|
Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8soni 2019-yil
Foydalanuvchi tashkilotlar soni 2020-yil
Mahalliy
kompyuter
tarmoqlari
Elektron
pochta
Internet
Veb saytga
ega
tashkilotlar
Mahalliy
kompyuter
tarmoqlari
Elektron
pochta
Internet
Veb satga
ega
tashkilotlar
Jami soni
21269
1538
104170
9824
15576
1655
86669
8941
Kuzativ oʻtkazilgan tashki-
lotlarning umumiy soniga
nisbatan foizda
5,3
0,4
26,2
2,5
3,8
0,4
21,1
2,2
Qishloq xoʻjaligi
314
54
3787
344
364
48
3364
241
Sanoat
6189
573
24487
2513
3463
659
20782
2028
Xizmat koʻrsatish va bosh-
qalar
14766
911
75896
6967
11749
948
62523
6672
2-jadval ma’lumotlaridan koʻrinadiki, 2019-
2020-yillarda internetga ulangan tashkilotlar xiz-
mat koʻrsatish sohasida yuqori ulushni tashkil etadi.
Aksariyat mamlakatlarda iqtisodiyotning xizmatlar
sohasi boshqa tarmoq va sohalariga nisbatan yuqo-
ridir. Tarmoqlar kesimida koʻrib chiqiladigan boʻlsa,
2019-yilda qishloq xoʻjaligi tarmogʻida internetga
ulangan tashkilotlar soni elektron pochtasi mavjud-
lariga nisbatan 70 baravarni, vebsaytga ega tashki-
lotlar soniga nisbatan 11 baravarni, mahalliy kom-
pyuter tarmoqlariga nisbatan esa 12 baravarni tash-
kil etgan. Internetga ulanganlikni oʻsish tendensiya-
si boshqa tarmoqlarda ham aks etsada, internetga
ulanganlik, veb saytga va elektron pochtaga ega
tashkilotlar soni qishloq xoʻjaligidagi tashkilotlar
soniga nisbatan yuqoriligini koʻrishimiz mumkin.
Mazkur holat qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida
avtomatlashtirilgan raqamli texnologiyalarni olib
kirish boshqa tarmoq texnologiylariga nisbatan, shu
jumladan, xizmat koʻrsatish sohasiga nisbatan yuqo-
ri xarajatlarni talab etishidan dalolat beradi.
Bundan tashqari internetga ulangan korxona va
tashkilotlar sonini bir birlikka va keng polosali
internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlganlar sonini
bir birlikka va keng polosali internetga kirish
imkoniyatiga ega boʻlganlar sonini ming nafarga
oshirsak u holda Oʻzbekiston respublikasi yalpi
ichki mahsuloti hajmi mos ravishda 3,93 mlrd. soʻm
va 11,8 mlrd. soʻmga qoʻshimcha oshirish
imkoniyati mavjudligi aniqlandi [6]. Ushbu natija
iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini
raqamlashtirish zarurligini koʻrsatadi.
Aksariyat qishloq xoʻjaligi va sanoat korxona-
larida moddiy texnik bazani raqamlashtirish jara-
yonlariga moslashtirsh uchun modernizatsiyalash
zarur. Bu esa korxona yoki tashkilotdan kapital ta-
lab qiladi. Raqamlashtirish jarayonlari korxona va
tashkilotlarda barcha boʻlimlar faoliyatini tahlil qi-
lish, prognozlash, muammoni aniqlash va yuqori
foyda olish uchun kelajakda qanday chora-tadbir-
larni amalga oshirish zarurligini ham koʻrsatib bera-
di. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun mablagʻ
sarflashni ayrim tashkilot egalari ortiqcha sarf-xara-
jat sifatida koʻrib kelishmoqda.
Iqtisodiyotni raqamlashtish boʻyicha huku-
mat tominidan huquqiy asoslarning joriy etilishi,
tarmoq va sohadagi oʻzgarishlariga asos boʻlib kel-
moqda. Jumladan, «Raqamli Oʻzbekiston – 2030»
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni asosida mam-
lakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish,
|
| |