|
«Iqtisodiyot va agrotexnologiya» fakulteti 5430100 – «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish»
|
Sana | 10.10.2020 | Hajmi | 36,32 Kb. | | #12059 |
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYa VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO’MITASI
«Iqtisodiyot va agrotexnologiya» fakulteti
5430100 – «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish»
ta’lim yo’nalishi uchun
Davlat attestasiyasi
SAVOLLARI
Samarqand – 2019
5430100 – «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish»
ta’lim yo’nalishi uchun Davlat attestasiyasi
SAVOLLARI
3.00.
|
Umumkasbiy fanlar
|
|
3.13.
|
Traktorlar va qishloq xo’jaligi energetik vositalari
|
1-70
|
|
|
|
4.00.
|
Ixtisoslik fanlari
|
|
4.01.
|
Qishloq xo’jalik mashinalari
|
71-150
|
4.02.
|
Qishloq xo’jalik texnikalari va ishlab chiqarish jarayonlarining elektron tizimlari
|
151-200
|
4.03.
|
Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis
|
201-280
|
4.04.
|
Chorvachilikni mexanizasiyalash
|
281-360
|
5430100 – «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish»
ta’lim yo’nalishi uchun Davlat attestasiyasi SAVOLLARI
Traktor va avtomobilning umumiy tuzilishini keltiring?
G’ildirakli traktorlarning tormozi nima vazifani bajaradi va tormoz turlarini (lentali, kolodkali diskli) keltiring?
Dvigatellarni taqqoslash ko’rsatkichlariga (dvigatelning litr quvvati Nl, solishtirma massa mud, litr massa ml) nimalar kiradi?
Ilmoqdagi quvvat nima va u qanday aniqlanadi? Nkr= ?
Traktor va avtomobillarning klassifikatsiyasini keltiring?
Ilashishi muftasida paydo bo’ladigan asosiy nosozliklarni keltiring: friksion disklarning probuksovkasi, kuchli qizib ketish, to’liq o’chirilmaslik va boshqalar?
Dvigatelning asosiy o’lchamlarini keltiring: (dvigatelning litraji, silindrning ishchi hajmi, porshen yo’li va boshqalar).
Dvigatelning litraji nima va u qanday aniqlanadi? Vl= ?
Ilashish muftasining asosiy elementlarini (maxovik, kojux, yetaklovchi disk va boshqalar) keltiring.
IYoD larining asosiy tushuncha va ta’riflarini keltiring: YuTN, PTN, S, Vh, Va, Vc, ε, takt va boshqalar.
Regulyator nima uchun barcha rejimda ishlaydigan regulyator deb nomlanadi?
Yurish qismi qanday asosiy elementlardan tashkil topgan?
Siklning indikator diarammasi (PV koordinatordagi sistemaning grafik ko’rinishi) nima va uni qanday tushunasiz?
Traktorning harakatlanish tezligini o’zgartirish uchun safr etiladigan quvvat formulasini yozing N и = ?
To’rt taktli dizel dvigatelining ish jarayonini keltiring.
Traktorlarning o’tag’onligi nima va u qanday ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi?
Dvigatel ishining quvvat va tejamkorlik ko’rsatkichlarini keltiring: Ne, Ni, Gi ва бошқалар.
Markaziy KShM ning asosiy geometrik o’lchamlarini keltiring: (shatunning uzunligi-Lш, krivoship radiusi-R, porshen yo’li-S va boshqalar).
Silindrning ishchi hajmi nima va u qanday aniqlanadi?
UTN-5 nasosining seksiyasiga uzatadigan yonilg’i miqdori qanday rostlanadi?
Rul boshqarmasining umumiy tuzilishi (rul mexanizmi, rul uzatmasi va rulni kuchaytirgich) va vazifasini keltiring.
Porshen yo’li nima va u qanday aniqlanadi? S = ?
Karbyuratorli dvigatellarda aralashma hosil bo’lish jarayoni qanday kechadi?
Haqiqiy siklning qanaqangi indikator ko’rsatkichlarini (o’rtacha indikator bosim, indikator quvvat, indikator solishtirma yonilg’i sarfi) bilasiz?
Yetaklovchi g’ildiraklarning shataksirishiga sarflanadigan quvvat formulasini yozing. Nб = ?
Dizellarda aralashma hosil bo’lish jarayoni qanday kechadi?
Dvigatel ishlagandagi qaysi effektiv ko’rsatkichlarni (effektiv quvvat, mexanik FIK, o’rtacha effektiv bosim, effektiv FIK, solishtirma effektiv yonilg’i sarfi) bilasiz?
Traktorning quvvat balansi tenglamasini (Ne) yozing.
Karbyuratorli dvigatellarda ta’minlash tizimi qanday elementlardan tashkil topgan?
Yetaklovchi ko’prikning asosiy mexanizmlarini keltiring: bosh (markaziy) uzatma, diffekrensial, differensialni blakirovkalash mexanizmi, oxirgi uzatma va boshqalar.
Qanday detallar qanday ketma-ketlikda tirsakli valdan klapanlarga harakat uzatadi?
Havo tozalagichning umumiy tuzilishini keltiring va havo qanday tozalanadi?
Silindrning to’liq hajmi nima va u qanday aniqlanadi? Va= ?
Tirsakli val shesternyasining diametri taqsimlash vali shesternyasining diametridan nima uchun ikki marta kichik?
Dizel dvigatellarida ta’minlash tizimi qanday elementlardan tashkil topgan?
Bir diskli ilashish muftasi qanday ishlaydi?
Kiritish klapanining erta ochilishi va chiqarish klapanining kech yopilishi nima uchun kerak?
Dvigatelning issiqlik hisobi nima uchun bajariladi?
GTM qanday detallardan tashkil topgan? (Klapan, koromislo, shtangan va boshqalar).
Traktorlarning o’rnatish mexanizmining tuzilishni keltiring: bo’ylama tyagalar, kuch silindri, markaziy tortqi va boshqalar.
Silindrning to’liq hajmi qanday aniqlanadi? Va=?
To’rt taktli dizel dvigatelining ish sikli (kiritish, siqish kengayish, chiqarish) ni tushuntiring.
Tishlashish muftalarining tuzilishini va ishlash prinsipini tushuntiring.
Traktorlarning tortish hisobi qaysi maqsadda bajariladi?
IYoD lari qanday mexanizm va sistemalardan tashkil topgan? (KShM, GTM, sovitish, moylash, ta’minlash va boshqalar).
Dvigatelning litraji Vl qanday aniqlanadi?
Ikki taktli karbyuratorli dvigatelning ish siklini tushuntiring.
Uch nuqtali o’rnatish mexanizmining sxemasini keltiring va asosiy detallarini (markaziy tortqi, bo’ylama tortqi, roskoslar va boshqalar) ayting.
Ilmoqdagi quvvat nima va u qanday aniqlanadi? Nkr= ?
Siklning indikator diarammasi (PV koordinatordagi sistemaning grafik ko’rinishi) nima va uni qanday tushunasiz?
Shtiftli va shtifsiz forsunkalarning tuzilishi bir-biridan qanday farq qiladi?
Haqiqiy sikl ideal sikldan nima bilan (issiqlikning qisman yo’qotilishi, yonilg’ining to’liq yonmasligi va boshqalar) farq qiladi?
Dvigatel ishlagandagi effektiv ko’rsatkichlarni (effektiv quvvat, mexanik FIK, o’rtacha effektiv bosim, effektiv FIK, solishtirma effektiv yonilg’i sarfi) bilasiz?
Traktorning tortish hisobi qanaqa maqsadda bajariladi ?
Krivoship-shatun mexanizmining kinematik hisobi nima maqsadda o’tkaziladi?
Siqish darajasi nima va u qanday aniqlanadi? ε=?
Dvigatelning litraji nima va u qanday aniqlanadi? Vл=?
Suyuqlik va havo bilan sovitish tizimlari qanday ishlaydi?
Traktor dvigatellari qaysi belgilari bo’yicha klassifikasiya qilinadi?
Zanjirli traktorlar qanaqangi asosiy qismlardan tashkil topgan?
Zanjirli traktor yurish qismining elementlarini ayting?
Shatun va o’zak podshipniklarining vkladishi nima uchun zarur va qanday tuzilgan?
G’ildirakli traktorlar qanaqangi asosiy qismlardan tashkil topgan?
Dvigatelning moslanuvchanlik koeffitsiyenti deganda nima tushiniladi va u qanday aniqlanadi? Kп=?
Komression va moy sidirish halqalar nima uchun xizmat qiladi va qanday tuzilgan?
Traktorning tortish balansi tenglamasini keltiring (yozing).
Krivoshin-shatun mexanizmining asosiy detallarini ayting?
Traktorning tortish hisobini bajarish ketma-ketligini keltiring?
Traktorning tortish hisobini bajarish uchun qaysi parametrlar birlamchi ma’lumotlar hisoblanadi?
Traktorning dvijiteliga uzatiladigan buruvchi moment qanday aniqlanadi? Mved=?
"Qishloq xo’jalik mashinalari" fanining maqsadi va vazifalari.
Qishloq xo’jalik mashinalarining sinflanishi.
Qishloq xo’jalik mashinalarini xarakterlaydigan (baholaydigan) ko’rsatkichlar.
Qishloq xo’jalik mashinalarining rusumlanish tartibi.
Shudgorlashning turlari.
Tuproqga «nul» ishlov berish tizimi, uning afzalligi va kamchiliklari.
Shudgorlashning asosiy agrotexnik talablari.
Shudgorlashga mo’ljallangan QXMning vazifalari va ularning rusumlari.
Tuproqga ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish yo’llari.
Pluglarning rusumlari va palaxsani aylantirib shudgorlash turini aytib bering.
Pluglarning rusumlari va agdargichsiz shudgorlash turini aytib bering.
Pluglarning rusumlari va yarusli shudgorlash turini aytib bering.
Osma va tirkama pluglar, ularning rusumlari va afzallik jihatlari.
Pluglarning turlarini aytib bering.
Palaxsani yon tomonga surmasdan o’z egati chegarasida ag’darish sxemasini izohlab bering.
Pluglarning umumiy tuzulishi va ish jarayoni.
Plug korpusining turlari va ularning asosiy konstruktiv elementlari.
Pluglarning sinflanishi.
Plugga ta’sir etuvchi kuchlar va tortish qarshiligi. Akademik V.P.Goryachkin tenglamasi.
Tuproq va plugning solishtirma qarshiliklari.
Plug lemexlarini turlari.
Plug chimqirqari va uning asosiy vazifasi.
Plug korpusining konstruksiyasi bo’yicha turlari.
Tekis ponaning turlari. α - uvalash burchakli oddiy pona sxemasini izohlab bering.
Tekis ponaning turlari. β - qiya burchakli oddiy pona sxemasini izohlab bering.
Tekis ponaning turlari. γ - siljish burchakli oddiy pona sxemasini izohlab bering.
Plugning ishchi va konstruktiv qamrov kengligi o’rtasidagi farqni izohlab bering.
Tuproqga yuza ishlov berish tushunchasi va ishlov berish mashinalari.
Yuza ishlov berishda boronalarning asosiy parametrlari, yuza ishlov berishning asosiy agrotexnik talablari.
Yuza ishlov berishda borona tishlarining turlari.
Tuproqga yuza ishlov berishda og’ir tishli boronaning bitta tishiga to’g’ri keladigan kuch miqdorini izohlab bering.
Tuproqga yuza ishlov berishda o’rta tishli boronaning bitta tishiga to’g’ri keladigan kuch miqdorini izohlab bering.
Tuproqga yuza ishlov berishda yengil tishli boronaning bitta tishiga to’g’ri keladigan kuch miqdorini izohlab bering.
Tishli boronalarning asosiy vazifasini tushuntirib bering.
Qator oralig’iga ishlov beruvchi kultivatorlar, ularning ishchi organlarini izohlab bering.
Ekinlarni o’g’itlash mashinalarining tavsiflanishi.
Mineral o’g’itlarning texnologik xossalari va ularning o’g’itlash mashinalariga ta’siri.
O’g’itlarni sepish usullari va bu usullarda qo’llaniladigan QXM rusumlari.
O’g’itlash QXM larining tuzulishi va umumiy ish jarayoni.
Mineral o’g’itlarni sochish mashinalari, ularning rusumlari.
Ekish va ko’chat o’tqazish QXMning tasniflanishi.
Seyalkalarning turlari va asosiy vazifalari.
Ekinlarni ekish usullari.
Urug’larni ekish seyalkalarining rusumlari va qaysi ekinni ekishga mo’ljallanganligi.
Ko’chat o’tqazish seyalkalari va ularning rusumlari.
O’simliklarni zararkunanda va turli kasalliklardan himoyalash usullari va bu himoyalashda QXMning tutgan o’rni.
O’simliklarni himoyalashda changitgich QXM, ularning rusumlari va ishlashi.
O’simliklarni himoyalashda purkagich QXM, ularning rusumlari va ishlashi.
Melirotiv QXM ning rusumlari va ularni qaysi meliorativ ishlarda qo’llanilishi.
Butozor va o’rmonzorlarda yerni ochish mashinalari.
Tog’li hududlarda yangi yerni ochishda tosh terish meliorativ mashinalar rusumlari va qo’llanishi.
Meliorativ ishlarda kanal qazgichlarning rusumlari va vazifasi.
Ekinlarni o’rish QXMning rusumlari va ishlatilishi.
Ekinlarni yig’ishtirib olish QXM ning rusumlari va ishlatilishi.
O’rib-yig’ishtirib olish mashinalarining rusumlari.
G’alla o’rish mashinalari va ularning rusumlari.
G’alla kombaynining tuzulishi va asosiy ishchi qismlari.
Jatkalar, ularning rusumlari va vazifasi.
G’alla o’rish mashinalarining motovilosi va motovilo vazifasi.
G’alla o’rish mashina motovilosini tuzulishi va ishlash prinsipi.
Motovilo aylanma tezligini hosil nobudgarchiligiga ta’siri.
G’alla o’rish kombaynida variatorning motoviloga ta’siri, variatorning tuzulishi va vazifasi.
G’alla o’rish kombaynining samon elagichi va uning vazifasi.
Kombayn samon elagichining turlari.
G’allani o’rib olishdan oldin mexanizasiyali yig’ishtirish uchun aniqlanishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar.
Bug’doy donini boshoq chiqindilaridan, turli xil begona o’t urug’laridan QXM yordamida tozalashning usullari.
G’alla donini aerodinamik xususiyatiga qarab tozalash va saralashda donga ta’sir etuvchi kuchlar.
Bug’doy donini boshoq chiqindilaridan, turli xil begona o’t urug’laridan QXM yordamida tozalashning usullari.
Paxta hosilini yig’ishtirib olishdagi QXM turlari.
Paxta hosilini mashinali yig’ishtirish asosiy agrotexnik talabalari.
Paxta terish mashinalarining turlari va rusumlari.
Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi.
Ikki qatorli paxta terish mashinasida nechta apparat, bitta apparatda nechta baraban, baraban atrofida nimalar o’rnatilgan bo’ladi? Apparatning tarkibiy qismini izohlab bering.
Paxta terish mashinasinining tishlari o’yib hosil qilingan shpindelni izohlab bering.
Paxta terish mashinasinining prujinasimon shpindelini izohlab bering.
Paxta terish mashinasining gorizontal shpindelli apparati tuzilishini izohlab bering.
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi apparatining texnologik ish jarayonini izohlab bering.
Ko’sak terish, ko’sak chivish va g’o’zapoya yig’ishtirish mashinalari rusumlarini ko’rsating, rusumlanish mazmunini tushuntiring.
Ko’sak terish mashinalarini tuzilishi sxemasini izohlab bering.
G’o’zapoya yig’ishtirish mashinalarini ishchi organlarini izohlab bering.
Axborot boshqarish tizimni tushuntiring.
Fotoelektrik asboblar ishlashini tushuntiring.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sanoatda EHM o’rni tushuntiring.
Elektron boshqarish tizimining doimiy xotira kurilmasini tushuntiring.
Texnologik jarayonlarning elektron boshqarish tizimini tushuntiring.
Avtomobilda elektron boshqarish tizimi qanday ishlaydi?
Mikroprosessorning vazifasini tushuntiring.
Fotoelektr datchik vazifasini tushuntiring.
Tenzometrik datchiklarning ishlash prinsipi va vazifasini tushuntiring.
Texnologik jarayonning rostlash qonunlarini tushuntiring.
Avtomatik xoll elementi vazifasini tushuntiring.
Elektron boshqarish texnikasining rivojlanish tarixini tushuntiring.
Elektron axborot boshqarish tizimini tushuntiring.
Avtomatik analog-raqamli o’zgartirgich (ARO’) ning vazifasi nima?
Fotorezistorning ishlash prinsipini tushuntiring.
Tenzodatchiklarning ishlash prinsipini tushuntiring.
Avtomatik jarayonlarda rostlash qonunlarini tushuntiring.
Avtomatik jarayonlarda rostlash usulini tushuntiring.
Texnologik obyektlardagi boshqaruvchi organlar vazifasi nima?
Bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlarni tushuntiring.
Xoll elementida hosil bo’ladigan signal vazifasi nima?
Kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish sistemasini tushuntiring.
Avtomatikada mikroprosessorning vazifasini tushuntiring.
Texnologik jarayonlarning elektron boshqarish tizimini tushuntiring.
O’zgartirish koeffisiyenti element sezgirligi nima deyiladi?
Yonilg’i purkashni elektron boshqarish sistemasi qanday ishlaydi?
Elektromagnit relening ishlash prinsipini ayting.
Relening qanday ko’rsatkichlari (parametrlari) bor?
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ko’llaniladigan o’zgartirgichlar turlarini izohlab bering.
Potensiometrik datchik qaysi o’zgartirgichlarni turiga kiradi?
Elektron datchiklarni ishlashi prinsipni tushuntiring.
Datchiklarni asosiy guruhlarini aytib bering.
Transformator datchiklarida kirish va chiqish signalini vazifasi nima?
Haroratni rostlovchi qanday avtomatlashtirish vositalari bor?
Termorezistorlarning ishlashi prinsipini tushuntiring.
Avtomatikada mantiqiy algebrasining asosiy qonunlari.
Fotoelektrik datchiklarni ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Elektromagnit rele ishlash prinsipini tushuntiring.
Elektrik ijro mexanizmlar turlarini izohlab bering.
Haroratni rostlovchi qanday avtomatlashtirish vositalari bor?
Elektronikada nima uchun kuchaytirgichlar ishlatiladi?
Ijrochi elektromagnit rele qaysi talablarga javob berishi kerak?
Avtomatikada o’zgartgich deb nimaga aytiladi?
Potensiometrik o’zgartgich ishlashini tushuntiring
Induktiv o’zgartgich ishlashini tushuntiring
Tenzometrik o’zgartgichlar nima maqsadda ishlatiladi?
Taxogeneratorlarning vazifasi nimadan iborat?
Fotoelektrik o’zgartgich qanday turlarga bo’linadi?
Avtomatikada bosim datchikning ishlashini tushuntiring.
Induksion manometrning ishlashini tushuntiring.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o’rni haqida tushuncha bering.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish qanday dehqonchilik sharoitida amalga oshiriladi?
Mahsulot yetishtirishning eksintensiv va intensiv usularining mohiyatini tushuntiring.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda bajariladigan ishlarni mexanizasiyalash darajasi deganda nimani tushunasiz?
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish istiqbollarini ayting.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlari, asosiy tushunchalar va tariflari.
Mashina-traktor agregatini ta’riflang hamda asosiy tuzuvchilarining vazifalarini ayting.
To’g’ri tuzilgan mashina-traktor agregatiga qanday talablar qo’yiladi?
Mashina-traktor agregatlarining asosiy xossalarini ayting.
Traktorning tortish xususiyatlarini yaxshilash uchun qanday chora-tadbirlarni qo’llash mumkin?
Mashina-traktor agregatlari qanday belgilariga qarab tasniflanadi?
Agregatlar va ishchi mashinalarning asosiy ekspluatasion xususiyatlari qanday bo’ladi?
Mashinaning solishtirma qarshiligi deb nimaga aytiladi?
Solishtirma qarshilik qanday aniqlanadi?
Agregat ishchi qismining to’liq qarshiligi qanday aniqlanadi?
Mashinalarning solishtirma qarshiligini kamaytirishning qanday yo’llari bor?
Harakatlanuvchi energetik vositalarga qo’yiladigan agrotexnik talablarni nimalardan iborat?
Traktorni shataksirashi deganda nimani tushunasiz?
Traktorning yo’l va agrotexnik tirqishlarining farqini ayting.
O’simliklarni himoya zonasini mohiyatiri tushuntiring.
Traktorning agrotexnik tezligi chegarasining mohiyatini ayting.
Traktorning tortish xususiyatlarini yaxshilash uchun qanday chora-tadbirlarni qo’llash mumkin?
Maqbul agregatni tuzishdan maqsad nimalardan iborat?
To’g’ri tuzilgan agregat qanday talabga javob berishi kerak?
Agregatlar tuzishning qanday turi va usullarini bilasiz?
Agregatni komplektlash hisobi qanday tartibda bajariladi?
Agregatning eng katta qamrash kengligi qanday aniqlanadi?
Agregatning umumiy qarshiligi qanday aniqlanadi?
Agregatining maqbul tuzilganligi qanday ko’rsatkichlar bilan baholanadi?
Agregatning qanday harakat elementlarini bilasiz?
Agregat markazi nima va uning mohiyati nimadan iborat?
Agregatning qanday kinematik parametrlarini bilasiz?
Agregatning paykaldan chiqish uzunligi nima va u qanday aniqlanadi?
G’ildirakli traktorning minimal burilish radiusi qanday topiladi?
Agregatning burilishi qanday kinematik o’lchamlar bilan xarakterlanadi?
Agregatlarning burilish kengligiga qarab qanday burilish turlariga bo’linadi?
Sirtmoqsiz burilishlar sirtmoqli burilishlarga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
Burilish yo’lagining eng kichik eni qanday topiladi?
Agregatning qanday harakatlanish usullarini bilasiz?
Ish yo’llari koeffisiyenti nima va u qanday aniqlanadi?
Paxtachilik agregatlarida qaysi harakat usullari keng qo’llaniladi?
Agregatning harakatlanish usuli to’g’ri tanlanganligi uning qaysi ko’rsatgichiga qarab baholanadi?
Ish yo’llari koeffisiyentini oshirish uchun nimalarga katta e’tibor beriladi?
Mehnat unumdorligi deb nimaga aytiladi?
Agregatning nazariy ish unumi nima va u qanday birliklarda aniqlanadi?
Agregatning nazariy ish unumi uning qanday ko’rsatgichlarini aniqlashda foydalaniladi?
Agregatning haqiqiy ish unumi nazariy ish unumidan qanday farq qiladi?
Agregatning haqiqiy ish unumini aniqlashdan qanday koeffisiyentlardan foydalaniladi?
Agregatning qamrash kengligidan foydalanish koeffisiyenti qanday aniqlanadi va uning mohiyatini tushuntiring?
Agregatning tezligidan foydalanish koeffisiyentining mohiyatini tushuntiring.
Smena vaqtidan foydalanish koeffisiyenti qanday aniqlanadi? Uni qanday oshirish yo’llarini bilasiz?
Mashinaning ish unumi o’lchovlariga qanday turlarga bo’linadi?
Mashinaning o’tkazuvchanlik qobiliyati deganda nimani tushunasiz?
Operatorning mahoratiga bog’liq ko’rsatgichni ayting va uning eng yuqori miqdoriga qachon erishiladi?
Qanday o’lchamdagi dalalarda mashinaning texnikaviy samaradorligi yuqori bo’ladi?
Mashinaning tanlash ko’rsatgichlariga nimalar kiradi? Ularning mohiyatini tushuntiring.
To’g’ri tanlangan mashina va traktorlar qanday imkoniyatlarni yaratadi?
Mashinalarning foydalanish xususiyatlarini belgilovchi ko’rsatgichlarini ayting.
Texnikalardan foydalanish sharoitining ko’rsatgichlariga nimalar kiradi?
Maxsus traktorlarni tanlashda e’tiborga olinadigan qanday ko’rsatgichlarni bilasiz?
Qishloq xo’jaligi texnikalarining ergonomik ko’rsatgichlarini ayting.
Ergonomik tizim kafolatini ta’minlovchi muvofiqliklarni ayting.
Traktor kabinasida haydovchiga qanday qulayliklar yaratilishi kerak?
Agregatlarni masofadan turib boshqarish deganda nimani tushunasiz?. Uning rivojlantirish istiqbollarini ayting.
Bajarilgan ishga mehnat sarfi qanday topiladi?
Bajarilgan ishga yoqilg’i sarfi qanday topiladi?
Agregatning ishlayotganda yoqilg’ining ortiqcha sarflanishiga ta’sir etuvchi qaysi omillarni bilasiz?
Agregatning foydalanish sarf-xarajatlarini oshishiga va kamayishiga ta’sir etuvchi qaysi ko’rsatgichlarini bilasiz?
Bevosita va bilvosita sarf- harajatlarini farqini ayting.
Agregatning ishlayotganda yoqilg’ining ortiqcha sarflanishiga ta’sir etuvchi qaysi omillarni bilasizmi?
Agregatning foydalanish sarf-xarajatlarini oshishiga va kamayishiga ta’sir etuvchi qaysi ko’rsatgichlarini bilasiz?
Texnologik jarayonlarni qurish umumiy prinsiplariga nimalar kiradi?
Qishloq xo’jaligi ishlarining sifat ko’rsatkichlari necha guruhga bo’lingan? Ularga misollar keltiring.
Respublika tumanlari paxta yetishtirish bo’yicha nechta mantaqalarga bo’lingan? Ularning mohiyatini tushuntiring.
Mashinalar tizimi deb nimaga aytiladi? Uning asosiy vazifalarini ayting.
Yerga asosiy ishlov berishdan maqsad nima va uning qaysi usullarini bilasiz?
Respublikamiz sharoiti uchun qaysi turdagi plugdan foydalanish yuqori samara beradi?
Nima maqsadda tirmalash ishlari bajariladi? Unda tuproqning qaysi fizik xossasi o’zgaradi?
Qanday holatda tuproqni molalash talab etiladi? Bunda tuproqning qaysi fizik xossasi o’zgaradi?
Dehqonchilik va dala madaniyati deganda nimani tushunasiz?
Chorvachilik fermalarining bosh rejasi. Bosh rejasiga qo’yiladigan asosiy talablar. Fermaning umumiy maydonini aniqlash. Binolar sonini va boshqa inshootlar tizimini aniqlash va loyihalash qoidalari. Bosh rejaning asosiy ko’rsatkichlari va uni aniqlash.
Binolarni ventilyasiya sistemasini hisoblash va ventilyatorlar tanlash. Binolarda xavo almashtirish miqdorini, tabiiy va sun’iy ventilyasiya tizimlarini hisoblash. Kirituvchi va chiqaruvchi ventilyasiya tizimini hisoblash va qurilmalar tanlash.
Fermalarni isitish sistemasi va ularing ahamiyati, turlari, tuzilishi va ishlashi. Isitish qurilmalari, ulardan fermalarda oqilona foydalanish.
Fermalarni suv bilan ta’minlash va hayvonlarni sug’orishni mexanizasiyalashtirish. Suv bilan ta’minlashni ahamiyati. Suvning sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar. Suv olish manbalari va qurilmalari. Quduqlar, ularning turlari, tuzilishi, o’lchamlari va ko’rsatkichlari.
Suv nasoslari ularning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. Markazdan qochma, uyurmali, porshenli, rotorli suv nasoslari, ularning tuzilishi va ishlashi.
Suv ko’targichlar, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Lentali suv ko’targichlar, ularning tuzilishi ishlashi va sxemasi.
Suv minoralari, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, ularni o’rnatish sxemalari, markalari. Avtosug’orgichlar, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi va o’rnatilish sxemalari. Individual va guruhli avtosug’orgichlar, ulardan foydalanish qoidalari.
Ko’chma sug’orish qurilmalari, ularning vazifalari, turlari, tuzilishi, ishlashi va o’rnatilish sxemalari. Individual va guruhli avtosug’orgichlar, ulardan foydalanish qoidalari.
Fermalarni suv bilan ta’minlash tizimini hisoblash, texnika vositalarini tanlash va ularning sonini va markalarini aniqlash.
Silos senaj tayyorlashni mexanizasiyalash. Silos va senaj tayyorlashga qo’yiladigan talablar. Silos va senaj tayyorlash turlari va texnologiyalari. Ishlatiladigan inshootlar va texnika tizimi. Transheyali, minorali va bunkerli silos tayyorlash usullarining o’ziga xos xususiyatlari.
Fermalarda ko’k massani yig’ishtirish, tashish va tarqatishni mexanizasiyalash. Ko’k massa tarqatishni mexanizasiyalash. Ko’k massa uning xususiyatlari, uni o’rish, tashish va tarqatish jarayonlarini mexanizasiyalash uchun ishlatiladigan texnika tizimi.
Donli ozuqalarni tayyorlashni mexanizasiyalash. Donli ozuqalarni tayyorlash texnologiyalari va unga qo’yiladigan talablar. Donli ozuqalarni maydalash nazariyasi va maydalash moduli.
Donli ozuqalarni maydalash mashinalari. Maydalash uchun ishlatiladigan mashinalar, ularning turlari, tuzilishi, ishlashi va sxemalari.
Dag’al ozuqalarni qayta tayyorlash texnologiyalari, ularga qo’yiladigan zootexnik talablar. Qirqish nazariyasi va usullari.
Dag’al ozuqalarni maydalash mashinalari, ularning turlari, tuzilishi, ishlashi va sxemalari. Ularning texnik tavsifnomalar va ulardan foydalanish qoidalari.
Ildizmevali ozuqalarga ishlov berishni mexanizasiyalash. Ildizmevali ozuqalarga ishlov berishga qo’yiladigan zootexnik talablar. Qayta ishlov berish texnologiyalari va texnika tizimi.
Qo’ychilik fermalarida hayvonlarni saqlash binolari va qurilmalari. Qo’tonlar, ularning turlari, vazifalari, tuzilishi va qurilmalari. Qo’ylarni oziqlantirish, sug’orish maydonchalari va qurilmalari.
Parrandachilik fermalari va fabrikalarida parranalarni saqlash binolari va ularning qurilmalari. Parrandalarni saqlash usullari. Ishlatiladigan binolarning tuzilishi, o’lchamlari va qurilmalari. Qurilmalarning turlari va tuzilishi.
Ozuqa sexlari, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi va mashinalar tizimi.
Qoramolchilik fermalarida hayvonlarni saqlash binolari va ularning texnologik jihozlari. Sigirlarni saqlash binolari va maydonchalari, ularning jihozlari (oxur, sug’orgich, ventilyasiya, kanalizasiya) va tizimlari. Yosh mollarni o’stirish va semirtirish uchun ishlatiladigan binolar va maydonchalar. Ularning texnologik jihozlari.
Chorvachilik fermalarini mexanizasiyalashtirish uchun ishlatiladigan texnika tizimi. Mashanalari, apparatlari, agregatlar, qurilmalar, uskunalar va potokli texnologik liniyalar.
Ferma uchun turg’un ozuqa tarqatgichlarni aniqlash. Ozuqa tarqatish jarayonini hisoblash, tarqatgichlar sonini aniqlash, kunlik ozuqa tarqatish grafigini chizish.
Qo’ychilik fermalarida go’ng chiqarish texnologiyalari va texnika vositalari. Qo’ychilik fermalarida chiqadigan go’ngning xususiyatlari, ularni chiqarish texnologiyalari, texnika vositalari va saqlash qurilmalari.
Ozuqalarni aralashtirgichlar. Aralashtirish jarayoni va uning asosiy ko’rsatigichlari. Aralashtirgichlar, ularning turlari, ishlashi va asosiy ko’rsatgichlari.
Ozuqa sexini loyihalash. Kunlik, smenalik va yillik ozuqa tayyorlash miqdorini aniqlash. Ozuqa sexining tarkibini mashinalar tizimi, yer maydoni, energiya turlarining sarflanishini aniqlash.
Chorvachilik fermalarida go’ngni qayta ishlash texnologiyalari. Go’ngni qayta ishlashning ahamiyati, turlari va texnika vositalari.
Fermada chiqadigan go’ngni hisoblash va texnika vositalari tanlash. Turli xil fermalarda chiqadigan kunlik va yillik go’ng, ularni hisoblash texnika vositalari va qurilmalarini tanlash.
Sut sog’ish texnologiyalari. Bu jarayonni mexanizasiyalashning ahamiyati. Sutni mashinada sog’ish uchun qo’yiladigan asosiy talablar.
Sut sog’ish apparatlari. Sut sog’ish apparatlarining turlari, tuzilishi, ishlashi va sxemalari. Sut sog’ish qurilmalari, ularning turlari tarkibi, ishlashi va ulardan foydalanish qoidalari.
Ozuqalarni me’yorlagichlar, ularning turlari, tuzilishi, ishlash sxemasi va asosiy ko’rsatgichlari.
Ikki taktli sut sog’ish apparatlari. Ularning afzalliklari, kamchiliklari. Ularning tuzilishi, ishlashi, sxemalari.
Ozuqa aralashtirish jarayonining asosiy ko’rsatgichlarini aniqlash. Aralashtirish jarayonining sifat ko’rsatgichlari, aralashtirish darajasi, variasiya koeffisiyenti, segradasiya hodisasi. Aralashtirgich unumdorligi va quvvat sarfini aniqlash.
Me’yorlash jarayonining ko’rsatgichlari, uning unumdorligi, variasiya koeffisiyenti, quvvat sarfi ko’rsatgichlarini aniqlash.
Maydalash jarayonining asosiy ko’rsatgichlarini aniqlash. Maydalash darajasi, maydalash moduli. Mashinalarning unumdorligi, quvvat sarfi ko’rsatgichlarini aniqlash.
Ozuqa tarqatishni mexanizasiyalashtirish. Ozuqa tarqatish jarayonining ahamiyati va unga qo’yiladigan asosiy zooveterinariya talablari. Ozuqa tarqatgichlar, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Ko’chma ozuqa tarqatgichlar. Ularning turlari, tuzilishi, vazifasi, ishlash sxemasi va foydalanish qoidalari.
Turg’un ozuqa tarqatgichlar, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash sxemasi va foydalanish qoidalari.
Chorvachilik fermalarida ozuqa tarqatish liniyasini hisoblash. Tarqatiladigan kunlik va bir marta tarqatish miqdorini aniqlash. Oziqlantirish frontini, oxurlar sonini va uzunligini aniqlash.
Chorvachilik fermalarida go’ng chiqarish va saqlash texnologiyalari. Go’ngning fizik va mexanik xususiyatlari. Go’ng chiqarishning ahamiyati. Turli xil fermalarda ishlatiladigan go’ng chiqarish texnologiyalari.
Parrandachilik fermalari va foydalanishda go’ng chiqarish, saqlash texnologiyalari, ularning tuzilishi, ishlashi, parrandachilikdan chiqadigan go’ngning xususiyatlari.
Chorvachilik fermalarida ishlatiladigan go’ng saqlash qurilmalari va texnik jihozlari. Go’ng saqlash qurilmalari, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi va ulardan foydalanish qoidalari. Go’ngni yuklash va tashish qurilmalari, ularning vazifasi, turlari, tuzilishi va ulardan samarali foydalanish.
Chorvachilik fermalarida pnevmatik va gidravlik usulda go’ng chiqarish. Bu usullarning afzalliklari, qurilmalari, ulardan foydalanish. Pnevmatik va gidravlik usulda go’ng chiqarish qurilmalari, ularning tuzilishi, ishlashi, sxemalari.
Tuxum yig’ishtirishni mexanizasiyalashtirish qurilmalari. Tuxumni mexanizasiyalashtirilgan xolda yig’ishtirish texnologiyasi, ishlatiladigan trasportlar, ularni tuzilishi, ishlashi.
Tuxumlarga birlamchi ishlov berishni mexanizasiyalash. Tuxumlarni sarala, tozalash va qadoqlash jarayonlari, ularning mexanizasiyalash qurilmalari.
Chorvachilik fermalarida zooveterinariya tadbirlarini o’tkazishni mexanizasiyalash. Chorvachilik fermalaridagi binolar qurilmalarni dizenfeksiyalash mashinalari. Ularning vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Fermalarda hayvonlarga qarov o’tkazish jarayonlarini mexanizasiyalash. Hayvonlarni cho’miltirish, dorilash va boshqa tadbirlarni bajarishda ishlatiladigan qurilmalar, ularning tuzilish va ishlashi.
Sut sog’ish jarayonini texnologik hisoblash. Fermalar uchun kerakli sut sog’ish apparatlari, qurilmalari, sut sog’uvchilar va boshqa ko’rsatgichlarni hisoblash.
Chorvachilik fermalari va komplekslari, ularning turlari vazifasi va mulk shakliga ko’ra sinflanishi. Ferma va kompleks tushunchalari. Ferma va komplekslarning tarkibiy qismlari va umumiy tuzilishi va ko’rsatgichlari.
Uch taktli sut sog’ish apparatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari. Ularning tuzilishi, ishlash sxemasi, foydalanish qoidalari.
Sog’ish qurilmasining vakuum uskunasi. Uning vazifasi, tuzilishi, ishlashi va undan foydalanish qoidalari.
Sutga birlamchi ishlov berish texnologiyasi. Sutga birlamchi ishlov berishning ahamiyati, texnologik jarayonlari, tizimi, ularning turlari va ularga quyiladigan asosiy talablar.
Sutni sovutuvchi apparatlar va qurilmalari. Sutni sovutishning ahamiyati. Sut sovutgichlar, ularning turlari, tuzilishi, ishlashi va ulardan foydalanish qoidalari.
Sutni tozalash qurilmalari. Sutni tozalash usullari, ularning ahamiyati. Sutni tozalash qurilmalari, ularning tuzilishi, ishlashi va ularga texnik xizmat ko’rsatish.
Sutni pasterizasiyalash qurilmalar. Sutni pasterizasiyalashning ahamiyati. Sutni pasterizasiyalash usullari va ishlatiladigan qurilmalar. Pasterizatorlardan foydalanish qoidalari.
Sut separatorlari, ularning vazrfasi, turlari, tuzilishi va ularning ishlashi.
Sutni qayta ishlash liniyasini hisoblash va ferma uchun texnik vositalar tanlash. Fermadagi va bir sog’imdagi kunlik sut miqdori, uni hisoblash va qayta ishlash va saqlash uchun texnika vositalari.
Qo’ychilik fermalaridagi texnologik jarayonlarni mexzanizasiyalashtirish, uning ahamiyati. Asosiy mexzanizasiyalashtiriladigan jarayonlar, bu jarayonlarning xususiyatlari va ishlatiladigan texnika tizimlari.
Qo’ychilik fermalarida jun qirqish jarayonini mexzanizasiyalashtirish. Mashinada jun qirqishning ahamiyati. Jun qirqish mashinkalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi.
Qorakul qo’zilarini so’yish va terisiga birlamchi ishlov berish texnologiyasi va texnikasi. Qo’zilarni so’yish, terisini ajratish usullari va qurilmalari. Qorakul terilariga birlamchi ishlov berish texnologiyasi. Terilarni tozalash, tuzlash. Quritish qurilmalari.
AP-1, PA-1, AGK-4 avtosug’orgichlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlashi, sxemasi va texnik tavsifnomasi.
GAO-4, VUO-3 qo’ylarni sug’orish qurilmalari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlashi, sxemasi va texnik tavsifnomalari.
BR-15 , BR-25, BR-80 rusumidagi suv minoralar, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlashi, sxemasi va texnik tavsifnomalari.
KDU-2 ozuqa maydalagichi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlashi sxemasi, rostlanishi va texnik tavsifnomasi.
DIS-1 ozuqa maydalagichi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
“Volgar-5” ozuqa maydalagichi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi, rostlanishi va texnik tavsifnomasi.
RMM-5 ozuqa tarqatgichi, uning tuzilishi, ishlash sxemasi, rostlash mexanizmlari va texnik tavsifnomasi.
S-2, S-12 ozuqa aralashtirgichlari, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash va texnik tavsifnomasi.
IGK-30 ozuqa maydalagichi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
RSP-10 ozuqa aralashtirgich-tarqatgich, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
TVK-50B, KLK-75, KLO-78 tipdagi lentali ozuqa tarqatgichlar, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomalari.
TS-1 go’ng chiqarish transporteri, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
TSN-2, TSN-3, TSN-160 go’ng chiqarish transporterlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomalari.
“Volga” tipidagi sut sog’ish apparatlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi, rostlanishi va texnik tavsifnomalari.
“Mayga” tipidagi sut sog’ish apparatlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomalari.
AD-100, DAS-2M tipidagi sut sog’ish agregatlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi, rostlanishi va texnik tavsifnomalari.
“TANDEM” (UTD-8), “Yolochka” (UDE-18), “Korusel” (M-40) tipidagi sut sog’ish qurilmalari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomalari.
OM-1 sut tozalagich sovutgichi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
VDP-300 sut pasterizatori, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
OSB-165, “Saturn-2” sut separatorlari, ularning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomalari.
MSO-77B jun qirqish mashinkasi, uning vazifasi, tuzilishi, ishlash sxemasi va texnik tavsifnomasi.
Tuzuvchilar:
Dotsentlar: Narbayev X.
Abduganiyev Z.
Razzoqov Sh.T.
Katta o’qituvchilar: Nurmixamedov B.U.
Axmedov S.U.
|
| |