|
II.I. Fan tarkibiga qo‘yidagi mavzular kiradi
|
bet | 2/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 54,85 Kb. | | #270753 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash asoslari fan dasturi -II.I. Fan tarkibiga qo‘yidagi mavzular kiradi:
1-modul bo’yicha tavsiya etilgan mavzular ro’yhati
Asosiy tushumchalar: algoritm, dastur va ular haqida umumiy ma’lumotlar.
Algoritim xossalari va yozuv shakllari
Algoritmlarni ishlab chiqish va taqdim etish usullari
Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar
Masalalarni yechish bosqichlari: masalani qo`yish, model yaratish, algoritm, algoritm kodlash, natijalarni tahlil qilish.
Dasturlash tillari. Dasturlash paradigmasi.
C++ dasturlash tili asoslari. C++ dastur tuzilishi.
Ma'lumotlar turlari. Tushunchalar, doimiy va o'zgaruvchan. Konstantalar va o'zgaruvchilar uchun qoidalarni tavsiflash va yozish usullari. Ma'lumotlar turlari diapazonlari.
Ifodalar. Operand, amal, ifoda, amallarning ustuvorligi. Ifodalar yozish qoidalari.
Operatorlar. Oddiy va murakkab operatorlar. Bo'sh operator.
Shartli operator. Tarmoqlanish algoritmlari.
Sikl operatori. Oddiy va o'rnatilgan sikllari
Masalani yechishda oddiy va o‘rnatilgan sikllardan foydalanib, siklik blok-sxemalarni tuzish. Tashqi va ichki sikllar.
Massivning tavsifi. Bir o'lchovli va ko'p o'lchovli massivlar.
Massivlarda amallar.
2-modul bo’yicha tavsiya etilgan mavzular ro’yhati
Massiv elementlarini saralash algoritmlari, qidiruv algoritmlari
Saralashni Pufakcha usuli. Bulish bilan tez saralash usuli.
Ikki o'lchovli massivlarni yaratish va qayta ishlash. Tasodifiy sonlar generatorining xususiyatlari
Belgilar qatorlari. Belgilar bilan ishlash
To'plamlarning tavsifi. To'plamning kuchi.
Podprogramma tushunchasi. Podprogrammafunksiya. Funksiyalarning tavsifi.
Lokal va global parametrlar. O'zgaruvchilarning ko’rinish doirasi.
Fayllar. Fayllar haqida tushuncha
Matn tipidagi fayllar tavsifi, fayllarni yaratish, o'qish va qo'shish algoritmlari
Ko'p o'lchovli massivlar, ko'rsatkichli massivlar, dinamik massivlar
Graphics.h. Grafik kutubxonasi
Shablonlar
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotda talaba ma’ruzada olgan bilimlariga asosan misollar ishlaydi va yuqoridagi ma’ruza mavzulari bo’yicha o’zlashtirish tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar kompyuter texnikasi bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda 14 talabaga asoslangan holda guruhlarga ajratib ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar amaliy dasturiy paketlar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo’lib, interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi.
|
| |