizmatlardan, bojlar va yig’imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining yirik elementlariga asosan ishlab chiqarish fondlarining eskirishidiri. Qaysikim, u amortizmsiya ajratmalari so’mmasiga tengdir. O`nga asosiy fondalarni tezlashtirilgan maortizasiyasi va uning indeksisiyasi ham kiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari – bu korxonalarning asosiy ishlab chiqarish xodimlarini mehnat haqi to’lash Bilan bog’liq xarajatlardir. Ulrga quydagilar kiradi.
- korxonada mehnatga haq to’lash shakllari tizmiga muvofiq ishbay rassenkalar, tarif stavkalari va lavozimi mashlaridan kelib chiqib, amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish uchun hisoblanadigan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki xo’jjatlardan nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga ukladlariga ustamalar;
- ish rejim iva mehnat sharoitlari Bilan bog’liq bulgan komrensasiya to’sidagi to’lovlar (texnalogik jarayon jadvalida nazarda tutilgan vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va ukladlarga ustama va qo’shimcha haq, ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasbini bilan qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirilgan uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ish ro’yhati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiy iqtisodiy sharoitlarda ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan uy sharoitlaridagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va h.k.);
- ishlanmagan vaqtda uchun to’lov (foydalanilmagan va qo’shimcha tatillar uchun kompensasiyalar, o’smirinlarning imtiyozli soatlik bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tish Bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash, har xil yig’imlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’imlar va boshqalar uchun mehnatga haq to’lash va h.k.).
Korxonada mohsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan material xizmatlari
(2011 yil)
№ Nomlanishi O`lchov birligi Soni Narxi Summa
1 Karam kg 858 60 51480
2 Shakar kg 25,4 600 15240
3 Shisha idish 3 litir Dona 360 240 86400
4 Qopqoqchalar Dona 360 60 21600
5 Uksus kislotasi kg 7,7 100 770
6 Tuz kg 18,2 70 1274
7 Ziravorlar kg 1,3 6000 7800
8 Gaz m/kt 190 41 7790
9 Elektr energiya kv.soat 270 36,5 9855
10 Suv m/kub 110 29 3190
11 Oqova suv () m/kub 110 29 3190
Jami - - - 208589
Hammasi X X X 298789
Manba: “Sino OAJ”ning yillik hisobotidan.
Mahsulot ishlab chiqarish to’g’risida sarf xarajatlarni taxlil qildigan bo’lsak tovar uchun 51480 so’m sarflagan bo’lsak, kalkulasiya to’lash sarf xarajatlar jami 208589 so’mni tashkil etadi bundan tashqari
- korxonalarda shtatida turmaydigan xodimlar mahsulotiga, ular tomonidan fuqarolik huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganliga uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob – kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham ushu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chchiqarish jarayoniga qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritilmagan to’lovlarning boshqa turlari. Korxonalarning ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urta ajratmalari – bu ijtimoiy fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish fondiga, kasaba uyuushmalari Federasiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.
Korxonalarning ishlab chiqarish quydagi boshqa xarajatlarga quydagilar tegishli.
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarish xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, instrument, vositalari va boshqa mehnat vositalari va buyumlari Bilan ta’minlash xarajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari;
- yoqilg’idan saqlash va qo’riqlashni hamda korxonalarning texnikaviy foydalanish Bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilishxarajatlari, ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lmagan asosiy vositalar joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;
-tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmalar; ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq – ovqatlar qiymati, korxonalar xodimlariga yeriladigan tekin uy – joy haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun xo’jjatlariga muvafiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoplagan buyuumlar qiymati va boshqalar).
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat sarflariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarish va ishchilarning ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari;
- brak tufayli kelib chiqadigan yo’qatishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli o’zgartirish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari; - ishlab chiqarish jarahotlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qotishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar;
- umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’ngalishlarda xodimlarni ish joyiga olib bori shva olib kelish bilan bog’liq xarajatlar.
Bizga ma’lumki korxonada mahsulot xarajatlari va sarf xarajatlar to’g’risida ma’lumot 1.2. jadvalda o’z aksini topgan.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni Bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar.
Korxonalarning sotish xarajatlariga quydagilar kiradi:
- tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo tarnsportida va ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganliga uchun to’lanadigan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlarnish korxonalari ishlari xarajatlari (mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: savdo reklamasi xxarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov beri shva ularni navlarga ajratish xarajatlari, tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi; o’rash-joylash materiallari xarajatlari; mol-mulkni majburiy sug’urta qilish xarajatlari va boshqalar);
- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketinga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.
Korxonalar boshqaruv xarajatlariga quydagilar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
- xizmat avtotarnsport va xizmat mikoravtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari; - korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, singnalizasiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarni saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko’rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to’lash (ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa):
- shaxarlararo va xalqaro telifon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqroq to’lash;
- ma’muriy – boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash;
- ma’muriy faoliyatga ega bo’lmagan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuninngdek eskirish (amortizasiya) xarajatlari;
- yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, konsernlar va bashqa xarajatlarga ajratiladi;
- xodimlarni va ishlab chio’arish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan mol-mulkni majburiy sug’urta qilish;
- boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar;
- belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi xarajatlar;
- umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin beri shva kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari;
- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega o’lmagan jamg’armalarni saqlash va ulardan foydalanish Bilan bog’liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to’lovlar.
Korxonalarning boshqa operasiya xarajatlariga quydagilardan iborat: - kadlar tayyorlash a ulardan qayta tayyorlash xarajatlari (Yangi tashkil etilgan korxonalarda ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);
- loyha va qurili-montaj ishlarda chala ishlarni bataraf etish xarajatlarni qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog’idagi shkastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqgan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzga yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lmagan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi:
- maslaxat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazilgan auditorlik xizmatlarga haq to’lash;
- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’riladigan zarar;
- salomatlikni muxofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi Bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etuvchi tadbirlar;
- korxona tomonida mohsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam beri shva boshqa xil ishlar) bajarilish xarajatlari;
- kompensiasiya va rag’batlantirish to’g’risida to’lovlar (vaqtincha mehnat dehqonini yo’qotgan taqdirda qonun xo’o’jjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdoricha qo’shimcha haq va boshqalar).
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar (qanunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’a to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam); - sog’liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirsh lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassaslari, shuningdek frnda obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi fondalr ishlarini o’tkazishga amortizasiyalari va boshqalarni ham qo’shga holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ajratilgan xarajatlar;
- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ulradan tashqari;
- bank va dipozitariy xizmatlariga to’lovlar;
- ekologiya, sog’lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalar va otlarga badallar;
- byudjektga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaldagi soliqqa muvofiq to’lanadigan va korxona xarajatlariga qo’yadigan maxsus byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar;
- zararlar, jarimalar, peniyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar, moddiy boyliklarning yo’qotilishi normalari doirasidagi va normalardan ko’proq, ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yo’qotishlar kamamadlar; sud xarajatlari; to’lanishi shabhali qarzlar bo’yicha ajratmalar va boshqalar);
- boshqa operasiya xarajatlari.
Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilg‘i va energiya sarflari tovar hajmining o‘zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og‘ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig‘ida mahsulot miqdori o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
Boshqacha aytganda qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish xajmini o‘zgartirishi mumkin. Bu yerda shunday savol tug‘iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko‘proq va yanada ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarib boradi?
Bu savolga javobni eng umumiy holda samaraning kamayib borishi qonuni beradi. Bu qonunga binoan,ma’lum davrdan boshlab; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo‘shib borish, xar bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdorigi (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 sentner hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 s.ga ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 s. ga, uchinchisi - 61 s.ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s.gacha ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.
Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jixatdan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo‘shimcha jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.
Demak qo‘shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi.
Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxirgi oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar bahosi doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish.
Korxonada ishlab chiqarish xajmi o‘sib borishi bilan qo‘llaniladigan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish imkoniyatini oshirish esa, ishchining mehnat unumdoligini o‘stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
|
| |