• QARSHI-2020 Mavzu: O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi iqtisodiy o’sishning asosiy omili sifatida Reja: Kirish
  • 3. O’zbekistonda 2020-yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb nomlanishi va uning kutilayotgan istiqbolli natijalari Xulosa
  • Iqtisodiyot nazariyasi




    Download 401,94 Kb.
    bet1/10
    Sana22.12.2023
    Hajmi401,94 Kb.
    #127089
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxg-fayllar.org


    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
    ISHLAB CHIQARISHDA BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI
    “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi iqtisodiy o’sishning asosiy omili sifatida
    Bajardi: Isaqov Ibrohim Shuxratovich
    Ilmiy rahbar : __________________

    QARSHI-2020

    Mavzu: O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi iqtisodiy o’sishning asosiy omili sifatida

    Reja:

    Kirish

    1. Raqamli iqtisodiyot haqida tushunchalar va misollar

    2. Raqamli iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishiga ta’siri

    3. O’zbekistonda 2020-yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb nomlanishi va uning kutilayotgan istiqbolli natijalari

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar

    Qarshi-2020

    Kirish
    Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boyicha chora-tadbirlari informatsion texnologiyalar va elektron xujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga jahon miqyosidagi Internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo‘ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilish hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo‘l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global informatsion platformalar ko‘rinishidagi infratuzilma talab etiladi. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo‘qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qoyish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, xavfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati yuzaga keladi. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo‘ladi, aks holda kechikish, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik bilan elektron ko‘rinishga o‘tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi:
    Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
    Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo‘lishi lozim?
    Iqtisodiyotni raqamlashtirishda asosan nimalarga e’tiborni qaratish kerak?
    Raqamli iqtisod o‘zi nimaligi boyicha ham mutaxassislarning fikrlari turli-tuman. Bir qator olimlarning fikrlaricha, “raqamli iqtisodiyot navbatdagi marketing tadbiridir, negaki biz shundoq ham 15-20 yillar davomida informatsion texnologiyalarning barcha sohalarga kirib borishiga guvoh bo‘layapmiz, hech qanday cardinal o‘zgarish yoki qandaydir inqilob haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Raqamli iqtisodiyot g‘arbdan kirib kelgan marketing brendidir, gap raqamli transformatsiyadan boshlanib, endi raqamli iqtisod degan so‘zlar ham yangray boshladi1.
    Boshqa bir olimlar guruhining fikricha, hozirgi zamonda amalga oshayotgan raqamli transformatsiya jarayonining afsona yoki real haqiqat ekanligida emas, balki bu texnologiyalarning jamiyatga qanday yangiliklar olib kelishidadir: “Bizga raqamli texnologiyalar ommaviy xizmat ko‘rsatish sohasini qanday o‘zgartirib yuborganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozirda esa Uber, Alibaba Group, Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar paydo bo‘layapti va ular yetkazib beruvchi hamda mijoz orasida bevosita munosabat o‘rnatishga imkon berayapti. Xuddi shunday transformatsiya moliya, bank, sug‘urta kabi sohalarda ham ro‘y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli nusxasi paydo bo‘lganidan so‘ng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan o‘zgarib ketadi. Bular esa informatsion texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar o‘rnini egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi – xuddi shu holat raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi2.
    Ammo mamlakatimizning texnik jihatdan anchagina qoloqligni hisobga olsak, raqamli iqtisodiyotdan olinadigan foyda miqdori, unga sarf qilinadigan xarajatlardan bir muncha ko‘p bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
    Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global masalada ko‘p narsa davlatning unga qanday munosabatda ekaniga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi davrda davlat tomonidan raqamli iqtisoiyotning rivojlanishi bo‘yicha bir qancha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayapti, shu jumladan:
    Prezident qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va mamlakatda raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga bag‘ishlangan bir qancha normativ-huquqiy xujjatlar;

    1. raqamli iqtisodiyot asosidagi zamonaviy biznesning yangi modellari va ilmiy hamda ijtimoiy saytlar tashkil qilishning asosi sifatida xizmat ko‘rsatuvchi raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini rivojlantirish;




    1. raqamli iqtisodiyot tarmoqlari orasidagi ma’lumot almashinishni mukammallashtirib, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish;




    1. raqamli iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotini puxta egallash bo‘yicha aholi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning malaka va ko‘nikmalarni oshirish;




    1. raqamli iqtisod sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakalarini oshirish;




    1. jamiyat va aholida raqamli iqtisodiyotga ishonch darajasini oshirish va uning havfsizligini ta’minlash;




    1. iqtisodiyotning raqamli sektorini kriptovalyutalar, blokcheynlar va boshqa vositalardan foydalangan holda rivojlantirish;




    1. blokcheyn texnologiyalarni iqtisodiyotning turli sohalarga tatbiq qilish va olingan natijalarni boshqa sohalarga ko‘chirish.


    Hozirgi paytda mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotga o‘tish tomon ilk qadam tashladi, keyin ishlar qanday kechishini yaratilgan dastur va raqamli iqtisodiyotga o‘tish kontseptsiyasi ko‘p jihatdan aniqlab beradi. Masalan, Xitoyda Alibaba platformasi uchun davlat qandaydir platform yaratib bermadi, ammo unga yordam berdi va uni qo‘llab-quvvatladi. Alibaba davlat korporatsiyasi emas, balki tijorat tashkilotidir. Nega undan foydalanadilar – chunki u bozorda raqobarbardoshdir. Davlat barcha uchun bir xil bo‘lgan qonun-qoidalarni yaratib beradi, biznes esa shularga mos ravishda rivojlanadi, o‘zgaradi va boshqalar bilan raqobatda bo‘ladi. Agar biznes informatsion texnologiyalardan foydalanmasa, u raqobatda yutqazib qoyadi va bozordagi o‘z bo‘lagini boshqalarga berib qo‘yadi. Raqamli iqtisodiyot davlat, biznes, ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirgan holda muvaffaqiyatga yo‘l ochishi mumkin. Davlat o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlagani holda rivojlanish katalizatori bo‘lishi lozim.


    Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’yektiv jarayon bo‘lib, uni to‘xtatib turishga bizda imkon yo‘q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy ham salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va qo‘l mehnatini texnologiyalar bilan almashtirilishi hisobiga ish o‘rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining o‘shishi, oldin xayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog‘liq – inson ham bunday global o‘zgarishlarga tayyormi? Ilg‘or texnologiyalar katta siyosiy g‘alayonlar, to‘qnashuvlar, misli ko‘rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellekt tizimlari insonlar o‘rnini egallab bolib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday o‘zgarishlar ko‘p martalab sodir bo‘lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo‘lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o‘rnini egallagan. Ammo buning natijasida insonlar ko‘pchilik hollarda manfaat ko‘rganlar . Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo‘lib chiqqan, albatta. Lekin, ko‘pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasida insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo‘lib boraveradi.



    Download 401,94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 401,94 Kb.