|
Zamonaviy korxonalar boshqarish tizimi sifatida
|
bet | 1/4 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #113153 |
Bog'liq Mardiyev Azamat MI Korxona strategiyasi yaratish jarayonini boshqarish yo'nalishlari
Mardiyev Azamat
Boshqaruv vazifalarini amalga oshirish Boshqaruv vazifalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan faoliyat turi, deb tushuniladi. Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin beriladi. Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4) hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi. Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi. Hozirgi paytda, iqtisodiy va ilmiy-texnik o’zgarishlar davrida boshqaruv usullari, tamoyillari va texnikasida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Boshqaruv alohida tizim sifatida tobora ko’proq tajriba almashish sohasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor hal qilish vositasi bo’lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va tadbirkorlik maktablari hamda maslahat markazlarining ochilishi sabab bo’lmoqda. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi borgan sari xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullariga asoslangan boshqaruv tizimiga o’rnini bo’shatib bermoqda.
|
| |