Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana20.06.2024
Hajmi1,28 Mb.
#264585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
RAQAMLI IQTISODIYOT


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
 
61
barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat 
boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻ-
jaligida zamonaviy AKTini keng joriy etish boʻyicha 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashti-
rish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyala-
rining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, res-
publikaning barcha hududlarida IT-parklarni tash-
kil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan 
ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor 
loyihalarni amalga oshirish boshlangan [3]. 
“Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga 
moʻljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida uni asosiy 
“drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 
2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni kengayti-
rish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning real sektorida, 
moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va ope-
ratsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 
2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha orttirish, das-
turiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 marta, 
ularning eksportini esa 10 marta oshirib,500 mln. 
dollarga yetkazish maqsad qilingan [4]. Eksportda 
yuqori texnologiyali mahsulotlar va xususiy sektor-
ning roli kengaytiriladi. Bunda raqamlashtirish ja-
rayoni iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarining 
samaradorlik darajasi va kadrlar malakasini oshi-
rishga ta’sir qiluvchi hamda barqaror iqtisodiy 
oʻsishni ragʻbatlantiruvchi asosiy omillardan biridir. 
Iqtisodiyotning soha va sektorlarini raqam-
lashtirish yoʻnalishida korxona ta’minotining barcha 
bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’-
minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xa-
rajatlarini qisqartish maqsadida, 2026-yilgacha kor-
xona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy 
qilgan yirik xoʻjalik yurutuvchi subektlarning ulu-
shini 65 foizga yetkazish, zamonaviy axborot tizim-
lari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga 
mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ular-
ning tannarxini, ishlab chiqarishdagi uzilishlarni ka-
maytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofli-
gini oshirish, ish joylarini bosqichma-bosqich avto-
matlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini 
robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texno-
logiyalarini joriy etish va sun’iy intellektni rivojlan-
tirish strategiyasini ishlab chiqish tegishli vazirlik-
lar doirasida amalga oshirish vazifasi qoʻyildi [4]. 
Xizmatlar 
sohasida 
davlat 
tomonidan 
my.gov.uz portalini samarali va yangi xizmat turla-
rini taklif etayotgani, ta’limda esa abituriyentlar 
uchun on-layn hujjat topshirish tizimi joriy etilgani-
ligi, soliq tizmida on-layn soliq hisobotlarini topshi-
rish va qator shu kabi xizmatlar sohasidagi raqam-
lashtirish jarayonlarini koʻrishimiz mumkin. Xusu-
siy sektor vakillarining aynan xizmat koʻrsatish so-
hasidagi raqamlashtirish jarayonlarini yetkazib be-
rish xizmatida, on-layn buyurtmalarni qabul qilish, 
on-layn savdo, on-layn turizm va boshqa qator shu 
kabi xizmatlarda kuzatilmoqda. 
Qishloq xojaligi sohasida raqamlashtirish ja-
rayonlarida davlat va xusuiy sektor oʻz strategiyala-
rini amalga oshirmoqda. Yirik loyihalardan hozirda 
xususiy sektor tomonidan qator loyihalar amalga 
oshirilmoqda. Shulardan biri sifatida “Daletek” loyi-
hasi hisoblanadi. U dehqon va fermer xoʻjaliklari oʻz 
mahsulotlarini chetga eksport qilish uchun eksport-
yorlarni topishi yoki aksincha eksport qiluvchilar 
oʻzlari uchun mahsulot yetkazib beruvchi dehqon-
larni topishlari mumkin. Bu jarayonni tizimli yoʻlga 
qoʻyish uchun birinchi navbatda nechta fermer va 
dehqonlar bazasini shakllantirishdan iborat. Yaxlit 
jarayonni raqamlashtirish va yagona sistemaga bir-
lashtiruvchi platforma zarur.
Ushbu platformaga fermer hozirgi kunda 
nima yetishtirayotganini, mahsulotning hajmi va 
narxini kiritib boradi. Shuningdek, joriy holatdagi 
eksportchilar roʻyxatini va ular qanday mahsulotni 
qidirayotganini koʻra oladi. Bu doimiy yangilanib tu-
radigan maʼlumotlar bazasini tashkil etadi. Mazkur 
Loyiha 2021-yilning ikkinchi yarimida oʻz faoliyatini 
boshladi. Loyihani amalga oshirishda dastlabki za-
rur boʻlgan resurslardan biri statistik ma’lumotlar 
hisoblanadi. Statistika qomitasi ma’lumotlari bilan 
ishni olib borishganda ishonchlilik darajasi ularni 
qoniqtirmaganligidan, oʻzlarini sohasidagi ma’lu-
motlar statistikani oʻzlari joylarga borib oʻrganib, 
yigʻilgan ma’lumotlar asosida joylashtirilgan [18].
Davlat loyihalari qatorida Qishloq xoʻjaligi 
vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi 
oʻz geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan 
sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda 
ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va ido-
ralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq 
xoʻjaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot ti-
zimlari bilan integratsiya qilingan. Qayta ishlanadi-
gan ma’lumotlar va tizim imkoniyatlari har 10 kun-
da butun respublikamiz boʻylab fazodan olinadigan 
suratlar, real vaqt rejimida 200 nafar dala ishchilari 
tomonidan toʻplanadigan ma’lumotlarni monitoring 
qilish hisobiga doimiy ravishda kengaytirib boriladi. 
Kerakli barcha ma’lumotlarni olish, shu jumladan, 
yerdan foydalanuvchilar, tuproq xususiyatlari, su-
gʻorish tizimlarining mavjudligi va ekin turlarini 
avtomatik aniqlash uchun sun’iy intellekt texnolo-
giyalari yordamida amalga oshirilgan ma’lumotlarni 
tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, 
2022-2023-yillarda yana 5 ta elektron tizimning 
ishga tushirilishi koʻzlangan: Agroplatforma AT, 
“Marketplace” elektron agrosanoat savdo portali, 
Toshkent davlat agrar universitetida joriy etiladigan 
“Smart campus” loyihasi, “Rubicon” suv resurslarini 
boshqarish tizimi, fermerlar uchun ekotizimni yara-
tishga asos boʻladigan 150 dan ortiq turdagi inter-
aktiv xizmatlar va servislardan iborat "Raqamli 
qishloq xoʻjaligi" ASM yagona integratsiya platfor-

Download 1,28 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8

Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish