-rasm Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari




Download 198,47 Kb.
bet5/6
Sana15.05.2024
Hajmi198,47 Kb.
#234536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi”

3. 1-rasm Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari.
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy
jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga
oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va
vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-
uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim tadbirlardan yana biri – turli sabablarga ko‘ra vujudga kelgan hamda korxonaning sog‘lom moliya-xo‘jalik faoliyati yuritishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan qarzlarini qayta ko‘rib chiqish (restrukturizatsiya qilish) hisoblanadi. Mazkur tadbir orqali korxonalarning mavjud qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni to‘lash imkoniyatlari o‘rganiladi.
Xususan, 2014 yil davomida ham davlat tomonidan real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.
O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat erkin bozor, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy tizim va huquqiy demokratik davlat barpo etishga qaratilgan. Bunday maqsadni amalga oshirishda albatta, korxonalar foydasini taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlarni rejalashtirish va boshqaruv tizimida tig‘izliklar yuzaga kelishi, bunday tig‘izlikni bartaraf etishda mavjud usullar bilan birga yangi va zamonaviy rejalashtirish tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq.



Download 198,47 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 198,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari

Download 198,47 Kb.