Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
62
masi. Ushbu innovatsion yechimlarni joriy etish
ASMda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirish va
muqobillashtirish imkonini beradi, hujjatlar alma-
shinuvi va interaktiv xizmatlarga ega boʻlishni oson-
lashtiradi, agrar sohada jarayonlar shaffofligini ku-
chaytiradi va eng muhimi, ASM tizimida samarador-
lik natijalarini yaxshilaydi. Test rejimida ishlayot-
gan smart-agro platformasi ham zamonaviy qishloq
xoʻlagini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu on-layn
platformaga fermer xoʻjaliklarning ulanish darajasi
98 foiz, xizmat koʻrsatish soni 55 dan ortiq, fermer
xoʻjaliklari soni 41541 ta, hozirda tizimdan foydala-
nayotgan soni 155 tani tashkil qiladi [19].
Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamlashtirish ja-
rayonlari ommalashuvini baholaydigan boʻlsak,
dastlabki: mavjud ma’lumotlarni yigʻish va ularni
tahlil qilish bosqichda ekanligi koʻzga tashlanadi.
Qishloq xoʻjaligidagi statistik ma’lumotlarni aniqlik-
da shakllantirish, qishloq xoʻjaligidagi texnologiya-
lar boʻyicha kadrlar muammolari mavjud. Qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari asosan qishloq joylarda ye-
tishtirilishi sababidan chekka hududlarda texnikani
tushunadigan kadrlar muammosini ham keltirib
chiqarmoqda. Xususan klasterlash tizimi joriy etil-
ganda bu yaqqol sezilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda,
iqtisodiyotda raqamlashtirsh jarayonlarini amalga
oshirish ehtiyojdan kelib chiqqan holda jadallashti-
rish talab etiladi. Raqamli texnologiyalar AKT sekto-
rida ustuvorlik kasb etishidan tashqari, iqtisodiyot-
ning boshqa tarmoq va sohalarida ham an’anaviy-
likdan voz kechib, raqamli texnologiyalarni joriy
etishga ustun darajada ahamiyat qaratilmoqda.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini
togʻri tashkil etish, tarmoq va sohalarda raqamli
transformatsiyalashgan iqtisodiyotni kengaytirish-
da quyidagi maqsadlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
1. Oʻzbekistonda iqtisodiyotni raqamlash-
tirish uchun fundamental baza boʻladigan
ma’lumotlarning aniqligi va ishonchli tizimini joriy
etishda hamda tarmoq va sohadagi statistik
ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashda har bir
soha va tarmoqning korxona va tashkilotlarida big
data texnologiyasi asosida tahlilni amalga oshirish
zarur.
2. Raqamli iqtisodiyotda biznes qilishni ken-
gaytirish, xalqaro raqamli kompaniyalarni Oʻzbekis-
tonga kirib kelishiga imkoniyat yaratish, mamlakat-
ga xorijiy investitsiya oqimini ijobiy tomonga oʻzga-
rishiga asos boʻlishida, raqamli transformatsiyash-
gan iqtisodiyot oʻzgartiruvchi iqtisodiy hatti-hara-
katlarning huquqiy me’yoriy asoslarining yaratilishi
zarur.
3. Raqamli iqtisodiyotning qamrov darajasini
kengaytirishda xususan, e-tijorat, aniq qishloq xoʻja-
ligi, sanoat 5.0 kabilarni rivojlantirish va qoʻllab-
quvvatlashda hukumat tomonidan raqamli transfor-
masiyalashgan ekotizim shakllantirilishi lozim.
4. Iqtisodiyotning tarmoq va sohalaridagi
muammolarni soha mutaxassislari aniqlab, raqam-
lashtirish orqali ularni bartaraf eta oladilar. Bunda
ta’lim tizimida har bir tarmoq va soha kesimida
informatsion texnologiyalar mutaxassisligi boʻyicha
alohida kurs tashkil etilib, maxsus dastur asosida
oʻqitish maqsadga muvofiq boʻladi. Korxona va tash-
kilotlarda raqamli transformasiyalashuv jarayonla-
rini yakuniy natijasi ularda ishlovchi mutaxassis va
xodimlarning yuqori raqamli malaka va koʻnikmala-
riga bogʻliq. Bu ayniqsa, qishloq xoʻjaligi va sanoat
korxonalarida yaqqol seziladi. Alohida soha yoki
tarmoqning uyushmasida raqamlashtirish va ra-
qamli texnologiyalardan foydalanish kurslarini
tashkil etgan holda, mutaxassislar ish jarayonida ra-
qamlashtirish va raqamli texnologiyalardan foyda-
lanish boyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishadi.